3. Ideal zanjir inersiya radiusi Makromolekulyar egiluvchanlik va tartiblanish
Download 14.71 Kb.
|
3-семинар Полимерлар физикаси
3. Ideal zanjir inersiya radiusi Makromolekulyar egiluvchanlik va tartiblanish Makromolekulalarning quyi molekulyar birikmalardan prinsipial ajratib turadigan muhim xususiyatlaridan biri “egiluvchanlik” dir. Makromolekulyar egiluvchanlik - bu polimer zanjirlarining konfiguratsiya va konformatsiyalari, ya‟ni shakllarini o„zgartirish qobiliyatidir. Polimer zanjirlar uchun termodinamik va kinetik egiluvchanliklar e‟tirof etiladi. Termodinamik egiluvchanlik - bu zanjirlarning issiqlik harakati tufayli egilishidir. U ikki holatning potensial energiyalari farqi (E) bilan aniqlanadi. Kinetik egiluvchanlik esa zanjirni bir energetik holatdan boshqa energetik holatga o„tish tezligini ifodalaydi va potensial to„siq (Eo) miqdori bilan aniqlanadi. Umumiy holda egiluvchanlik makromolekulaning asosiy zanjirini tashkil etuvchi bog„lar atrofida buralishi (aylanishi) imkoniyati hisobiga amalga oshadi. Ammo bunday buralish ko„p hollarda erkin bo„lmaydi va zanjirning yon tomonidan buraladigan atomlariga ulangan elementlar va guruhlari ta‟sirlashishi tufayli tormozlanadi yoki to„xtatiladi. Masalan, tuzilishi oddiy polietilen molekulasida C - C bog„lar qatian burchak 109o28‟ ostida birikkan bo„lsada, ushbu molekula nihoyatda yuqori darajada egiluvchanlik namoyon qiladi. Bunga sabab uglerod atomlarining ketma-ketligini oddiy ζ-bog„lar bilan birikishini sp3 - gibrid elektronlar juftligi asosida amalga oshganligidir. Oddiy ζ-bog„lar energiyasi elektron tumanlarning bir birini qoplash jadalligi bilan aniqlanadi, ammo ζ-bog„ o„z o„qi atrofida birikkan atomlarning erkin aylanishiga imkon beradi. Buning natijasida elektron tumanlarnng bir birini qoplash jadalligi saqlanadi, buning asnosida bog„lanish energiyasi o„zgarmaydi. Uglerod atomlarini orasidagi i va i+1 bog„lar atrofida aylanishi asosida karbozanjirli polimer makromolekulasining shaklini o„zgarishini ifodalovchi chizma 2.3.1-rasmda keltirilgan. Bunda buralish burchagi qancha katta bo„lsa, makromolekulaning shaklini o„zgartirishi shuncha katta bo„ladi. Uning bir qismini ikkinchi qismiga nisbatan buralishidagi potensial energiyasi (E) yaqin va uzoq tartibli molekulyar ichki ta‟sirlashishlar natijasida o„zgaradi (2.3.2-rasm). Odatda bog„lanish grafigi bir nechta turli balandliklarga ega maksimumlarga ega bo„ladi. Agar zveno 42 bir holatda E1 energiyaga ega bo„lsa, bog„lanish o„qi atrofida buralishi natijasida E2 energiyaga ega bo„ladi. Unda bir holatdan ikkinchi holatga o„tish energiyasi E = E1 – E2 bo„ladi va zanjirning termodinamik muvozanat holatidagi egiluvchanligini ifodalaydi hamda termodinamik egiluvchanlik deb yuritiladi Download 14.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling