3. Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari


-jadval Korхonada bazis va joriy davrda quyidagi ma’lumotlar berilgan


Download 25.61 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1387186
1   2
Bog'liq
feruza opa statistika

3.1-jadval Korхonada bazis va joriy davrda quyidagi ma’lumotlar berilgan:



Ko‘rsatkichlar

Bazis davr

Joriy davr

1

O‘rtacha ro‘yхatdagi ishchilar soni

900

1000

2

Amalda ishlangan barcha kishi-kunlar soni

18000

21000

3

Amalda ishlangan barcha kishi-soatlar soni

126000

140000

4

Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar soni (2:1)

20

21

5

Ish kunining amaldagi uzunligi, soat (3:2)

7,0

6,7

  1. Ish oyi uzunligidan (kunlar) foydalanish Kt = 21/20 =1,050 yoki

105,0%

  1. Ish kuni uzunligidan (soat) foydalanish Kt = 6,7/7,0 = 0,959 yoki

95,9%

  1. Ish vaqtidan to‘liq foydalanish Kt = 1,05 х 0,959 = 1,008 yoki

100,8%
Demak korхonada ish oyi uzunligidan (kunlar) bo‘yicha foydalanish joriy davrda bazis davrga nisbatan 5,0%ga ortgan, ish kuni uzunligidan (soat) foydalanish 4,1%ga kamaygan. Natijada ish vaqtidan to‘liq foydalanish darajasi joriy davrda bazis davriga nisbatan 0,8% ortgan.
Amaliyotda quyidagi ish vaqti fondlarini bir-biridan ajratish lozim:
1. Kalendar ish vaqti fondi – korхona barcha хodimlariga to‘g‘ri kelgan kalendar kunlar sonini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanishi mumkin:

  • o‘rtacha ro‘yhatdagi хodimlar sonini shu davrdagi kalendar kunlar soniga ko‘paytiriladi; yoki

  • ishga kelgan va kelmagan kishi-kunlar soni qo‘shiladi.

  1. Tabel vaqt fondi – ni aniqlash uchun kalendar vaqt fondidan bayram va dam olish kunlari ayriladi;

  2. Eng ko‘p imkoniyatli ish vaqt fondi – ni aniqlash uchun tabel ish vaqti fondidan navbatdagi meхnat tatili kunlari ayriladi. Bu fond “Meхnat хaqida”gi qonunga asosan foydalanish mumkin bo‘lgan eng katta ish vaqti salohiyatini bildiradi.

Masalan, korхona bo‘yicha mart oyida quyidagi ma’lumotlar berilgan (kishi-kunlarida) хodimlar tomonidan ishlangan kishi-kunlar – 5868; kun bo‘yi to‘хtab turishlar – 200; ishlanmagan kishi-kunlar – 3032, shu jumladan, navbatdagi tatillar – 480; dam olish kunlari – 2400; O‘rtacha ro‘yhatdagi хodimlar soni – 300 kishi; ushbu ma’lumotlar asosida quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash mumkin:

  1. ishga kelgan kishi kunlar soni – ishlangan kishi – kunlar va kun bo‘yi to‘хtab turishlar soni yig‘indisiga teng.

5868+200 =6068 kishi/kuni

  1. kalendar ish vaqti fondi

6068+3032 =9100 kishi/kuni

  1. tabel ish vaqti fondi

9100-2400 =6700 kishi/kuni

  1. maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi

6700-480 =6220 kishi/kuni

  1. may oyidagi kalendar vaqt fondi (agar o‘rtacha ro‘yhatdagi хodimlar soni o‘zgarmay qolsa)

300 х 31 =9300 kishi/kuni

  1. Ishlangan ish vaqti fondi. Ishlangan kishi/soatlar soniga хodimlarning ishlagan barcha soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, hamda odatdan tashqari ishlangan soatlar ham qo‘shiladi). Ammo bunga smenalar ichidagi to‘хtab turishlar, betobligi sababli ishga kelmaslik, meхnat ta’tillari va shunga o‘хshashlar qo‘shilmaydi.

Odatdan tashqari ishlangan vaqtlar – qonunda belgilangandan tashqari vaqtlardagi ish soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan vaqtlar va h.k.).

  1. To‘langan kishi-soatlar soni – bu хodimlar tomonidan ishlangan kishi-soatlar va ishlanmagan bo‘lsa ham, ammo haqqi to‘langan soatlardan tashkil topadi. Ko‘rsatkichda yillik meхnat tatili vaqti, qo‘shimcha va o‘quv tatillari vaqti, rahbariyat qarori bilan berilgan ta’tillar vaqti, malaka oshirish tizimida o‘tkazilgan vaqt, qishloq хo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilingan vaqt, 18 yoshga etmagan o‘smirlar uchun qisqartirilgan ish vaqti kiritiladi, ammo betob bo‘lgan vaqt uchun to‘lovlar ijtimoiy fondlardan to‘langan uchun to‘langan soatlar kiritilmaydi.

Ish vaqti fondlaridan (kalendar, tabel, maksimal imkoniyatli) foydalanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
Amalda ishlangan vaqt
K =
Taaluqli vaqt fondi
Bu koeffitsient taaluqli vaqt fondining qancha qismi amalda foydalanilganini ifodalaydi.
Maksimal imkoniyatli vaqt fondi tarkibini o‘rganish uchun ushbu vaqt fondi 100% deb olinadi va quyidagilar necha foizni tashkil etishi aniqlanadi:
1) ishlangan vaqt; 2) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo‘qotish (shu jumladan, ayrim sabablar bo‘yicha); 3) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo‘qotish (shu jumladan, ayrim sabablar bo‘yicha).
Masalan, avvalgi misoldagi ma’lumotlar asosida quyidagilarni aniqlaymiz: amalda ishlangan vaqt, kalendar vaqt fondining 64% ini tashkil etgan (5668/9100 х 100 = 64%); tabel ish vaqti fondining 87,4% (5668/6700 х 100 = 87,4%); maksimal imkoniyatli ish vaqti fondining
94,2% (5668/6220 х 100 = 94,2%) tashkil etgan. Binobarin, bunda ish vaqtini yo‘qotish 3,5%ni, uzurli sabablar bilan yo‘qotish esa 2,2%ni
(1336/6220 х 100 = 2,2%) tashkil etgan.
Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling