3 i-bob Yo‘l xo‘jaligida joriy va kapital xarajatlar
Download 27.02 Kb.
|
Mundarija
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-Bob Smeta xarajatlarini tuzish………………………………………………17
Mundarija: Kirish.......................................................................................................................3 I-Bob Yo‘l xo‘jaligida joriy va kapital xarajatlar………...4 1.1 Kapital xarajatlar …………………………………………………7 1.2 Joriy xarajatlar …………………………………9 1.3 Rentabellik ko’rsatkichlari va hisobot usullari …………………….............12 1.4 Ishlab chiqarish korxonasining rentabellik ko'rsatkichlarini oshirish yo‘llari .14 II-Bob Smeta xarajatlarini tuzish………………………………………………17 2.1 Qalinligi 18sm bo’lgan bir qavatli sementbeton qoplamasini mexanizatsiyalashgan usulda ko’prikdan beton tushirish uchun №27-06-016-10 raqamli Lokal smeta hisobi ……………………………………………………………………………………17 Xulosa......................................................................................................................27 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….28 KIRISH Avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash uchun jalb etiladigan investitsiyalar samaradorligini oshirish yo‘l xo‘jaligida loyihaviy ishlarni tashkil etish bilan uzviy bog‘langan. Loyihalash – butun qurilish majmuasining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, ilm-fan va qurilish ishlab chiqarishi o‘rtasida oraliq bug‘in sifatida qatnashadi. Loyiha bo‘yicha qarorlarga nafaqat ishlarning bajarilishini tashkil etish, ularning qiymati va davomiyligi, balki ushbu loyiha bo‘yicha quriladigan avtomobil yo‘l uchastkasining texnikaviy va iqtisodiy darajasi hamda ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati va qiymatiga ham bog‘liqdir. Yo‘l tarmog‘ining rivojlanish darajasi va avtomobil yo‘llarining holati respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Loyihalash sohasida juda muhim masalalar bo‘lib loyihalarning sifati va tejamliligi hamda quriladigan ob’ektlarni o‘z vaqtida loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlash hisoblanadi. Bosh pudratchi bilan kelishilgan va buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan qurilishning smeta qiymati qurilishni moliyalashtirish va kapital mablag‘larni rejalashtirish uchun asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari ob’ektning smeta qiymati loyihaviy qaror iqtisodiy samaradorligining ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Smeta hujjatlarini tuzish sifatiga butun loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bog‘liqdir. Uslubiy ko‘rsatmada asosiy iqtisodiy tushunchalar va kurs ishlarida talabalar tomonidan bajariladigan qurilishning smeta qiymatini hisoblashlari keltirilgan. Avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning asosiy bosqichlari ko‘rib chiqilgan. Asosiy e’tibor mavjud me’yoriy hujjatlar asosida smeta hujjatlarining tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibiga qaratilgan. Qurilish ishlarining hajmini aniqlashning asosiy qoidalari berilgan, ishlarning smeta qiymati elementlarini aniqlash bo‘yicha misollar va smeta tuzishning turli usullari keltirilgan. Smeta hujjatlarini ishlab chiqishda quyiladigan zamonaviy talablar ham hisobga olingan. Download 27.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling