3. Ishchi loyihalar turlari va ularni klassifikatsiyalash Ishchi loyihaning vazifalari va mazmuni


Ishchi loyihalashning ob’ektlari va bosqichlari


Download 21.07 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi21.07 Kb.
#1165318
1   2   3
Bog'liq
26-МАЪРУЗА -МАТНИ

Ishchi loyihalashning ob’ektlari va bosqichlari

Yer tuzishda ishchi loyihalashning ob’ekti sifatida, odatda, hududida u yoki bu tadbirni o’tkazish belgilangan aniq xo’jalik uchastkasi, kontur, yer turi xizmat qiladi. Eng katta samaraga ishchi loyiha ob’ekti sifatida daraxtzorlar va yer massivi, almashlab ekish, dala, yaxshilanishi kerak bo’lgan yaylov va pichanzor uchastkasi va sh.o’. xizmat qilgan vaziyatlarda erishiladi.
Ishchi loyihalarni ishlash amaliyotida loyihalash ob’ektlari ko’proq hududning injenerlik jihozlanishini ta’minlaydigan xo’jalikning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratizimi elementlari bo’ladi. Ularga, birinchi navbatda, xo’jalikdagi ichki yo’llar, asosiy poda yo’llari, dala shiyponlari, ihota va boshqa turlardagi himoya o’rmon polosalari, eroziyaga qarshi inshootlar va melioratsiya tarmog’i elementlari kiradi.
Ishchi loyihani ishlash amalga oshiriladi:
bir bosqichda, texnik jixatdan murakkab bo’lmagan, bajarilish muddati ikki yildan oshmaydigan tadbirlar uchun, bajariladigan ishlarning to’la hajmi qiymatining yig’ma smeta hisob-kitoblari bilan;
ikki bosqichda - oldin yer tuzish loyihasi qiymatining yig’ma smeta hisob-kitobi bilan, keyin murakkab ob’ektlar va tadbirlar uchun smetalar bilan ishchi hujjatlar.
Loyihaning bosqichliligi ishlar turlari va hajmidan, ishlanayotgan tadbirlarning murakkabligidan hamda ularni bajarish muddatlarining me’yoriy uzunligidan, pudratchi tashkilotlarning quvvatidan va ularning belgilangan tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish bo’yicha imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
Bir bosqichli ishchi loyiha, odatda, oldin tuzilgan yer tuzish loyihasida belgilangan tadbirlarga hamda bajarish zarurati yer tuzish loyihasini amalga oshirish jarayonida (yoki keyinroq) aniqlangan, uni sezilarli tuzatishni yoki qayta ishlashni talab etmaydigan tadbirlar uchun tuziladi. Ularga masalan, suvlarni to’xtatuvchi tuproq ko’tarmalarini qurish, jarliklarni yassilashtirish, tikroq qiyaliklarni terrasalash va boshq. kiradi.
Ikki bosqichli loyihalashda, avvaliga, yer tuzish loyihasi butun ob’ektga yoki navbatlarga bo’lingan, ish hajmiga ishlanadi. Keyin yer tuzish loyihasida amalga oshirilishi belgilangan tadbirlar va ob’ektlarga ularni bajarishning har ikki yiliga navbat bo’yicha ishchi hujjatlar tuziladi. Birinchi navbatning ishchi hujjatlari yer tuzish loyihasi tarkibiga kiritiladi. Joriy navbatni bajarish jarayonida yer tuzishning keyingi navbatiga ishchi hujjatlar tuziladi va sh.o’. Masalan, xo’jalikda ichki yer tuzishning kompleks loyihalarida mollarni boqish, daraxtlarni ekish uchun doimiy sug’oriladigan uchastkalar ajratiladi, ihota daraxtlari polosalari va boshq. loyihalanadi. Bu uchastkalarning keyingi ichki tuzilishi, ulardan foydalanish texnologiyalari va ularni tashkil etish, buning uchun zarur mexanizmlar va inshootlar, aniq smeta hisob-kitoblariga ega maxsus ishchi loyihalarda aks ettiriladi. Maxsus ishchi loyhalar zarurat tug’ilganda moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olib tuziladi.

Download 21.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling