Tuproq suvining shakllari Reja: 1


Dastavval, o‘simlikni so‘lish holati nima va u qanday ro‘yobga chiqadi?


Download 0.57 Mb.
bet9/11
Sana18.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1213244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1- ma\'ruza

Dastavval, o‘simlikni so‘lish holati nima va u qanday ro‘yobga chiqadi? Kunduzi haroratni yuqori bo‘lishi natijasida (odatda yoz faslida) o‘simlik ko‘p miqdorda suvni transpirasiya qiladi. Agarda shunday sharoitda tuproqda o‘simlik o‘zlashtira oladigan yerkin suv kam bo‘lsa, o‘simlik barglaridagi turgorlik yo‘qoladi va u so‘liydi. Tuproqda hosil bo‘lgan suv tanqisligi hali keskin ifodalanmaganligi tufayli turgor holati tun davomida qayta tiklanib, yertasi yana normal holat boshlanadi. Lekin kunning yana isishi va transpirasiyaning oshishi, tuproqda suv jamg‘armasining kamaya borishi bu hodisani qayta-qayta takrorlanishida turg‘unlikni tiklanmasligi kuzatiladi. Bunday sharoitda o‘simlikning so‘lish holati aniq kuzatiladi. Biroq o‘simliklar hali batamom qurimagan, ulada o‘sish prosessi keskin sekinlashib, rivojlanish to‘xtagan hisoblanadi. Mana shu holatda tuproq namligi aniqlansa bu namlik o‘simlik so‘lish namligiga teng bo‘ladi.
Agarda shu davrda suv berilsa, o‘silik yana o‘z rivojlanishini davom yetadi, lekin bunda ekinlarning hosildorligi keskin kamayadi.
D.V.Fedorovskiy tuproq namlik ko‘rsatkichi har xil bo‘lgan sharoitda bahorgi bug‘doyning rivojlanish fazalariga ko‘ra so‘lishni quyidagicha ko‘rsatdi.

Bug‘doy o‘simligi yoshi, kun hisobida So‘lish namligi, %


Naycha o‘rash fazasi 21 kun 19,34
Boshoqlash fazasi, 31 kun 17,67
Gullash fazasi 35 kun 15,04
Avtor ko‘rsatishi bo‘yicha, bodring-17,78%, zig‘ir-17,94%, bug‘doy-15,63%, sho‘ra-16,4%, oqquray-13,8% tuproq namligida so‘liydi. Bunday namlikda tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati ham sekinlashadi, bordi-yu, namlik ko‘rsatkichi yanada pasayib, o‘simlikni qurib qolishiga olib kelsa, bunda mikroorganizimlar hayoti ham batamom to‘xtaydi.
So‘lish namligining ko‘rsatkichi tuproqda suvda eruvchan tuzlarning ortishi bilan oshib boradi, ya’ni bunda tuproq eritmasining konsentrasiyasi ortadi va bu eritmani o‘simliklar o‘zlashtirishi qiyinlashadi. Masalan, sho‘rxok tuproqlar bunga misol bo‘ladi. Birinchi qarashda sho‘rxok tuproqlar sernam hisoblanadi, lekin bu namni o‘simlik ololmaydi.
Bo‘z tuproqlar zonasidagi qumoq tuproqlarda so‘lish koeffisenti 5-13% o‘rtasida, sahro tuproqlarda esa 2-9% o‘rtasida o‘zgarib turadi. To‘q tusli bo‘z tuproqlarda esa so‘lish koeffisenti eng yuqori (9-10%), och tusli bo‘z tuproqlarda eng pat (7-8%) bo‘ladi.
S.N.Rijov, N.I.Zimina, N.F.Bespalovning ma’lumotlariga qaraganda, sug‘orish tipik va och tusli bo‘z tuproqlardagi so‘lish koeffisentiga mutloqa ta’sir qilmaydi, bu koeffisent tuproq profili bo‘yicha ham o‘zgarmaydi. Ye.I.Kochirinaning ma’lumotlariga ko‘ra, tipik bo‘z tuproqlarning 2 m li qatlamida so‘lish koeffisenti 7-8%dan nariga o‘tmaydi.
Sahro zonasidagi tuproqlarda, so‘lish koeffisentining tuproq profili bo‘yicha o‘zgarishida muayan qonuniyat sezilmaydi. Chunki bu o‘zgarishlar ona jinslarning qatlamliligi tufayli barobarlashadi.
O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan tuproqlarida so‘lish koeffisenti bilan maksimal gigroskopiklik o‘rtasidagi nisbat Rossiya Yevropa qismidaginikiga qaraganda umuman kattaroq, so‘lish koeffisenti ayrim hollarda ekinga qarab ham belgilanadi. (D.V.Fedorovskiy, 1948), lekin so‘lish koeffisentiga ta’sir yetadigan narsa asosan tuproqning o‘zidir.
Olingan ko‘p sonli ma’lumotlarga ko‘ra, so‘lish koeffisenti (SK) ning maksimal gigroskopiklik (MG) ga nisbatan qo‘yidagicha:
Bo‘z tuproqlarda – 1,75,
Sahro tuproqlarda – 2,00 (2,20)
Bu nisbatning o‘zgarishida muayan qonuniyatning bo‘lishi aniqlanmadi.
Madaniy o‘simliklarning rivojlanishi tuproqning namligi hali so‘lish namligidan birmuncha yuqori darajada sekinlashadi, ular suv tanqisligiga uchraydi. Shu davrda o‘simliklar sug‘orilmasa, albatta, hosildorlik birmuncha kamayadi. Shuning uchun sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida hech qachon namlikni o‘simliklarni so‘lish ko‘rsatkichiga tushurish kerak emas.
Muttasil yuqori hosil olish uchun, o‘simliklarni bir meyorda suv bilan ta’minlab tuproq namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 65-75% bo‘lgandaqo‘shimcha suv berish taklif qilinadi.Tuproq namligining bu ko‘rsatkichi O‘SN bir qancha yuqori bo‘lib, S.N. Rijov, bu namlikni optimal namlikning quyi chegarasi, A.A.Rode, kapillyarlarining uzulish namligi (KUN) deb yuritishni taklif yetgan. O‘SN esa fiziologik foydali suvning quyi chegarasi hisoblanadi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, o‘simliklar uchun faqatgina harakatchan. Suyuq holatdagi tuproq suvigina foydali suv hisoblanadi.
Tuproq suv shakllari o‘z harakatchanligiga qarab 3 gruppaga bo‘linadi:
Harakatchan suvlar-tuproq to‘la nam sig‘imi bilan dala nam sig‘imi o‘rtasida bo‘ladi.
O‘rtacha harakatchan suvlar-dala nam sig‘imibilan kapillyarlarni uzilish namligi o‘rtasida bo‘ladi. Bu ikkala gruppa madaniy o‘simliklar uchun eng kerakli hisoblanadi.
Qiyin harakatlanuvchi suvlar-kapillyarlarni uzulish namligidan past.
Tuprq namligi o‘simliklarni so‘lish namligidan past ko‘rsatkichda madaniy o‘simliklar uchun batamom foydasiz suv shakliga o‘tadi.
Tuproq namligi so‘lish koeffisentiga yaqinlashgan sari, xususan so‘lish koeffisentidan maksimal gigroskopiklikka o‘tish intervalida mikroorganizmlarning ham namdan foydalanishi kamayadi. D.M.Novogrudskiy (1947) ma’lumotlariga ko‘ra , namligi maksimal gigroskopiklikka teng bo‘lgan tuproqlarida nitrifikasiya prosessi mutlaqo yuz bermaydi, namlik bir yarim maksimal gigroskopiklikka teng bo‘lganda, bu prosess tezlashadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling