3 I bob. Mang’itlarning kelib chiqishi va ularni hokimiyat tepasiga kelishi


Download 73.42 Kb.
bet5/14
Sana16.06.2023
Hajmi73.42 Kb.
#1504143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davron O\'zb (Автосохраненный)

Uchinchi guruhdagi manbalar rasmiy hujjatlarni tashkil etib, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi, Buxoro Davlat badiiy arxitektura muzey qo‘riqxonasida amirlik tarixiga tegishli amir farmonlari, muboraknomalar, amir farmoyishi, vaqfnoma, ishonchnoma, yorliqlar, ariza, hukm, qaror, shuningdek, Turkiston general gubernatorligi hujjatlari I-126, I-323, I-3 kabi fondlarda saqlanmoqda. Arxiv manbalarini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1.2 Mang’itlarning xonlikda yuqori nufuzga erishishi, Ashtarxoniylar sulolasining inqirozi sabablari va Buxoro amirligining tashkil topishi Ashtarxoniylar boshqaruvining Subhonqulixon (1681–1702) davrlaridan boshlab Buxoro hokimiyatining ichida ham ba’zi beklarning, xususan, mang‘it urug‘i sardorlarining nufuzi nihoyatda ortib ketadi. Sekin-asta Xudoyqulibiy mang‘it xonadonidan bo‘lgan amaldorlar nufuzining ortib borishi ham Abulfayzxon hokimiyatini zaiflashtirgan.4 Xudoyqulibiy Subhonqulixon davrida Kesh viloyatining e’tiborli kishilaridan biri bo‘lib, to‘qsabo amalida edi. Ubaydullaxon uni devonbegi mansabiga ko‘taradi va Shahrisabz viloyatiga hokim etib tayinlaydi. U mazkur viloyatda 10 yil hokimlik qiladi. Xudoyqulibiy Abulfayzxon davrida vafot etgan. Uning otaliq lavozimini esa to‘ng‘ich o‘g‘li Xudoyorbiy egallaydi. Qarshidan turib mang‘itlar Buxorodagi siyosiy o‘yinlarda qatnashishga harakat qilgan. Lekin iyerarxiyada qatag‘on, olchin, nayman kabi urug‘lardan pastroqda turar edi. XVIII asr boshida vaziyat o‘zgaradi. Mang‘itlar oqsoqoli Xudoyorbiy 1712-yili Buxoro xoni Abulfayzxonning otalig‘i vazifasiga tayinlanadi. U 1718-yili Chiroqchida olamdan o‘tadi. Undan so‘ng otaliq lavozimini o‘g‘li Muhammad Hakimbiy egallaydi.
Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi boshqaruvining zaiflashuvi yangi sulolaning hokimiyat tepasiga kelishiga zamin yaratdi. Albatta, bu tanazzulning ichki va tashqi omillari mavjud edi. Dastlab ichki omillarni tahlil qilib ko‘rsak. asrdan boshlab xonlikda chuqur inqiroz holati kuzatildi. Abulfayzxonning davlatni boshqarishdagi no‘noqlik siyosati mamlakat yaxlitligiga putur yetkazdi. Abulfayzxonning qo‘lida real hokimiyat yo‘q bo‘lib, amalda hokimiyat nazorati yirik qabila sardorlari qo‘l ostida edi. Davlatda o‘zboshimchalik, boshboshdoqlik, o‘zbek qabila-urug‘lari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash, ayrim hududlarning mustaqillikka bo‘lgan intilishining kuchayishi bilan bog‘liq holatlar Buxoroni ham ichki, ham tashqi siyosatda to‘la tanazzul yoqasiga olib keldi. Jamiyat hayotida bunday muammolarning yuzaga kelishiga asosiy sabablardan biri ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili Abulfayzxonning davlatni boshqarishdagi roli pasayganligi va uning yetarli boshqaruv qobiliyatiga ega emasligida edi. Aslida, u hali bola paytlardayoq taxtga olib chiqilib, atrofidagi kuchli amirlar va sarkardalar qurshovida, ularning ma’lum bosimi ostida davlatni boshqarishi xonning sekin-asta erishiladigan qudratiga to‘siq bo‘lgandi.
Amirlik davlat tuzumini maxsus tadqiq etgan huquqshunos olim Jo‘rabek Shodiyevning yozishicha, obyektiv sabablar bilan bir qatorda, mamlakatda bunday xavfli vaziyatning yuzaga kelishiga quyidagi uchta subyektiv omil va voqealar ham muayyan darajada o‘zining ta’sirini o‘tkazgan:
Birinchidan xonlikning muhim hududiy markazlaridan biri hisoblangan hamda mamlakatning asosiy iqtisodiy, ma’rifiy va harbiy resurslari joylashgan Samarqandning xonning asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan Rajab Sulton boshqaruviga o‘tishi.
Ikkinchidan nomusulmon bo‘lgan jung‘orlar quvg‘inidan qochgan qozoq ulamolariga nisbatan xon hokimiyati tomonidan yetarli e’tibor bo‘lmagani va buning oqibatida musulmonlar o‘rtasida katta obro‘ga ega bo‘lgan ushbu ulamolarning yetti yil davomida sargardonchilikda bo‘lishlari aholining xonga bo‘lgan hurmat-e’tibori yo‘qolishiga olib kelgani;
Uchinchidan xonning bevosita yo‘l qo‘yib berishi natijasida Ibodullo xitoy va uning tarafdorlari tomonidan muqaddas qadamjo hisoblanadigan Xoja Bahovuddin xonaqosining vayron etilishi aholining kuchli noroziligi kelib chiqishiga sabab bo‘lgani.
Buxoro xonligini inqirozga yuz tutganidan foydalangan Nodirshoh buxoroni bosib oladi. Nodirshoh Movarounnahr (Buxoro xonligi) hukmronligini Abulfayzxonning o‘ziga topshiradi. Biroq Nodirshoh Buxoro ma’murlari va aholisi bilan faqatgina Muhammad Hakimbiy orqali aloqa qilardi.5 Chunki shoh unga tamomila ishonch bilan qarar edi. Otaliqqa shoh qo‘shini uchun naqd pul, 200 ming eshakka ortilgan bug‘doy va boshqa yem-xashak yetkazib berish topshirilgan edi. Shoh qo‘shinini to‘ldirish uchun Buxoro qo‘shinidan o‘n ming otliq askar ajratib olingan edi. Hakimbiy otaliqning ukasi Muhammad Doniyolbiy Karmana hokimi qilib tayinlanadi. Muhammad Hakim Nodirshohning ishonchiga sazovor bo‘lgan amaldor sifatida Buxoroning o‘zida davlatning yuqori mansabida ishda qoladi. Abulfayzxon endi unga qaram bo‘lib qolgan edi.

  1. yilda Nodirshoh vafot etadi va eronda tartibsizlik boshlanadi. Bu holatdan foydalangan Muhammad Rahimbiy Abulfayzxonni qatl ettiradi. Hokimiyat nazoratini o‘z qo‘liga olib xonlik taxtiga Abdulmo‘min ibn Abulfayz (1738–1751)ni o‘tqizadi. U 1747– 1751-yillarda hukmronlik qilgan bo‘lsa-da, amalda real hokimiyat Muhammad Rahimbiyning qo‘lida bo‘lgan. U o‘z qizini Abdulmo‘minga nikohlab berib, o‘zi otaliq lavozimida davlatni idora qiladi. Har holda uch yilgacha xonlik nomi Abdulmo‘minda bo‘lib turdi. 1751-yilda Muhammad Rahimbiyning boshqaruviga aralasha boshlagan Abdulmo‘minxon o‘rtadan olib tashlandi. Muhammad Rahimbiy yana odamlardan ibo qilib, Urganch sultonlaridan Ubaydullo sultonni xonlikka ko‘tardi. Bu haqda ba’zi manbalarda Abulfayzxonning kenja o‘g‘li Ubaydullaxonni taxtga o‘tqizgan deb yoziladi. Uch yilgacha xonlik nomi unda bo‘ldi. Shundan so‘ng, Muhammad Rahimbiy uni ham hokimiyatdan olib tashladi. Garchi Ubaydullaxon (III) 1751–1754- yillarda taxtga o‘tirgan bo‘lsa-da, u ham real hokimiyatga ega bo‘lmagan. 1756-yil 16-dekabrda mang‘itlar xonadonidan bo‘lgan Muhammad Rahimbiy din ulamolari, amaldorlar tomonidan xon (1756–1758) deb e’lon qilingan. Lekin u o‘zini «noib ul-hukumat», ya’ni, hukmdor noibi, o‘rinbosari deb bilgan. Shu tariqa, ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi rasman barham topadi. Bu sulola o‘rniga yangi mang‘itlar sulolasi hukmronligi boshlanib, bu jarayon 1920-yilgacha davom etadi.



Download 73.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling