Maple tizimining parametrli takrorlash operatori.
Maple tizimida parametrli takrorlash operatori quyidagi konstruksiyaga ega:
|for <name>| |from <expr1>| |to <expr2>| |by <expr3> | |while <expr4>|
do od:
Bunda name – siklni boshqarish o’zgaruvchisining nomi, expr1 - boshqarish
o’zgaruvchisining boshlang’ich qiymati, expr2 - boshqarish o’zgaruvchisining oxirgi
qiymati, expr3 – o’zgaruvchining o’zgarish qadami, expr4 – sikl jarayonida
bajariladigan shart (do va od so’zlari orasidagi obyektlar to’plami). Agar <expr2>
bloki yozilmasa, u holda uzgaruvchi +1 qadam bilan (expr1<expr2 bajarilgan holda)
o’zgaradi.
Maple tizimining old shartli takrorlash operatori. Takrorlashni
boshqarish.
Maple tizimida old shartli takrorlash operatori quyidagi konstruksiyaga ega:
while <expr4> do od:
Ba’zan dasturda o’zgaruvchi qiymatini tashlab ketish uchun next (keyingi)
operatori ishlatiladi, masalan:
> for i in [1.2.3.-2.4] do if i= -2 then next else print (i) fi od: - natijada -2
qiymatni ekranga chiqarmaydi:
1
2
3
4
break operatori dasturni bajarilishini vaqtincha tuxtatadi:
> for i in [1.2.3.-2.4] do if i= -2 then break else print (i) fi od: - natijada
quyidagini beradi
1
2
3
bunda o’zgaruvchi i= -2 qiymatni qabul qilganda dastur sikl bajarilish
jarayenini tuxtatdi va uning 4 ga eag bulgan qiymati ekranga chiqmadi.
Quit, done, stop operatorlari ham xozir ishlaydigan dastur ishini tuxtatashi mumkin
(xususan sikl jarayenini), bunda ishlab turgan dastur oynasi (rabocheye okno )xam
yepiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |