Tuproq suvining shakllari Reja: 1
G‘o‘zaning o‘suv davrida tuproq yuzasidan sizot va
Download 0.57 Mb.
|
1- ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sizot suvlari sathi, m Kuzatish olib borilgan yillar Suv sarfi, m3 ga
- Sug‘orish suvlaridan Jami
25. G‘o‘zaning o‘suv davrida tuproq yuzasidan sizot va
sug‘orish suvlarining parlanishi (aprel-oktabr oylari)
Kapillyar hoshiya (Q/X) qavatida dala sharoitida tuproq o‘rasining devoridan tuproq namligini ikki holatda aniqlash orqali bilish mumkin. Bunda sizot suvlari chuqurligigacha qazilgan tuproq o‘rasi 2 kun davomida ochiq holatda qoldiriladi. Bundan maqsad tuproq kapillyarlarida (qatlamida) bulgan suvni parlanib ketishi uchun sharoit yaratishdir. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng tuproq o‘rasining quyosh nuri tik tushmagan devoridan (sharqiy va shimoliy) sizot suvi chuqurligigacha har 10 sm dan namlikni aniqlash uchun namuna olinadi (birinchi holat). So‘ngra mana shu o‘ra devori darhol 20-25 sm qalinlikda qayta tozalanadi va yana yuqoridagi tartibda namuna olinadi. (ikkinchn holat) Olingan tuproq namunalari maxsus laboratoriyalarda ko‘ritilib, (namlik ko‘rsatkichi topiladi (namlikni aniqlash mazkur qo‘llanmada beriladi) Demak namlikni tuproq o‘rasining quruq hamda yangidan tozalangan holatidagi namlikni aniqlab maxsus grafik tariqasida ifodalash yuli bilan kapillyar hoshiya chizig‘ini topish mumkin. Grafikda albatta, ma’lum chuqurlikda ikkala holatdagi tuproq namligi ko‘rsatkichi bir-biriga yaqin kelishi (teng bo‘lishi)ni ko‘ramiz. Xulosa qilib aytish mumkinki, sizot suvi sathidan ko‘tarilgan kapillyar suv namlikning ikkala holatdagi ko‘rsatkichi teng bo‘lgan balandlik qacha ko‘tarilishi mumkin Tuproqda kapillyar hoshiyaning past-balandligi, birinchidan, sizot suvlarining chuqurligiga bog‘lik bo‘lsa, ikkinchidan, mexanik tarkibning tuproq qatlamlarida almashinib turishi (qum soz, qumloq, soz-qumoq va x. k.) 1 - soz; 2-og‘ir qumoq; 3-o‘rtacha qumoq; 4-engil qumoq; 5-qumloq 6- qum; 7-tuproq kesimi devorining ochiq qoldirilgan holatdagi namligi; 8 tuproq kesimi devorining tozalangan holatdagi namligi; 9-sizot suvliri sathi I, II, III - namlanish zonalari. Ularning tarqalish balandligi va namlanish miqdoriga bog‘liqdir. Sizot suvlarining ko‘tarilish tezligi va balandligi tuproqning mexanik tarkibiga qarab o‘zgara boradi. Qumli tuproqda kapillyar ko‘tarilish tezligi juda yuqori, balandligi esa aksincha past: soz tuproqlarda kapillyar ko‘tarilish tezligi juda sekin, lekin balandligi ancha katta bo‘ladi. Qumloq tuproqlar o‘rtacha holatni egallashi, lekin ko‘tarilish balandligi soz tuproqlarga nisbatan ham katta bo‘lishi mumkin. Tuproqning vertikal profilida mexanik tarkibning almashinib turish, ayniqsa mexanik tarkibi vertikal profilda pastdan yuqoriga qarab engillashib yoki og‘irlashib borishi ham kapillyar suvlarni ko‘tarilish tezligi va balandligida o‘ziga xos qonuniyatlarni vujudga keltiradi. rasmda keltirilgan ma’lumotlarga murojaat qilganda qo‘yidagilarni ko‘ramiz: birinchidan, sizot suvlarining joylashish chuqurligi bir xil; ikkinchidan, 18-rasmda «a» harfi bilan belgilangan tuproq vertikal; profili o‘rtasida mexanik tarkibni almashinuvi (qumloq, qumsoz, engil qumoq) kuzatilsa, «b» harfi bilan esa mexanik tarkib (engil qumoq, o‘rtacha qumoq, og‘ir qumoq)dan iborat tuproq profili keltirilgan. Natijada sizot suvlarining tarqlishi bir-biridan farq qiladi. «A» va «B» holatlarda ham kapillyar suvlar tuproqlarning pastki qatlamlaridan yuqoriga qarab tarkalishida uchta zona mavjudligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Birinchi zona —sizot suvlari sathi atrofida joylashgan qatlamni o‘z ichiga olib, unda namning miqdori kapillyar nam sig‘imiga (KNS) ega bo‘ladi. Ikkinchi zona pastdan yuqoriga qarab bir meyorda namlanib, bu namning mikdori dala nam sig‘imiga (DSN)ga teng bo‘ladi. Uchinchi zona— eng aktiv zona hisoblanib bu zonada tuproq suvi ham transpirasiyaga, ham tuproq yuzasidan bug‘lanishga sarf bo‘ladi. Shuning uchun ham bu zonada tuproqning namlik darajasi ancha past bo‘ladi. Sizot suvlarining joylashish chuqurligi hamda ularning kapillyar xoshiyasi qalinligini aniqlash sug‘oriladigan zona dehqonchiligida muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki bunday tuproqlarga beriladigan yillik suv miqdorini belgilashda sizot suvlari va ularning holatiga katta e’tibor beriladi. Shunday qilb sizot suvlari ko‘p hollarda madaniy o‘simliklar uchun asosiy suv mayabai vazifasini o‘taydi. Agarda sizot suvlari u yoki bu darajada minerallashgan bo‘lsa, ular yerni qayta sho‘rlanishga olib keladi. Buning oldini olish maqsadida zovurlar, qazish kabi tadbirlar ko‘riladi. Gravitasion suv deb yog‘in-sochindan yoki sug‘orishdan so‘ng hosil bo‘lib, yerning tortish kuchi ta’sirida o‘z og‘irligi bilan tuproqning pastki qatlamlari yoki tuproqning kapillyar va kapillyar bo‘lmagan oraliqlarini to‘ldirgan holda yon atrofga yerkin oquvchi suvga aytiladi. (15-rasm, 5-holat) Gravitasion suvni ba’zan filtrasion suv deb ham yuritiladi. Gravitasion suv tuproqda (agarda sizot suvi chuqur bo‘lsa) qatlamlar orasida tarqalib, kapillyar suvga aylanadi yoki sizot suvlarga qo‘shiladi. Gravitasion suvni ham o‘simliklar juda yaxshi o‘zlashtiradi, lekin bu suvning tuproqda uzoq vaqt saqlanib (turib) qolish tuproqhavosining siqib chiqarilishiga, o‘simlik va mikroorganizmlar uchun havo yetishmay qolishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari tuproq holati va suv sig‘imini hisobga olmay normadan oshiq yerga beriladigan suv, birinchidan tuproqdagi oziq moddalarini sizot suvlarigacha yuvib tushirsa, ikkinchidan sizot suvlari sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Har ikkala holatda ham xo‘jalik juda katta zarar ko‘rishi mumkin. Auniqsa, sizot suvlarining tuproq yuzasiga yaqinlashishi, agar uning oqimi yomon bo‘lsa (masalan Mirzacho‘l), tuproqning sho‘rlanishi va botqoqlanishiga sabab bo‘ladi. Sho‘r va botqoq tuproqlarni yaxshilash va ularni unumdor qiladigan ishlar qanchalik og‘ir yekanligi dehqonlarimizga ma’lum. Shunday qilib, tuproqdagi umumiy suv qismdan-o‘simliklar uchun foydasiz va foydali suvlardan tashkil topgan. Tuproq tarkibidagi suvning o‘simlik uchun oson o‘zlashtirilishi uning tuproqdagi harakatchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq suvi harakatchanligini Sekera metodida aniqlash mazkur qullanmada berilgan. Chirindiga boy, og‘ir soz tuproqlarda o‘simlik uchun foydasiz suvlar ko‘p bo‘ladi. Qumli tuproqda o‘simlik o‘zlashtirolmaydigan suvning mikdori 100 g tuproqda 1-2 g bo‘lsa, og‘ir soz tuproqlarda esa bu ko‘rsatkich 10-15 g gacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, har xil mexanik tarkibli tuproq uchar suvni har xil mikdorda ushlab qoladi. Og‘ir soz tuproqlar o‘zidan o‘tayotgan suvning 70% chasini o‘zida singdirib qolsa, qumoq tuproqlar 30-40, qumli tuproqlar esa 20-25% gina singdirib qoladi. O‘simlik o‘stirar yekanmiz, o‘sish davrida tuproqda ular uchun qancha foydali suv borligini bilish zarur, bu suvni hisoblash yo‘li qo‘yida maxsus bo‘limda izohlangan. rasmda yuqorida ko‘rib o‘tilgan tuproq, suvining asosiy turlari va ularning bog‘lanish holatlari keltirilgan. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling