Tuproq suvining shakllari Reja: 1


Tuproq suv-fizik xossalarining dehqonchilik madaniyati ta’sirida o‘zgarishi


Download 0.57 Mb.
bet10/11
Sana18.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1213244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1- ma\'ruza

Tuproq suv-fizik xossalarining dehqonchilik madaniyati ta’sirida o‘zgarishi. O‘rta Osiyo tuproqlari strukturasining suvga chidamliligi, boshqa tuproqlarnikiga qaraganda ancha past bo‘lganidan, ular unumdorligining ham past bo‘lishi tabiiydir. Lekin agrotexnika tadbirlarini to‘g‘ri qo‘llab sug‘orish va yerlarga o‘g‘it solish yevaziga barcha ekinlardan mo‘l-kul hosil olish mumkin. O‘rta Osiyoda tuproqqa odatdagicha ta’sir qilish tadbirlari qatoriga sug‘orish ham kiradi.
Sug‘orish – tuproq unumdorligini oshirishdagi eng muhim omillardan biri. Sug‘orish tufayli agroirrigasion oqiziqlar ko‘payadi, natijada tuproq hosil bo‘lish jarayonlarining yo‘nalishi va tezligi namlanish sharoiti o‘zgaradi.
Sug‘oriladigan tuproqlar vohalardagi madaniy tuproqlarning alohida tipi deb hisoblangan. Ularda tuproq hosil bo‘lish jarayonida agroirrigasion oqiziqlar katta rol o‘ynaydi. Ammo oqiziqlardan hosil bo‘lgan qatlamlarning qalinligi va sug‘orishning qadimiyligiga qarab, tuproq unumdorligining hozirgi darajasini belgilash qiyin.
Ma’lum bo‘lishicha, madaniy holga kelgan voha tuproqlarida gumus kirib borgan qavat qo‘riq bo‘z tuproqlarga nisbatan pastroqda turadi va bu tuproqlarning 70 sm li qatlamlarida azot va fosfor ko‘proq bo‘ladi.
Tajriba natijasida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, har ikkala tuproq kelib chiqishidan va ularga yekilgan ekin turidan qa’ti nazar, haydalma qatlam tagidagi tuproqlarning unumdorligi juda past. Demak, irrigasion oqiziqlarning qalinligiga qarab emas, balki dehqonchilikning o‘tmishdagi va hozirgi darajasi tufayli vujudga keladi (M.A.Orlov) Bunda, agroirrigasion qatlam qalin va uning tarkibida organik moddalar oziq elementlari ko‘p bo‘lgan taqdirda, tuproqning madaniy holatini yaxshilash ishi bir qadar engillashishi mumkin.
Barcha agrotexnik va meliorativ tadbirlar orasida o‘g‘itlash, almashlab yekish va ekinlarni parvarish qilish tuproqqa eng kuchli ta’sir yetadi. Sug‘orish, tuproq zaxini quritish. Sho‘r bosgan tuproqlarning sho‘rini yo‘qotish va boshqa ba’zi tadbirlar tuproqqa ta’sir qilishda alohida xususiyatga ega va ular ko‘p hollarda tuproq unumdorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling