Tuproq suvining shakllari Reja: 1
Download 0.57 Mb.
|
1- ma\'ruza
Tuproq suvining shakllari Reja: 1. Tuproqning suv shakllari 2. Tuproqda suvning harakatchanligi 3. Tuproqning nam sig‘imi 4. Tuproq suv-fizik xossalarining dehqonchilik madaniyati ta’sirida o‘zgarishi. Tuproqning suv shakllari. Tuproqning asosiy tarkibiy qismlaridan biri-tuproq suvi hisoblanadi. Tuproqning paydo bo‘lishida, uning genetik qatlamlarida har xil mineral va organik elementlarning to‘planishi yoki harakatlanishida, ikkilamchi szli mierallarning vujudga kelishi va boshqa jarayonlarda tuproq tarkibidagi suvning roli juda kattadir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda tuproq tarkibidagi suv muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham tuproq suv rejimini boshqarish madaniy ekinlar hosildorligini oshirish nuqtai nazaridan dehqonchilikdagi bosh masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. O‘tgan asrda V.V.Dokuchaev asos solgan ilmiy tuproqshunoslik fani tuproq tarkibidagi suv masalalarini e’tiborsiz qoldirmaydi.Bu masalalarni yoritish oldindan qilingan tajribalarga asoslanadi. Dokuchaev tuproq gidrologiyasini ilmiy tuproqshunoslik fanining tarkibiy qismi deb hisoblaydi. Darhaqiqat, V.V.Dokuchaev qurg‘oqchilikka qarshi kurashish muammolarini yechishda, tuproq suv rejimiga alohida e’tibor berdi. U o‘zining “Nashi stepi prejde i teper” (1891 yil)asarining oxirgi “Rossiyaning suv xo‘jaligini tartibga solish usullari” bo‘limida qor qatlamini o‘rganish, tuproqning muzlash, yerish chuqurligi va xarakterini o‘rganish, sizot suvlari tarkibini o‘rganish kabilar qurg‘oqchilikni bartaraf qilishda muhim yekanligini ko‘rsatib o‘tdi. V.V.Dokuchaev asos solgan tuproq gidrologiyasini keyinchalik uning shogirdlari –G.N.Visoskiy, N.P.Adamov, A.A.Izmailskiylar davom yettirdilar. Tuproq gidrologiyasi rivojining yangi bosqichi A.F.Lebedevning “Pochvennie i gruntovie vodi” (1919)asari bilan boshlandi. Bu asar juda ko‘p orginal materiallarga boy bo‘lib, bunda tuproq tarkibidagi suvga qarashli ko‘p masalalar yoritilgan. A.F.Lebedev tuproq tarkibidagi suv harakatida molekulyar kuch (absorbsion va sorbsion kuchlar-Rode) asosiy o‘rinni egallaydi. Vaholanki Lebedevga qadar olimlar tuproq tarkibidagi suvning harakatida birinchi o‘rinni kapillyar kuchga ajratgan yedilar.Lebedevning bu kashfiyoti faqatgina tuproqshunoslikni emas, balki gidrogeologiya, grunshunoslik kabi fanlarga ham kirib bordi va uzoq saqlandi. 1948 yilda S.I.Dolgov “Issledovaniya podvijnosti pochvennoy vlagi i yeyo dostupnosti dlya rasteniy” asarini nashr yetdi. A.F.Lebedev konsepsiyasiga qarama–qarshi tuproq suv harakatida birinchi o‘rinda kapillyar (menisk) kuchlar turadi, deb hisoblaydi. A.A.Rode “Osnovi ucheniya o pochvennoy vlage”, asarida ko‘pgina ma’lumotlarni, shuningdek, shaxsiy yeksperimental materiallar tuproq gidrologiyasi ta’lumotini umumlashtirdi. Tuprq planitamizdagi suv aylanishida muhim rol o‘ynaydi. Tuproq yuzasida atmosfera yog‘inlarining transformasiyasi sodir bo‘ladi. Uning bir qismi tuproq yuzidan yuvilib ketadi va boshqa suvlarga aylanadi,ikkinchi qismi esa, tuproqqa kiradi, bir qismi suv parlari formasida o‘simliklardagi desuksiya va transpirasiya orqali shuningdek fizik parlanish natijasida yana atmosferaga qaytadi, birqismi biologik sintezda qatnashadi va organik moddalarga aylanadi, yana bir qismi esa tuproq vertikal qatlamlari oralab pastgaoqib sizot (er osti) suvlarini vujudga keltiradi. Shunday qilib, yer yuzasiga tushgan atmosfera yog‘ini tuproq tarkibidagi suvlar, sizot suvi singari tabiiy shakllarda atmosfera-tuproq–grunt-o‘simlik qoplami sistemasida transformasiya qilinadi. O‘simliklarni suv bilan ta’minlanganligi, tuproqning umumiy namligi bilan emas, balki u yoki bu miqdorda o‘simlik qabul qila oladigan shakldagi suv miqdori bilan ulchanadi. Bu esa tuproqning suv-fizik yoki suv xossalari orqali aniqlanadi. Bunday xususiyatlarga tuproqning suv sorbsiyasi, suv o‘tkazuvchanligi, suv saqlay olish xususiyatlari hamda uning kaplliyarlik qobiliyati kiradi. Tuproqdagi suv shakllari va uning harakatlanishidan mineral hamda mexanik elementlardan tashkil topgan tuproqning qattiq fazasi asosiy rol o‘ynaydi. Yuqorida qayd yetilganidek tuproq zarrachalari yoki g‘ovaklarida hamma vaqt ozmi ko‘pmi miqdorda suv bo‘ladi. Tuproq suvi doimo yerning tortish kuchi, tuproq zarrachalarining molekulyar tortish kuchi va nihoyat suv molekulalarining o‘zaro tortish kuchlari ta’sirida bo‘ladi. Bu kuchlar bir vaqtning o‘zida baravar ta’sir qilsalar ham, lekin tuproq suvining miqdoriga qarab, u yoki bu kuch ustunlik qilishi mumkin. Shuning uchun ham olimlar o‘zlarining klassifikasiyalari asosida tuproqdagi u yoki bu kuchni asos qilib undagi suv shakllarining dastlabki klassifikasiyasini ishlab chiqdilar. Birinchi bo‘lib rus olimi S.Bogdanov (1889) tuproqda 4 xil gigroskopik, imbibision, kapillyar va gidrostatik bosim ostidagi suvlar mavjudligini, ulardan birinchi va ikkinchisi o‘simlik uchun foydali suv emas, chunki ular katta sorbsion kuch ta’sirida tuproqda ushlanib qolishini, qolgan 2ta suv o‘simlik tuchun foydali yekanligini isbotladi. Keyinchalik bu klassifikasiya boshqa olim A.F.Lebedevning (1919) yangi ma’lumotlari bilan takomillashtiriladi. Lebedev tuproqda uning harorati 00S dan yuqori bo‘lgan suvning quyidagi shakllarini ajratdi: bug‘ holatdagi suv, gigroskopik suv, parda suv va nihoyat gravitasion suv. S.I.Dolgov (1948) tuproq qattiq fazasining kolloid kimyo nazariyasiga asoslanib suvning 3xil shaklini ajratdi:sorbsion suvlar, yerkin (suyuq) suvlar, bug‘ holatdagi suv. Shu bilan birga kimyoviy bog‘langan suvlar ham ajratildi. A.A.Rode (1956, 1965) tuproq gidrologiyasi sohasidagi ishlarni chuqur analiz qilib, o‘zining yangi ma’lumotlari asosida tuproqdagi suvning quyidagi shakllarni ajratadi: 1. Konstitusion va kristalizasion suvlar (kimyoviy bog‘langan suvlar - Dolgov) 2. Qattiq suv (muz) 3.Bug‘ holatdagi suv 4. Zich bog‘langan suvlar 5. Bo‘sh bog‘langan suvlar 6. Erkin (suyuq) suvlar. Bular quyidagilarga bo‘linadi: a) oraliq suvlar b) sorbsion - bekik suvlar: v) kapillyar-osilgan suvlar: g) kapillyar pastga oquvchi suvlar: d) gravitasion tirkalgan suvlar Biz yuqorida aytilgan klassifikasiyalarni inobotga olib tuproqda suvning quyidagi shakllarini ko‘rib chiqamiz. Kimyoviy bog‘langan suv. Bug‘simon suv. Gigroskopik suv. Parda suv. Kapillyar suv. Gravitasion suv. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling