Tuproq suvining shakllari Reja: 1
Download 0.57 Mb.
|
1- ma\'ruza
h = , bunda
h — suvning kapillyarlar bo‘ylab ko‘tarilish balandligi, sm da, G—yuza tortilish kuchi (koeffisienti), r — kapillyar radiusi, mm da d—suyuklik zichligi. Jyuren tenglamasidan xulosa qilib, kapillyar ko‘tarilish balandligi h-yuza tortilish koeffisienti (kuchi) bilan to‘g‘ri proporsional, kapillyar radiusi hamda ko‘tariladigan suyuqlik zichligi (konsentrasiyasi) ko‘paytmasiga teskari proporsional bog‘lanishda bo‘lar yekan. Yuqorida keltirilgan Laplas va Jyuren tenglamasidan shu narsa aniqlanadiki, kapillyar ko‘tarilish sizot suvlari yuzasidan cheksiz balandlikkacha bo‘lishi mumkin, ya’ni kapillyar naycha diametri qancha kichik bo‘lsa kapillyar ko‘tarilish balandligi shuncha katta va aksincha, kapillyar naychalar yancha yirik bo‘lsa suvning ko‘tarilish balandligi ham shuncha kichik bo‘ladi. Demak, mexanik (granulometrik) tarkibi og‘ir tuproqlarda suvning ko‘tarilish balandligi katta bo‘ladi. Mixelson ko‘rsatishi bo‘yicha, mexanik zarrachalarning diametri 0,0001 mm dan tashkil topgan tuproqlarda Laplas formulasi bo‘yicha kapillyar ko‘rtarilish balandligi 296,5 gacha, Tersagi bo‘yicha esa bir necha yuz metrgacha bo‘lishi mumkin. Masalan: Zavoljening lyossnmon qumoqlarida 350 sm dan (Kachinskiy) yoki A.A.Rode bo‘yicha 600 sm dan, Mirzacho‘lning och tusli bo‘z tuproqlarida esa 3-*4 m dan (Bespalov) oshmasligi ko‘rsatiladi. Tabiiy sharoitda olingan ma’lumotlar nazariy yo‘l bilan hisoblangan ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmasligining asosiy sababi diametrk jihatidan juda kichik teshikchalarning zich bog‘langan suvlar yoki havo bilan band bo‘lishidir. Bunday sharoitda yerkin suvning kapillyarlar bo‘ylab harakati uchun sharoit bo‘lmaydi. Har xil mexanik tarkibli tuproqlarda kapillyar ko‘rtarilish tezligi va balandligi laboratoriya sharoitida (modelda) balandligi 120 sm li shisha trubkalarda qo‘yidagi variantlarda o‘rganildi: 1) chang qum 2) engil qumoq 3) o‘rtacha qumoq 4) engil soz 5) qumloq (0—30 sm), o‘rtacha qumoq (30—60 sm), og‘ir qumoq (60—90 sm), soz (90—120 sm) 6) og‘ir qumoq (0—30 sm,) o‘rtacha qumoq (30—60 sm), qumloq (60—90 sm), qum (90—120 sm) 7) o‘rtacha qumoq (0 – 30 sm), soz (30 – 50 sm), og‘ir qumoq (50 – 80 sm), qum (80 – 120 sm) 8) og‘ir qumoq (0 – 30 sm), engil qumoq (30 – 50 sm) soz (50 – 70 sm), og‘ir qumoq (90 – 120 sm) 9) og‘ir qumoq (0–20 sm), qumloq (20–40 sm), qum (40–60 sm), soz (60–80 sm), engil qumoq (100 – 120 sm). (80 – 100 sm), engil qumoq (100 – 120 sm). Rasmda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kapillyar ko‘tarilish nranulometrik tarkibni har xil tuproqlarda juda xilma –xildir. Changli qumlarda eng katta: kuzatiladigan balandlikka (120 sm). Changli qumda ko‘tarilish 264 soat davomida amalga oshdi. Mexanik tarkib og‘irlashgan sari ko‘rsatkich engil qumoqda 950 soatga, o‘rtacha qumoqda 1842 soatni, engil sozda esa 3000 soatni tashkil yetdi. Tuproq profilida mexanik tarkibning pastga tomon og‘irlashuvi yoki engillashuvi, ayniqsa mexanik tarkibi qatlam-qatlam bo‘lgan tuproqda kapillyar ko‘tarilish tezligi va uning balandligi o‘ziga xos qonuniyatga ega. Masalan, gruntlarning yuqoriga tomon og‘irlashgan holatida 120 sm ko‘tarilishi uchun (6-variant) 844 soat kerak bo‘lsa, uning yuqoriga tomon engillashuvchi holatida (5-variant) 2688 soat vaqt kerak bo‘ladi (16-rasm). Mexanik tarkibning vertikal profilda o‘zgarishi kapillyar ko‘tarilish tezligining o‘zgarishiga olib keluvchi faktor bo‘lib qolmasdan, balki har xil miqdordagi namlikning saqlanishiga ham sabab bo‘ladi. Buni 17-rasmda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkin. Namlikning tarqalish holatini qo‘yidagi kategoriyalarga ajratildi (tuproq vazniga nisbatan prosent miqdorida) 0-10 o‘simlikning so‘lish namligi, tarkibidagi suv kiyin o‘zlashtiriladigan shaklda: 10-15 maksimal molekulyar nam sig‘imi darajasi, kiyin o‘zlashtiriladigan suv shaklida: 15-20 kapillyarlarning o‘zilish namligi ko‘rsatkichi, tuproq tarkibidagi o‘rtacha o‘zlashtiriladigan suv 20-30-dala nam sig‘imi (har xil mexanik tarkibli tuproqlar uchun), tarkibidagi suv oson o‘zlashtiriladigan shaklda: 30 dan yuqori- kapillyar, hattoki to‘la nam sig‘imi, tarkibidagi suv oson o‘zlashtiriladigan, lekin bu suv shakli tuproq qatlamlarida uzoq, turishi unda havo almashinuvining yomonlashishiga olib keladi. Xullas, tuproq mexanik tarkibining uning profilida o‘zgarishi-bir tomondan, sizot suvlar sathining o‘zgarishi-ikkinchi tomondan o‘suv davri davomida tuproqda kapillyar ko‘tarilish tezligi va namlikni boshqarib turadi. Hosil bo‘lishiga qarab kapillyar suvlar ikkiga ajratiladi. Birinchisi, sizot suvlardan ko‘tariladigan kapillyar suv. Bu suvni kapillyar tirqalma suv deb ataladi. Ikkinchisi, sizot suvlar chuqur joylashgan yog‘in-sochin suvlaridan yoki yerni sug‘organdan so‘ng tuproqning yuqori qatlamida hosil bo‘lgan kapillyar suv. Bu suvni muallaq (osilgan) kapillyar suv deb ataladi. Bu ikki xil suv o‘simliklarga oson singadi va ularni suvga bo‘lgan yextiyojini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham kapillyar suvlarni foydasiz sarflanishdan saqlamoq kerak. Kapillyar suvning tuproq qatlamlari orasida yuqoriga ko‘tarilish tezligi va balandligi tuproqning mexanik tarkibi va strukturasiga bog‘liqdir. Tuproqning bu xususiyatini bilish juda katta ilmiy ahamiyatga ega. Ma’lumki O‘rta Osiyo sug‘oriladigan yerlarining yarmidan ko‘pi turli darajada sho‘rlangan yoki sho‘rlanishga moyildir. Sho‘rning asosiy manbai tuproq yuzasiga yaqin (1-3 m) joylashgan sho‘r sizot suv hisoblanadi. Bunday maydonlarda sarflanadigan suvning qariyb 65-70% sizot suvi hisobida bo‘ladi, darhaqiqat, sizot suvi minerallashgan bunday sharoitda yerning hisob, ikkilamchi sho‘rlanishi tabiiydir. Sizot suvlarining joylashish chuqurligi orta borgan sari, ularning sarflanish miqdori kamaya boradi. (25-jadval) Bu ma’lumotlarning ko‘rsatishicha sizot suv sathi 1 metrdan 2 metrgacha chuqurlashsa sarflanadigan suv mikdori keskin kamayadi (70%-20-30%), 3 metrgacha chuqurlashsa atigi 10-12% ni tashkil yetadi. Albatta, tuproq hosil bo‘lish jarayonida hamda o‘simliklarni suv bilan ta’minlashda sizot suvlarining ta’siri katta. Ayniqsa ularning sho‘rlanish darajasi alohida o‘rin tutadi. Sizot suvi sathi chuqurlasha borgan sari tuproq qatlamlarining ham namlanish darajasi o‘zgaradi. Tuproqning sizot suvlari turgan joyi ustidagi tutash kapillyar namlik qavati kapillyar hoshiya (Q/X) deb ataladi. Bu qatlamda tuproqning eng ko‘p nam sig‘imiga to‘g‘ri keladigan miqdordagi kapillyar suv bo‘ladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling