3. Ishlab chiqarishning mikro va makro darajasi. Makroiqtisodiyot


Download 370.26 Kb.
Sana29.12.2022
Hajmi370.26 Kb.
#1072413
Bog'liq
Ishlab chiqarishning mikro va makro darajasi


3.Ishlab chiqarishning mikro va makro darajasi.
Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan.
Mikroiqtisodiyot (grekcha: μικρός — „kichik“) — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.
Jahon statistikada uy xoʻjaliklariga birgalikda yashovchi kishilar guruhlari yuritadigan umumiy xoʻjalik sifatida qaraladi. Odatda, bunday xoʻjalik oila, yaʼni erkak va ayol nikohiga yoki qonqarindoshlikka asoslangan kichik guruhdir. Uy xoʻjaligi vazifalariga: 1) ishlab chiqarish omillarini (masalan, ishchi kuchini) sotishdan va mol-mulkdan (uy-joy va yerdan ijara haqi, bankka qoʻyilgan pul foizi, aksiya daromadi) daromad olish; 2) uy xoʻjaligini yuritish (yordamchi qishloq xoʻjaligida ishlash, isteʼmol mollari va xizmatlarni harid qilish, oziq-ovqat mahsulotlarni uyda tayyorlash, moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish); 3) bolalarni tarbiyalash; 4) „tashqi“ iqtisodiy aloqalar (davlatga soliq toʻlash, transfert toʻlovlar olish, xorij bilan iqtisodiy aloqalar, shu jumladan, xorijdan pul joʻnatmalari, posilkalar olish) kiradi. Mikroiqtisodiyot oʻrganadigan yana bir manba tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik tashkilotlari — korxonalardir. Bunday tashkilotlar jismoniy va yuridik shaxslar (firmalar) egaligida boʻlishi mumkin.
Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar sirasiga isteʼmolchilar, xodimlar, kapital qoʻyuvchilar, yer egalari, firmalar, umuman, amalda iqtisodiyotning faoliyat koʻrsatishida muhim rol oʻynaydigan har qanday tadbirkor kiradi. Mikroiqtisodiyot quyi boʻgʻinlarda iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun qabul qilinishini, masalan, isteʼmolchilar tovarni harid qilish toʻgʻrisida qarorni qay tarzda qabul qilishini va ularning tanloviga narxnavo va daromadlar oʻzgarishlari qanday taʼsir koʻrsatishini; firmalar ish oʻrinlari sonini qanday rejalashtirishi; xodimlar qayerda va qancha ishlashni qanday hal etishini izohlab beradi.
M ikroiqtisodiyotning muhim jihati — xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yirikroq tuzilmalar — bozorlar paydo boʻlishi jarayonidagi oʻzaro munosabatlaridir. Mikroiqtisodiyot ayrim sanoat tarmoqlarining tarixiy taraqqiyoti va milliy iqtisodiyotning shakllanishi mantigʻini tushunishga yordam beradi. U ayrim tovarlarga narxnavo qanday belgilanishini, yangi zavodlar qurilishida muayyan sohani va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qanday mablagʻlar ajratilishini va nima uchun investitsiya qilinishini, har yili aniq qancha tovarlar ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot yakka tovar ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar faoliyatini oʻrganar ekan, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlayotgani va rivojlanayotganini, ularning faoliyatiga hukumat siyosati mamlakatlardagi iqtisodiy sharoitlar qanday taʼsir etayotganini ochib beradi.
Download 370.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling