Tuproq suvining shakllari Reja: 1


Tuproqda suvning harakatchanligi


Download 0.57 Mb.
bet7/11
Sana18.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1213244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1- ma\'ruza

Tuproqda suvning harakatchanligi O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan tuproqlarida (agar ular sho‘rlanmagan bo‘lsa,) kapillyar bo‘shliqlarning ko‘pligi tuproqdagi suvning; demak, oziq elementlar harakatchanligining oshuviga ham sabab bo‘ladi. Shunday qilib, bu xil tuproqlarning fizik xossalari tuproq unumdorligini tartibga solish yo‘llarini oldindan belgilaydi.
S.N.Rijov (1952, 1954) O‘rta O‘siyodagi sug‘oriladigan tuproqlarda yeffektiv unumdorlikni vujudga keltirishda suvning harakatchanligiga katta e’tibor berdi. U och tusli bo‘z tuproqlarda boshqa tuproqlardagiga nisbatan oson harakatlanadigan suvning ko‘proq bo‘lishini aniqladi. Shunday qilib, keltirilgan ma’lumotlar och tusli bo‘z tuproqlarning suvini bug‘lantirish qobiliyati tipik bo‘z tuproqlarnikiga nisbatan kattaroq bo‘lishini ko‘rsatdi.
Sho‘rlanish natijasida tuproqning bug‘lantirish qobiliyati juda oz miqdorgacha kamayishi mumkin. Buni A.A.Rode va M.M. abramova (1952) ning tajribalari bilan isbotlash mumkin. Tujribalarda uch xil tuproq grunti, ya’ni strukturasiz qumoq tuproq, changlangan (maydalangan) qora tuproq va
1-3 mm kattalikdagi qora tuproq agregatlari to‘ldirilgan va xlor bilan nishonlangan yedi.
Tajribalardan bug‘lanish tezligi ikki nuqtada vazniga nisbatan va dala nam sig‘imi (DNS)ga teng namlik kapillyarlarni uzulish namligi (kun) o‘rtasida o‘zgaradi. Keyingi ma’lumotlar S.I.Rijov materiallariga ko‘ra, mo‘l paxta hosili yetishtirish uchun zarur bo‘lgan optimal namlikning eng pastki chegarasiga mos keladi va dala nam sig‘imiga nisbatan taxminan 70 % ni tashkil yetadi.
Shu bilan bir qatord, tuproq qanchalik ko‘p agregatlashgan bo‘lsa, dala nam sig‘imi bilan kapillyarlar uziladigan namlik o‘rtasidagi nisbiy va absalyut farq ham shunchalik kam bo‘lishi aniqlandi:

Vazniga nisbatan,% Dala nam sig‘imiga nisbatan,%


Strukturasiz qumoq tuproq 6 30
Changlangan qora tuproq 6 18
Qora tuproq agregatlari 3 8

Shunday qilib, bu tajriba ham strukturasiz qumoq tuprqdagi namning harakatchanlik qobiliyati eng katta yekanligini ko‘rsatdi. Chunki nam bir xil tuproqdan ayni bir vaqtda strukturali qoratuproqlardagiga qaraganda 2-3 marta ko‘proq bug‘lanadi.


Demak, och tusli bo‘z tuproqlar uqadar strukturali bo‘lmaganidan, tarkibidagi nam tipik bo‘z tuproqlardagi namga qaraganda harakatchanroq bo‘ladi.
Ko‘pchilik ma’lumotlarga qaraganda, tuproqning namini bug‘lantirishni kamchilik deb hisoblash kerak, chunki bu hodisa o‘sha tuproqda barqaror nam zapasi vujudga keltirish mumkin emasligidan darak beradi. Ammo sug‘oriladigan tuproqlarda bunday zapasni vujudga keltirish uchun ehtiyoj ham yo‘q, chunki o‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi ularni o‘z vaqtida sug‘orish yo‘li bilan qondiriladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling