Tuproq suvining shakllari Reja: 1


Download 0.57 Mb.
bet2/11
Sana18.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1213244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1- ma\'ruza

Kimyoviy bog‘langan suv shakllari konstitusion va kristalizasion kenja turlardan tashkil topgan. Konstitusion suvlar odatda minerallar tarkibiga kirib, uning kristallik panjarasidan o‘rin oladi. Masalan, limonit 2Fe2O3.3H2O, boksit Al2O3.3H2O, kaolinit H2Al2SiO2O3.H2O va hakazo. Bu suvlar juda yuqori temperatura sharoitida (500-10000 S da) minerallar minerallar tarkibidan ajralib chiqadi, Kristallizasion suvlar esa mineral tuzlar tarkibida saqlanib, past temperaturada undan ajraladi. Bunda mineralning tuzilishi va tarkibi o‘zgarmaydi. Masalan, gips CaSO4.2H2O, mirobilit -Na2SO4.10H2O va hokazo.
Tuproq tarkibidagi suvning bu shakli tuproqdagi hech bir fizik jarayonlarda, uning umumiy suv jamg‘armasiga ishtirok yetmaydi, lekin tuproq va minerallarning tarkibini xarakterlovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Tuproq g‘ovak sistema bo‘lganligi uchun, bu g‘ovaklar doimo havo va suv bug‘lari bilan to‘lgan bo‘ladi. Tuproqdagi suvning bu shakli ham o‘simlik uchun foydasiz. Biroq bug‘ holatidagi suv o‘simlikka singadigan holatga o‘ta oladi.Qishda suv bug‘i yerning pastki birmuncha issiq qatlamlaridan, yuqorigi sovuq qatlamlarga ko‘tarilib, suyuq holatga aylanadi. Tuproqdagi bug‘simon suvning harakati diffuziya qonuniga bo‘ysunadi. Bu harakat, asosan, tuproq havosining bug‘ suvlariga to‘yinish darajasi va temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Bug‘ holatdagi suvning harakatini oddiy kuzatish olib borish yo‘li bilan bilish mumkin. Yoz kunlarida cho‘l zonasining qumli tuproqlari rosa qiziydi va o‘zining tarkibidagi suvlarni atmosferaga parlatadi. Birinchi qarashdayoq bunday tuproqlarda suv qolmaydi. Agarda siz kechqurun tuproq yuzasini (1x1) yoki (2x2m2) polietilen materiali bilan bekitsangiz, yertalab plietilenning ichki yuzasida son – sanoqsiz suv tomchilari paydo bo‘lganini ko‘rasiz. Bu suv tomchilari bug‘simon suvlarning kondensiyasidan paydo bo‘ldi. Bug‘simon suvning harakatga keltiruvchi faktor bu sutka davomida tuproq qatlamida vujudga kelgan termik gradient hisoblanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling