Tuproq suvining shakllari Reja: 1


Vohalardagi madaniy tuproqlarda, quruq bo‘z tuproqlarda gumus, azot va fosfor miqdori (A.M.Orlov)


Download 0.57 Mb.
bet11/11
Sana18.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1213244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1- ma\'ruza

Vohalardagi madaniy tuproqlarda, quruq bo‘z tuproqlarda gumus, azot va fosfor miqdori (A.M.Orlov)


Qatlam
Chuqurligi sm

Madaniy holga kelgan voha tuproqlari

Quruq bo‘z tuproq

gumus

Yalpi azot

Yalpi fosfor

Gumus

Yalpi azot



Yalpi fosfor



0-20

0,90

0,054

0,24

1,15

0,068

0,16



20-40

0,71

0,042

0,22

0,34

0,022

0,14



50-70

0,63

0,031

0,20

0,21

0,020

0,12



80-100

0,27

0,020

aniqlanmagan

0,17

0,020

Aniqlanmagan



140-160

0,20

0,020

-------//------

0,17

0,020

-------//------


Bu ma’lumotlarning hammasi, almashlab yekish tuproqning fizik xossalarini yaxshilashga va nihoyat uning unumdorligini oshirishga kuchli ta’sir yetishini ko‘rsatadi. Ko‘p yillik o‘tlar yekish tuproq strukturasining suvga chidamliligini oshiradi, tuproq tarkibida organik modda va azot ko‘payadi.


Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar, beda va odatdagi o‘t almashmalari bir joyda uch yil o‘stirilganida chidamli agregatlar miqdori yangidan sug‘orilayotgan maydonlardagi qo‘ruqlarnikiga yaqinlashganini ko‘rsatadi.
S.N.Rijov, S.P.Suchkov bilan birga madaniy holati turlicha bo‘lgan tuproqlarning unumdorligini o‘rganish maqsadida maxsus tekshirishlar o‘tkazdi. Buning uchun Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidan namunalar olindi. Namunalar madaniy holati yuqori, o‘rtacha va zaif bo‘lgan tuproqlardan hamda sug‘orilmaydigan lalmi bo‘z tuproqlardan iborat bo‘ldi.
Namuna uchun olingan tuproqlar territoriya jihatidan bir-biriga yaqin joylashgan. Bu tuproqlarning hammasi bir xil sharoitda vujudga kelgan, ammo o‘zlashtirilishining qadimiyligi va agroirrigasion oqiziqlar qatlamining qalinligi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Madaniy holat yuqori bo‘lgan chirindili akkumuliyativ qatlamli tuproqning agroirrigasion yotqiziqlarining qalinligi 62 sm ga yetib boradi. O‘sha qatlamdan e’tiboran karbonatli dog‘lar uchraydi. 80 sm chuqurlikdagi qavatdan boshlab bunday dog‘lar keskin ravishda ko‘payadi.
Madaniy holati o‘rtacha bo‘lgan tuproqda gumusli agroirrigasion qatlam 48 sm chuqurlikdagi qatlamgacha davom yetadi. Bu xil tuproqlarning boshqa hamma belgilari madaniy holati yuqori bo‘lgan tuproqlarnikidan farq qilmaydi. Madaniy holati yomon tuproqlarda chirindili akkumulyativ qatlam 30 sm li qavatgacha yetib boradi; 25 sm chuqurlikdagi qavatdan boshlab karbonatli yangi yaralmalar uchraydi. Sug‘orilmaydigan lalmi-tuproqlarning haydalma qavati yupqa bo‘lib, 16 sm dan oshmaydi. Karbonatli gorizont 2,5 sm li qavatdan keyin boshlanadi.
Ishlanish darajasi yuqori bo‘lgan tuproqlarda, loyqali fraksiyalar va mayda changning ko‘payishi mexanik tarkibining og‘irroq bo‘lishiga olib keladi. Mexanik tarkibning og‘irlashivi agroirrigasion yotqiziqlarning qalinlashuvi yoki yelyuvial berchlanish hisobiga ham bo‘lishi mumkin. A.N.Rozanov, xuddi shu fikrni birinchi bo‘lib aytgan. Bunday hodisa keyingi tekshirishlarda sahro voha tuproqlarida ham isbotlandi. Muttasil sug‘orish, insonning faoliyati tuproq suvi fizik xossalarining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Nazorat savollari:
1. Tuproqning suv shakllari nima?
2. Tuproqda suvning harakatchanligi.
3. Tuproqning nam sig‘imi.
4. Tuproq suv-fizik xossalarining dehqonchilik madaniyati ta’sirida o‘zgarishi.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling