Tuproq suvining shakllari Reja: 1
Download 0.57 Mb.
|
1- ma\'ruza
Tuproqning nam sig‘imi. Tuprq g‘ovak sistema bo‘lganligi uchun uning bu g‘ovaklari hamma vaqt suv yoki havo bilan band bo‘ladi. Lekin mavjud g‘ovaklarning katta – kichikligi hamda ular suv bilan to‘lganda hosil bo‘ladigan menisk kuchlar ta’sirida u yoki bu miqdorda suv ushlanib turiladi. Shuning uchun ham tuproqlarda dala, kapillyar va nam sig‘imlari farq qilinadi.
Sug‘oriladigan yoki kuchli yog‘in-sochindan so‘ng uzoq muddat davomida pastga (sizot suvlarga) oqmasdan tuproq kapillyarlarida (g‘ovaklarda) ushlanib qolingan eng ko‘p miqdordagi suv tuproqning dala nam sig‘imi (DNS) deb ataladi. Tuproq nam sig‘imining bu shakli juda muhim gidrologik konstanta bo‘lib, o‘simlik uchun zarur bo‘lgan suv jamg‘armasi to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. DNS tuproqning hususiyatlariga, eng oldin uning granulometrik tarkibiga mutanosib holda o‘zgarib boradi, ya’ni mexanik tarkibining og‘irlashib borishi yevaziga tuproqning dala nam sig‘imi oshib boradi. Agarda tuproqning vertikal profilida mexanik tarkibi bir-xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lsa, unda kapillyar muallaq (suvlarning miqdori) dala nam sig‘imi yuqoridan pastga tomon qonuniy ravishda kamayib boradi. Tuproqning yuqorigi qatlamlari katta g‘ovaklikka hamda chirindi moddalariga boy bo‘lganligi sababli dala nam sig‘imi ko‘rsatkichi bu qatlamlarda yuqori bo‘ladi. Agarda tuproq profili xilma-xil granulometrik (mexanik) tarkibidan iborat bo‘lsa, osilgan kapillyar suvning miqdori yuqoridagi qonuniyatga bo‘ysunmaydi, bunda DNS bir qatlamni tashkil yetgan mexanik tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, dala nam sig‘imi suvning yuqoridan singishi yoki pastdan kelishidan qat’i nazar, asosan quyidagilarga qarab belgilanadi: Yer osti suvlarining chuqurligi (og‘irlik kuchi ta’sirida harakat qiladigan gravitasion suv uchun); Tuproq gruntining granulometrik tarkibi; agregatligi; qovushmaning zichligi. Keyingi ikki omil, tuproq tarkibidagi gumus va singdirilgan miqdori O‘rta Osiyo sharoitida muhim ahamiyatga ega emas. (ammo sho‘rtoblanish hodisasi bular qatoriga kirmaydi). S.N.Rijov ko‘rsatmalari bo‘yicha, yer osti suvlari sathi keyinchalik pasayganda ham 1m qalinlikdagi tuproqda dala nam sig‘imi o‘zgarmaydi. Bunda yer suvlarining pastdan siqilishi tufayli harakatlanishi shu 1 m li qatlamning pastki 50 sm qavatidan yuqoriga o‘tmaydi. Lekin bu holat hamisha bir xil bo‘lavermaydi. Dala nam sig‘imi kattaligiga granulometrik tarkibining ta’siri masalasiga o‘tishdan oldin, tuproqning barcha turlari, shu jumladan qumlar ham A.A.Rode tuzgan klassifikasiyalar bo‘yicha 3 gruppaga, ya’ni mayda zarrali tuproqlar gruppasiga kiritilishi zarurligini uqtirib o‘tish kerak. Sug‘oriladigan zonadagi tuproqlarning hamma tiplarida xuddi shu fraksiyalar (ya’ni yirik chang) ko‘pchilikni tashkil yetadi. A.A.Rode ko‘rsatishicha, bu fraksiyalar yirik zarrali tuproqlarni mayda zarrali tuproqlardan ajratadigan chegara bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli O‘rta osiyoning sug‘oriladigan tuproqlarda dala nam sig‘imi o‘ziga xos alohida xossalarga ega. Ko‘pincha bu xossalar gruntning qatlamligi tufayli vujudga keladi. Gidromorf tuproqlarda esa, mexanik tarkibdan qat’i nazar, yer osti suvlarining siqilishi (ko‘tarilishi) hisobiga dala nam sig‘imi hamma vaqt katta bo‘ladi. Dala nam sig‘imining oshishiga hamda granulometrik tarkib ta’sirining birmuncha o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan asosiy omillar tuproqning serchangliligi, ona jinslarning qatlamliligi, tuproqning sho‘rlanganligi va strukturasiz holga kelganligidan iborat. Keyingi uch omil sahro zonasi tuproqlarida ayniqsa ravshan ko‘ringanligi uchun bir xil tuproqlarda dala nam sig‘imining oshishiga moyillik yaqqol ko‘rinadi. Ammo A.A.Rode (1952) Vilkoks va Spilsbyurining ishlariga asoslanib, nam yuqoridan pastga qarab ta’sir yetadigan ba’zi tuproqlarda dala nam sig‘imining miqdoriga granulometrik tarkib sezilarli ta’sir yetmasligini ko‘rsatdi. O‘rta Osiyo tuproqlari o‘zining granulometrik tarkibiga ko‘ra o‘rtacha DNS ga ega (massasiga nisbatan %) qumli va qumoq tuproqlar 8-12; engil qumoq 12-15; o‘rtacha qumoq 16-20; Bo‘z tuproqlar mintaqasida tuproq sho‘rlangan bo‘lmasa dala nam sig‘imiga qarab 1 m qalinlikdagi qatlamda quyidagi miqdorda nam zonasi bo‘ladi, deb hisoblash qabul qilingan. (S.N.Rijov, V.E.Eremenko): Engil tuproqlarda – har gektarida 2200 m3 O‘rtacha og‘irlikdagi tuproqlarda – 2800 m3 Og‘ir tuproqlarda – 3500 m3 O‘rta Osiyo tuproqlari dala nam sig‘imigacha namlanganda, ularning aeratsiya sharoitini xarakterlaydigan materiallar hozir juda ko‘p. Jumladan, S.N. Rijov (1948) farg‘ona vodiysining tuproqlari dala nam sig‘imiga nisbatan to‘la namlanganda umumiy hajmining 20,40%, Amudaryo quyi oqimi tuproqlarda esa 15,45% aeratsiya uchun yaroqli holda qolishi tasdiqlandi. Gidromorf tuproqlarda bu foiz bir qadar kamroq; bu tuproqlardagi kavaklarning hammasi suv bilan (yuqoridan singgan suv bilangina emas, balki pastdan ko‘tarilgan suv bilan ham) band bo‘lishi mumkin. Taqirlarda esa bu foiz birmuncha yuqoriroq bo‘ladi. O‘rta Osiyo sug‘oriladigan tuproqlari barcha turlarining namligi dala nam sig‘imiga teng bo‘lganda, havo bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘ladi. S.I.Tyuremniy tuzgan suv muvozanati tenglamasiga ko‘ra, dala nam sig‘imi (suv yuqoridan singganda) tuproqning hajim og‘irligi bilan teskari, teshikligi bilan esa to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Bu esa, tuproqning ustki gorizontlarida dala nam sig‘imining oshishi sabablaridan biridir. Shu munosabat bilan dala nam sig‘imiga teng miqdorda suv singdirgan tuproqda nam zapasi hajm jihatidan, tuproq hajim og‘irligining o‘zgarishiga bog‘liq emasdik bo‘lib ko‘rinadi. B.N.Michurin (AFI VASXNIL) 1955 yilda Leningrad shahrida bo‘lib o‘tgan agrofizik sezdida ana shu masalani nazariy jihatdan asosladi. B.N.Michurin hajim og‘irlikning 1 bilan 1,7 o‘rtasidagi intervalida: DNS x HO =Const dan iborat tenglik birligini isbot qildi: bunda (DNS) dala sig‘imini, (HO) esa hajim og‘irligini yoki Michurin ifodasi bilan aytganda, zichlikni bildiradi. S.N.Tyureminy va B.N. Michurinning yuqorida keltirilgan qoidalari G.Z. Biyashev (1936) ning sug‘oriladigan tuproqlarda o‘tkazilgan tajribalariga doir ma’lumotlariga to‘g‘ri kelmaydi. A.A.Rode (1952) bu masalani yakunlashga bag‘ishlangan asarida G.Z.Biyashevning asosiy xulosalaridan va uning materiallaridagi b’zi raqamlardan foydalandi. Biz bu o‘rinda uning faqat asosiy xulosasini keltiramiz. A.A.Rode o‘zining bu xulosasida “hajim og‘irligi 1,05 da 1,45 gacha oshganda, changlangan tuproqning eng kam miqdordagi nam sig‘imi oshadi, hajim og‘irligi 1.45 dan 1.65 gacha oshganda esa, bu eng kam miqdordagi sig‘imi yana kamayadi” dedi. G.Z. Biyashev va S.I.Dolgov (1948)ning mana shu ma’lumotlariga ko‘ra dala nam sig‘imi makroagregatlarning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Haydalma qavatda tuproq qovushmasining zichligi hamisha buzilib turgani uchun , dala nam sig‘imi bu qavatda ayniqsa ko‘p o‘zgaradi. Boshqa gorizontlarda esa dala nam sig‘imining miqdori u qadar o‘zgarmaydi. Natijada dala nam sig‘imi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bir qadar stabillashgandek bo‘lib ko‘rinadi. Bu esa zax yerlarni quritishni ko‘zda tutib sug‘orish va yuvish normalarini hisoblabchiqaraish uchun muhimdir. Bunda DNS miqdori asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuni takidlash kerakki, sizot suvlarning sathi yer yuzasiga yaqin joylashgan bo‘lsa, tuproq vertikal profilining ma’lum chuqurligidan namlik ko‘rsatkichi DNS miqdoridan yuqori ko‘rsatishi mumkin. Bunday holat odatda bevosita sizot suvlari sathi yuzasida bo‘lib, butun kaillyarlar suv bilan band bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichga teng keladigan suvni kapillyar nam sig‘imi (KNS) deb ataladi. Kapillyar nam sig‘imi tuproqning to‘la nam sig‘imiga (TNS) yaqin turadi, ya’ni to‘la nam sig‘imda uning butun kapillyarlari deyarli suv bilan band bo‘lib, u 2 fazali sitema holatda bo‘ladi. Tuproqning TNS va KNS ko‘rsatkichlari o‘simlik uchun foydali bo‘lsa-da, u vaqtinchalik ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich bo‘lib, ortiqcha suvlarning oqishi uchun sharoit yaratilishi bilan kapillyar (menisk) kuchlar ta’sirida bo‘lmagan suvlar darhol pastki qatlamlarga yoki qiya tomonga oqadi. O‘simliklar hayoti uchun zarur bo‘lgan hamda tuproq qatlamlarida uzoq vaqt davomida o‘zlashtirilishi qulay bo‘lgan holatda saqlanadigan suv dala nam sig‘imi hisoblanadi. DNS ni bilish orqali biz tuproqdagi umumiy nam jamg‘armasini va fiziologik foydali suvni bilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz... Madaniy o‘simliklarning rivojlanishi jarayonida quruq tuproq qanchalik noqulay bo‘lsa, juda sernam, zax tuproqlar ham shunchalik zararlidir. Juda sernam tuproqlarning ko‘pchilik teshiklari suv bilan to‘lganligi uchun havo oz bo‘ladi. Bu esa o‘simlik ildizlarini nafas olishi va mikroorganizimlarning hayoti uchun sharoitni yomonlashtirishga olib keladi. Tuproq kovaklaridagi suv miqdori havoga nisbatan uchdan ikki bo‘lakni tashkil yetganda o‘simlik va tuproq mikroorganizmlarining rivojlanishi uchun optimal sharoit mavjud bo‘ladi. O‘simlikning so‘lish namligi tuproq tarkibidagi o‘zlashtirilishi oson bo‘lgan suv shakllarining bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq o‘zida o‘simlik o‘zlashtirishi uchun qulay bo‘lgan dala nam sig‘imi yoki kapillyar nam sig‘imi holatidagi suvlarni saqlaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu suvlar transpirasiya hamda parchalanish natijasida kamayaveradi. O‘simliklarni tuproqdan suvni iste’mol qilib olishlari qiyinlashadi.Bu holatda tuproqda qolgan suvlar kapillyar kuchlar doirasidan chiqib adsorbsion va molekulyar kuchlar ta’sirida bo‘ladi. Bu kuchlar ildizlarning so‘rish kuchidan ustunlik qiladi. Natijada o‘simlik jujayralariga tuproq suvining tushushi deyarli to‘xtaydi, o‘simlik o‘zining turgor (turg‘unlik) holatini yo‘qotadi va so‘liy boshlaydi. O‘simlikning bu holatdagi tuproq namligi uning so‘lish namligi deyiladi. O‘simliklarning so‘lish namligi (O‘SN) muhim gidrologik konstanta bo‘lib, uni aniqlash orqali biz ma’lum tip tuproqlarda o‘simlik o‘zlashtirishi keskin qiyinlashadigan suv shaklini topamiz. Bu keyinchalik tuproqdagi foydali fiziologik suv jamg‘armasini hisoblashda qo‘llaniladi. Tuproq gidrologiyasida “so‘lish koeffisenti” terminini birinchi bo‘lib Briggs va Shans (1912) kiritgan. Biroq bu terminni 1948 yilda S.I.Dolgov “so‘lish namligi” deb atashni taklif yetadi. Briggs va Shans o‘zlari taklif qilgan “so‘lish koefisenti” termininni isbotlash uchun 1318 ta kuzatish olib bordilar. Kuzatishlarning 163 tasi bug‘doy, 138 tasi dukkakli ekinlar bilan olib borildi. Olingan ma’lumotlar asosida avtorlar quyidagi xulosaga keldilar. Hamma o‘simliklar bir xil namlik darajasida so‘liydilar. So‘lish koeffisenti o‘simlikning yoshi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. So‘lish koeffisenti tuproqning tipi va turiga (granulometrik tarkibiga) ko‘ra o‘zgaradi, ya’ni bir xil o‘simlik yoki hamma o‘simliklar har xil tuproqlarda turlicha so‘lish koeffisentiga ega bo‘ladi. Keyingi yillarda rus va sovet olimlari bu sohada olib borgan tekshirishlar Briggs va Shais talqin qilgan ba’zi bir xulosalarning tajribada isbotlamaganligini ko‘rsatdi. Bu o‘rinda Briggs va Shans so‘lish koefisenti tuproqning tipi va turiga bog‘liy holda o‘zgarib borishini tajribada isbotlab berdi. Yetukli sovet olimi D.V.Fedorovskiy uzoq yillar davomida olib borgan tekshirishlarida Briggs va Shansning bir qancha xato xulosalarga kelganini isbotladi. Jumladan, har xil o‘simliklar bir xil tipdagi tuproqda har xil namlikda so‘liydilar, hattoki bitta o‘simlik o‘zining har xil yoshda o‘ziga xos namligiga ega. Bu ilmiy xulosa bilan Briggs va shansning birinchi va ikkinchi xulosalarining noto‘g‘riligi isbotlandi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling