3. Ijodkorlik va shaxs: ularning o'zaro bog'liqligi, ta'siri, roli


Download 3.18 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi3.18 Kb.
#1703718
Bog'liq
4- Mavzu Qo\'g\'irchoqlar yasah


Mavzu . Qo‘g‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni va qo‘g‘irchoq yasash usullari
REJA
1.Qo‘g‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-hissiy rivojlanishida qo‘g‘irchoq teatrining roli
3. Ijodkorlik va shaxs: ularning o'zaro bog'liqligi, ta'siri, roli.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘g‘irchoq teatri personajlarining yasashi orqali ularning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda “qo‘g‘irchoq qahramonlarining” ahamiyati katta. O‘zbek san'atining rivojlangan turlaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Qo‘g‘irchoq teatri personajlarini maktabgacha yoshdagi bolalarga yasatish ularning ham ijodiy va ham badiiy salohiyatini oshiradi.
Kichik yoshdagi bolalar bilan o’yinchoqlar, shakl va stol teatridan foydalanib sahnalashtirish faoliyati olib boriladi. Masalan: “SHolg’om” ertagini stol teatrida ko’rsatish mumkin. Bolalar ertak qahramonlarini o’z hohishlariga ko’ra tanlab olib, syujet asosida rol ijro etadilar. Tarbiyachi bolalarga ko’rsatma beradi, mabodo bolalarda qiyinchilik paydo bo’lsa, o’zi boshlab beradi. Stol teatri bolalarni mayda qo’l motorikasini, diqqat va tafakkur jarayonlarini rivojlantiradi.
4- 5 yosh bolalar sahnalashtirish faoliyatini mustaqil bajaradilar. Buning uchun sahna dekoratsiyalari, shirma, qo’g’irchoq va kastyum, niqoblar tayyorlanadi. Bu barcha bolalarga teatr faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. Bolalarda sahnalashtirish faoliyatiga qiziqish asta-sekin shakllanadi.
. Barmoq teatri nutq, diqqat va xotirani rivojlanishiga yordam beradi, fazoviy tasavvurlarni shakllantiradi, chaqqonlik, aniqlik, ifodali so’zlash harakatlar koordinatsiyasi, ishchanlik qobiliyati, miya faoliyatini oshiradi.
Download 3.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling