3 I. Bob. Umurtqasiz hayvonlarga umumiy tasnif
Download 0.5 Mb.
|
Malika
I.2.2-rasm Ninachi
Tana yumshoq va segmentsiz, odatda uni himoya qilish uchun qobiq yoki qobiq bilan qoplangan.Hayvonlar hujayraviy tuzilishga binoan bir hujayra va koʻp hujayralilarga ajratiladi. Bir hujayralilarda bitta hujayraning oʻzi tirik organizm uchun xos boʻlgan deyarli barcha xususiyatlarga ega. Tuban koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tanasi bir necha funksiyani (harakatlanish, qoplash, oziqlanish) bajaradigan, kam ixtisoslashgan hujayralardan iborat. Gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar tanasi 2 qavat (ektoderma va entoderma) boʻlib joylashgan nis-batan ixtisoslashgan hujayralardan iborat, lekin toʻqima va haqiqiy organlar shakllanmagan; birmuncha murakkab tuzilgan. Hayvonlar toʻqima va organlari ontogenezda 3 ta murtak varaqlari (ektoderma, endoderma va mezo-derma) hisobidan hosil boʻladi. Mas, ektodermadan nerv sistemasi. sezgi organlari, teri va uning hosilalari, nafas organlari, sekretsiya bezlari; mezodermadan suyak, muskul, qon aylanish, ayirish sistemasi organlari shakllanadi. Umurtqasizlar chuchuk suv, dengiz va okeanlar, quruqlik va tuproq qatlamlarida yashaydi; bir qanchasi parazit . Umurtqasizlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Oldingi geologik davrlarda yashagan Umurtqasizlar baʼzi choʻkindi jinslarning tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli oʻlib bitgan foraminifera, korallar, mshankalar va boshqa skeletidan iborat). Koʻpchilik Umurtqasizlar yoki ularning mahsuloti odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq (mas, asal, qisqichbaqasimonlar va boshqalar). Umurtqasizlar hayotiy mahsuloti texnikxoʻjalik maqsadlarda ishlatiladi (mas, asalari mumi, ipak qurti pillasi, mollyuskalar chigʻanogʻi, marvarid va boshqalar), shuningdek, Umurtqasizlar.dan qishloq xoʻjaligida ekinlar va hayvonlar zararkunandalariga biologik qarshi kurashda, choʻkindi jinslar yoshini aniklashda xam foydalaniladi. Foydali Umurtqasizlar bilan birga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib kasallik qoʻzgʻatuvchilari ham boʻladi.Kovakichlilar tipi. Kovakichlilar tuban darajada tuzilgan ko`p hujayralilarning eng xarakterli tiplaridan biridir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling