2-Mavzu: Tuprpqning sho’rlanish sabablari va sho’rlangan tuproqlar


Download 7.14 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi7.14 Kb.
#1790997
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tuprpqning sho’rlanish sabablari va sho’rlangan tuproqlar мавзусидаги тақ

2-Mavzu: Tuprpqning sho’rlanish sabablari va sho’rlangan tuproqlar.

  • Tayanch iboralar: Tuz, sho’r tuproq,sizot suvlari, gidrogeologiya, suvda eruvchan tuzlar, sizot suvlari, ikkilamchi sho’rlanish, tuz-suv tartibi.
  • Darsning maqsadi: Talabalarga tuproqning sho’rlanish sabablari va sho’rlangan tuproqlar to’g’risida ma’lumot.
  • Identiv o’quv maqsadlari:
  • 1. Tuproqning sho’rlanishi qanday sodir bo’lishini va ularning turlarini izohlab bera oladi.

    2. Sho’rlangan tuproqlar deb nimaga aytilishini, ular qayerda tarqalganligini va sho’rlangan tuproqlarni yaratishda nimaga asoslanishini tushuntirib bera oladi.

Tuproqning tuz-suv tartibini o’rganish usullari.

Tuproq melorativ holatini o’rganish jarayonida genetik, geografik,morfologik usullardan foydalaniladi

O’zbekistonda sug’orib dehqonchilik qiladigan maydonlarning holati.

  • Bizga ma’lumki O’zbekistonda sug’orilib dehqonchilik qilinadigan maydonlarning 60 % dan ko’prog’i har xil darajada sho’rlangan. Bunday maydonlarda qishloq xo’jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikning 25-40 % gacha kamayishi amalda isbotlangan. Shuning uchun ham sho’rlangan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash chora tadbirlarini ahamiyati katta.

Tuproqning sho’rlanishi nima?

  • Tuproqning sho’rlanishi – bu tuproq ustki qatlamlarida suvda osson eriydigan tuzlarning har xil miqdorda to’planishidir. Bu holat asosan issiq iqlimli sahro va yarim sahro zonalari uchun xosdir.

Suvda eruvchi zararli tuzlar ayni vaqtda to’rt guruhga bo’linadi:

  • Xloridli- NaCl,MgCl₂,CaCl₂,KCl.
  • Sulfat va gidrosulfatli- NaSO₂,MgSO₄ CaSO₄, K₂SO₄, NaHSO₄, Mg(HSO₄)₂, Ca(HSO₄)₂,KHSO₄.
  • Karbonatli va gidrokarbonatli- Na₂CO₃, K₂CO₃, CaCO₃, MgSO₃, FeCO₃, NaHCO₃, KHCO₃, Ca(HCO₃)₂, Mg(HCO₃)₂, (NH₄)₂CO₃, NH₄HCO₃.
  • Nitrat va nitritli- NaNO₃, NH₄NO₃, NaNO₂, NH₄NO₂.
  •  

Tuproqning Sho’rlanishi qanday yuzaga kelishiga qarab ikki turga ajratiladi.

  • Birlamchi sho’rlanish - tuproq ona jinsining sho’langanligidanva minerallashgan sizot suvlari ta’sirida tabiiy ravishda hosil bo’ladi.
  • Ikkilamchi sho’rlanish - tuproq suv tartibining suniy ravishda buzulishidan yuzaga keladi, yangi sug’orish tartibining buzilishi ta’sirida. Bu dastlab sho’rlangan tuproqlarda yuzaga keladi va mavsumiy, dog’li(olachipar) va yoppasiga sho’rlanganlarga ajratiladi.

Tuproqning mavsumiy,dog’li va yoppasiga sho’rlangan turlari.

  • Tuproqning mavsumiy sho’rlanishi - bu tuproq qatlamlarida tuzning o’simliklar vegetatsiyasi davrida to’planishidir. Bu sug’orish tasirida sizot suvlari sathining ko’tarilishi va kapillyarlar orqali bug’lanishi natijasida yuzaga keladi.
  • Dog’li sho’rlanish - bu joyning relyefi notekis bo’lgan, sho’r yuvilishi qiyin va namning bug’lanishi kuchli bo’lgan maydonlar uchun hosdir.
  • Yoppasiga sho’rlanish - bu sug’oriladigan maydonningbarcha joyini egallaydi va asosan yuqori mineralizatsiyaga ega bo’lgan sizot suvlarining yer yuzasiga yaqin joylashgan holatida yuzaga keladi.

Sho’rlangan tuproqlarda elementlarning to’planishi.

  • Sho’rlangan tuproqlarda anionlardan sul’fat, xlorid va karbonatlar, kationlardan kal’siy, magniy, natriy, va kaliy ionlari to’planadi. Shularning ichida natriy karbonat tuzlari juda zaharli xisoblanadi.

Tuproq profili bo’yicha tuzlarning joylanish tartibi.

  • Tuproq profili bo’yicha tuzlarning joylanish tartibiga qarab, sho’rlangan tuproqlarni yuza sho’rlangan( bunda asosiy tuzlar tuproq ustki bir metrgacha bo’lgan qatlamida joylashgan bo’ladi) va chuqur sho’rlangan (bunda tuzlar 1,5-2,0 m. Li va undan chuqurda joylashgan bo’ladi) larga ajratiladi.

Ikkilamchi sho’rlanishning yuzaga kelishi sabablari.

  • Ikkilamchi sho’rlanish insonlar ta’sirida yuzaga keladi, shuning uchun ham uni antropogen tasiridagi sho’rlanish deb ham yuritiladi. Sug’orish natijasida suvning kelishi va sarflanishi orasidagi nisbat buzilishi natijasida sizot suvlari sathining keskin ko’tarilishi hisobiga yuzaga keladi.Bu asosan sizot suvlarining yer osti tabiiy harakatlanishi qiyin bo’lgan zonalar uchun xosdir. Bunday gidrogeologiksharoit Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Markaziy Farg’ona, Amudaryo pastliklari, Zarafshon vodiysi va boshqa shunga o’xshash zonalar uchun ham bu zonalarda sug’orish ishlari kollektor-zovur tarmoqlarini qurish bilan bog’lab olib boriladi.

Sho’rlanishga moyil bo’lgan tuproqlarning melorativ holati.

  • Sho’rlanishga moyil bo’lgan tuproqlarning meliorativ holatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkich o’simliklar vegetatsiyasi davrida yer osti minerallashgan sizot suvlari sathining o’zgarib turishi hisoblanadi. Agar yer osti sizot suvlarining joylanish chuqurligi, litologik holatdan chiqqan holda ushlab turilsa va sug’orish rejimi to’g’ri qo’llanilsa , u holda tuzlarning o’simliklar uchun salbiy ta’siri bo’lmaydi.

Download 7.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling