3. Investitsiya shartnomalari. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari


Download 57.5 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1438960
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-ma\'ruza. Xorijiy investorlar huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari


Ma’ruza-4: Xorijiy investorlar huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari.
2.O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari.
3. Investitsiya shartnomalari.


1. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari.

Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. Bunda ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan. O‘zbekistonda Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishi etib belgilangan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to‘qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog‘i hamda boshqa yo‘nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. Bular Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda chet el investitsiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy-huquqiy, institutsional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi "CHet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib borishning sababi bitta - qaerda imtiyoz, qaerda sharoit bo‘lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo‘lsa, shu yoqqa investitsiya keladi. "CHet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonun yigirma ikkita moddadan iborat bo‘lib, uning o‘ninchi moddasida chet ellik investorlarning huquqlari alohida belgilab qo‘yilgan.





Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling