3-joriy nazorat savollari Temuriylar davrida ijod etgan xattotlar haqida ma’lumot yozish
Download 105.5 Kb.
|
3-joriy nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- D arvesh muhammad toqiy
- Mir ali tabriziy
- 2.Ulug’bek akademiyasining faoliyatini yoritish.
- Ulug‘bek maktabining shakllanishi
3-joriy nazorat savollari Temuriylar davrida ijod etgan xattotlar haqida ma’lumot yozish Sultonali Mashhadiy (1437 Mashhad — 1520) — xattot, shoir, xat nazariyotchisi; nastaʼliq xati rivojiga va keng tarqalishiga ulkan hissa qoʻshgan. "Sulton ulxattotin" ("Xattotlar sultoni") va "Qiblat ulkuttob" ("Kotiblar qiblasi") nomli yuksak unvonlar sohibi. Xattotlikka bolaligidan ishtiyoqi baland boʻlgan. S.M.ning ustozlari — xattot Zahiriddin Azhar va Xoja Hofiz Muhammad. S.M. madrasada taʼlim olgan, soʻng madrasada dars bergan. 1451 yildan Hirotda yashab, Sulton Abu Said (1451—69) va Sulton Husayn (Husayn Boyqaro, 1469—1506)lar xizmatida boʻlgan. Hirotdagi badiiy muhit — sanʼatkorlar davrasi, ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar bilan ijodiy hamkorlik qilish natijasida S.M. ustod sanʼatkor darajasiga koʻtarildi (Navoiyning shaxsiy kutubxonasida kitobat ishlari bilan mashgʻul boʻlgan). Ayniqsa, S.M.ning Navoiy ijodiga munosabati oʻzgacha boʻlib, shoirning aksar asarlarini bir necha nusxalarda koʻchirgan; jumladan, Navoiyning "Ilk devon"ini oʻzi tartib etgan (1465; dastxat nusxasi Rossiya milliy kutubxonasida). Oʻz navbatida ulugʻ shoir ham xattotga chuqur xurmat bilan qaragan, "Majolis unnafois" asarida unga yuqori baho bergan. S.M. Hirot xattotlariga rahbarlik qilgan; yosh musavvir Kamoliddin Behzodga. oʻz farzandidek munosabatda boʻlgan; ularning oʻzaro hamkorligi tufayli yuksak darajadagi sanʼat asarlari—qoʻlyozmalar yuzaga kelgan. Sulton Muhammad Hyp, Sulton Muhammad Xandon, Mir Ali Hiraviy, Muhammad Qosim va boshqa koʻplab xattotlarni tarbiyalagan. Darvesh muhammad toqiy (15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlari, Hirot) — mashhur xattot, nastaʼliq xati ustasi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bilan hamsuhbat boʻlgan, ularning asarlarini chiroyli nastaʼliq xatida koʻchirgan. D.M.T. koʻchirgan qoʻlyozma kitoblar: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Husayn Voiz Koshifiyning "Lubob ul-albob" (Rakami — 2227, 1477 y.da koʻchirilgan), Alisher Navoiyning uchta terma devoni (R—3479, 4007, 7701; 15-asr oxiri — 16-asr boshlari), Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston" (R—3376/1, 15-asr oxiri), Muhammad Tohiriy Gʻazzoliyning "Maʼrifat ul-mazohib" (R—3376, 1502 y.) asarlari; Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi ommaviy kutubxonada Nizomiy Ganjaviyning "Hamsa"si (Dorn 338, 1482 y.), Istanbuldagi Toʻpqopu saroyi kutubxonasida Alisher Navoiyning hayotligida tartib berilgan moʻʼtabar "Kulliyot"i (26 asarni oʻz ichiga olgan, 802 varakdan iborat) rasmli qoʻlyozma kitobi (R-808, 1497—1500 y.lar) saqlanad. Mir ali tabriziy (1330-1405) — xattot, nastaʼliq xatining ixtirochisi (Sultonali Mashhadiyning taʼkidlashicha, M.A.T. bu xatni nasx va taʼliq yozuvlari asosida yaratgan). Amir Temur va Shohrux Mirzo xizmatida boʻlgan. Nastaʼliq xatining qonunqoidalari bayon etilgan risola yaratgan, koʻplab shogirdlar tayyorlagan. U koʻchirgan qoʻlyozmalar, jumladan, Kirmoniyning "Xumoy va Humoyun", "Kamolnoma", "Ravzat al-anvar" dostonlari (1396, Britaniya muzeyida), Saʼdiyning "Kulliyot"i, "Boʻston" asari (1377), Nizomiy va Dehlaviyning "Hamsa"lari (Eron milliy kutubxonsida) va qitʼalar (1donasi Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida) bizgacha yetib kelgan 2.Ulug’bek akademiyasining faoliyatini yoritish. Mirzo Ulug‘bekning Samarqand shahrining Cho‘pon-ota (Ko‘hak) tepaligi yonida barpo etgan rasadxonani qanday qurngani ko‘pchilikni qiziqtiradi, albatta. Quyida shu haqda so‘z yuritamiz. Samarqandda 1420 yilda Ulug‘bek ishtirokida o‘quv yurti tantanali ravishda ochiladi. Madrasada dars berish uchun Ulug‘bek olimlarni taklif qiladi. Tanlov asosida ishga qabul qilinganlar orasida buyuk olimlar – Jamshid al-Koshiy, Qozizoda ar-Rumiy, Ali Qushchi, Muyiniddin al-Koshiy va boshqalar bor edi. Madrasaga asos solingach, to‘rt yildan keyin Mirzo Ulug‘bek olimlar bilan maslahatlashib, Samarqandda Obi-Rahmat arig‘i yaqinida joylashgan Ko‘hak tepaligi yonidan rasadxona binosini qurishga qaror qiladi. Rasadxona binosi qurilishi ishlariga Ulug‘bek rahbarlik qiladi. Binoni uch qavatdan, asosining diametri 42 metr va balandligi 31 metr silindr shaklida qurish rejalashtiriladi. Unga kerakli asboblarni ustalar mohir ustoz-mexanik G‘iyosiddin Jamshid rahbarligida yasaydilar. Ulug‘bek astronomiya-matematika ilmiy maktabi O‘rta Osiyo ilmining an’anasi va shu ilm vakillarining muvaffaqiyatlari asosida vujudga keladi. Ulug‘bek hayotligi vaqtida Samarqandga tashrif buyurgan va rasadxonani ziyorat qilgan tarixchi Abd-ar-Razzoqning yozishicha, rasadxona binosida to‘qqiz osmon nusxasi, yetti doira shakli, yetti sayyora epitsikllari, burchlar xaritalari, graduslarga, minutlarga, sekundlarga bo‘lingan va ular oltmishlik ulushlarini ko‘rsatuvchi asbob, tog‘, dengiz, daryo va vodiylar aks etgan Yer shari globusi bo‘lgan. Ulug‘bek rasadxonasining asosiy asbobi sekstant (ba’zi manbalarda – kvadrant) bo‘lib, u tanlangan joyning meridiani bo‘ylab o‘rnatilgan. Rasadxonadagi asboblar o‘zlarining juda katta o‘lchovlari bilan kishini hayratga solgan. Bu esa kuzatuvlar aniqligini kattalashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Odatda, o‘rta asrlarda, har bir podshoh saroyida munajjimlar bo‘lgan. Munajjimlar astrologik maqsadlarda osmon jismlarini kuzatib, Oy, yulduz va sayyoralarning holatlarini aniq o‘rganish, shularga ko‘ra, saroy a'yonlari, mamlakat hamda podshohlik taqdiri haqida "bashorat" qilish bilan shug‘ullanganlar. Jumladan, Amir Temur saroyida ham Mavlono Ahmad va Mavlono Abdulloh kabi munajjimlar ishlagani tarixiy manbalardan ma'lum. Shulardan saroyda hakimlik ham qilgan Mavlono Ahmad sayyoralarning 200 yillik holatlarini oldindan belgilab, ulardan turli maqsadlarda foydalanish uchun jadvallar tayyorlagan. Binobarin, o‘rta asrlarda munajjimlar uchun sayyoralarning oldindan hisoblangan holatlari bilan kuzatishdan olingan natijalarning mos kelishi juda muhim ahamiyat kasb etgan. Shuni e'tiborga olib, IX-XII asrlarda Sharqda ishga tushirilgan rasadxonalarda olib borilgan kuzatishlarning natijalari asosida tuzilgan jadvallarni yangilashga ehtiyoj tug‘ildi. Bu esa, o‘z navbatida, yangi, aniq samaralar beradigan quvvatli astronomik asboblar bilan jihozlangan rasadxonalar qurilishini taqozo etardi. Natijada Chingizxonning nevarasi Huloguxon saroyining munajjimi taniqli olim Nasiriddin at-Tusiy XIII asrda Ozarboyjonning hozirgi Tabriz(Eron) yaqinidagi Marog‘a shahrida rasadxona qurdirdi. Ko‘pyillik kuzatishlar asosida Tusiy yangi astronomik jadvallar tayyorladi va uni Huloguxonga bag‘ishlab, "Ziji Elxoniy" deb atadi. Biroq, ko‘p o‘tmay, ya'ni XIV asrning oxirlariga kelib Nasiriddin tuzgan jadvallarda keltirilgan ma'lumotlar ham kuzatish natijalaridan sezilarli farq qila boshlagani ma'lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan yanada aniq ma'lumotlar olish imkonini beradigan, oldingilaridan afzalroq va aniqroq astronomik qurilmalarga ega bo‘lgan rasadxona bunyod etish ehtiyoji tug‘ildi. Shularni e'tiborga olib, Ulug‘bekning otasi Shohrux hukmron bo‘lgan mamlakatning Koshon shahrida istiqomat qilayotgan matematik va astronom G‘iyosiddin Jamshid "Ziji Xoqoniy" dar takmil "Ziji Elxoniy" ("Xoqon ziji" - "Ziji Elxoniy"ning takomillashtirilgani) degan mashhur risolasini bitdi. 1413 yili yozib tugallangan bu asar Ulug‘bekning otasi Shohruxga bag‘ishlangan edi. "Xoqon Ziji"ning nazariy qismi va astronomik jadvallari "Ziji Elxoniy"ning bunday qismlaridan biroz farq qilib, yangi ma'lumotlar bilan boyitilgan edi. Biroq mazkur tuzatishlar Quyosh, Oy va sayyoralarning topilgan holatlari aniqligini faqat bir necha yil mobaynidagina ta'minlay olardi, xolos. Quyosh, Oy va sayyoralarning bir necha o‘n yillarga doir holatlarini oldindan aniq topish uchun esa, ularning orbita elementlarini(Quyoshning yillik ko‘rinma yo‘li-ekliptikaga og‘maligini, ularning davrlarini, Oy va planetalarning ekliptikani kesib o‘tish onlarini, ekliptikaning osmon ekvatoriga og‘maligini, kuzatishlar uchun muhim bo‘lgan bahorgi tengkunlik nuqtasining o‘rnini aniq belgilashni va boshqa bir qancha astronomik kattaliklarni) yangidan aniqlash talab etilardi. Bu, o‘z navbatida, Quyosh, Oy va planetalarning koordinatalarini, shu asosda yerda joyning geografik uzunlama va kenglamalarini, Quyosh va Oy tutilishlarining vaqtlarini, astrologik tole'nomalar tuzish uchun Oy va sayyoralarning o‘zaro yaqinlashish va "qo‘shilish" paytlarini, yulduz yili va tropik yil uzunliklarini, yil fasllarini aniq belgilash uchun juda muhim hisoblanardi. Aynan shu masalalarni hal qilish uchun kuzatishlar va o‘lchashlarga imkon beradigan aniqlik darajasi yuqori astronomik asbobni ishga tushirish, ya'ni yangi rasadxona qurish astronomlar uchun dolzarb muammo edi. Shohrux mamlakati hududida yangi rasadxona qurish niyati o‘sha paytlari matematika va astronomiya sohasida bir necha e'tiborli asar yozib tanilgan koshonlik G‘iyosiddin Jamshid Koshiyni anchadan buyon o‘rtab kelardi. Shu boisdan Koshiy Shohruxga bo‘lgan hurmatini unga bag‘ishlab bitgan "Zij"i orqali izhor etish bilan chegaralanmay, unga yangi rasadxona qurish rejasi borligini ham bildirgan deb taxmin qilinadi. Biroq Amir Temur vafoti munosabati bilan uning avlodlari orasida taxt uchun ixtiloflarning boshlanib ketishi, jumladan, 1415 yili Koshon va uning atrof viloyatlarining voliysi Said Vaqqos Shohruxga qarshi ko‘targan qo‘zg‘olon unga bunday xayrli ishlarni boshlashga xalal berdi. Temur farmoni bilan 1399 yili Umarshayx o‘rniga Farg‘onaga hokim etib tayinlangan uning o‘g‘li Iskandar(Shohruxning eng katta jiyani), Said Vaqqosning Ozarboyjon tomon yurishidan foydalanib, Jamshid Koshiyning vatani Koshonga bostirib kirib, uni zabt etadi. Endi Iskandar hukmronlik qilayotgan yurtda qolgan Jamshid Koshiy 1415 yilning qishida rasadxona qurish rejasi bilan Iskandarga murojaat qiladi. Iskandarning roziligini olgach, akademik Bartoldning aniqlashicha, 1416 yilning yanvarida Koshiy rasadxonani jihozlash uchun zarur bo‘lgan astronomik asboblarning bayoni aks etgan "Astronomik asboblarga sharh" ("Risolai dar sharhi olati rasad") risolasini yozib Iskandarga taqdim etadi va bu bilan uning oldiga yangi rasadxona qurish haqidagi taklifni qo‘yadi. Biroq Iskandarning bevaqt vafoti sabab bo‘lib, Koshiyning rejasi bu daf'a ham amalga oshmay qoladi. Fors tilida bitilgan mazkur asar 1918 yili Petrogradda bosilgan akademik V.Bartoldning "Ulug‘bek va uning davri" asariga ilova qilingan edi. 1940-yillar boshida Koshiyning eslatilgan risolasi sharqshunos, astronom olim G‘. Jalolov tomonidan birinchi marta tarjima qilinganda rasadxona uchun taklif etilayotgan asboblarning beshinchisi X asrda hamyurtimiz - astronom Abu Mahmud Hamid ibn Xidr al-Xo‘jandiy tomonidan ixtiro qilinib, Eronning Ray shahri yaqinidagi Taborak tog‘i etagida qurilgan va "sudsi Faxriy" deb nom olgan katta kuzatish asbobi bo‘lganligi aniqlandi ("Suds"- arabcha oltidan bir, ya'ni aylana yoyining 1/6 qismi - sekstant degani). O‘sha davrda Xo‘jandiyning rasadxonasi Faxr ud-davla saltanati hududida bo‘lib, uning rahnamoligida qurilganidan asbobga "Sudsi Faxriy" deb nom berilgan.
Astronom G‘.Jalolovning fikricha, Koshiy Iskandar o‘limidan keyin, ya'ni 1416 yilning yozidayoq Ulug‘bek tomonidan Samarqandga taklif etilgan. Sharqshunos olimlar B.Rozenfeld bilan G.Matvievskaya esa, Koshiy Samarqandga 1417 yili kelgan deb uqtirishadi. Nima bo‘lganda ham, Koshiy Samarqandga kelgach, bu yerda rasadxona qurdirish niyati borligini Ulug‘bekka bildirib, unga rasadxona qurilishi uchun mo‘ljallangan va yuqorida eslatilgan "Astronomik asboblarga sharh" risolasini topshiradi. Bunday iltimosning sababini tarixchi Solih Zakiy shunday bayon qiladi: "Ulug‘bek "Ziji Elxoniy"da keltirilgan ma'lumotlar eng so‘nggi kuzatishlar natijalari bilan mos kelmasligini G‘iyosiddin Jamshiddan ko‘p marta eshitganini ta'kidlaydi...". Oqibatda matematika va astronomiyadan katta bilimga ega bo‘lgan Ulug‘bek rasadxona qurilishiga rozilik beradi. Shu munosabat bilan Ulug‘bek ko‘p olimlarni to‘plab, 1417 yili rasadxonani qurishga bag‘ishlangan majlis ham chaqirgan. Rasadxona qurilishi bo‘yicha Ulug‘bekning zamondoshi tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy bu majlis haqida shunday yozadi: "Majlis bo‘lajak rasadxonani shunday qurish kerakki, oqibatda u vaqt o‘tishi bilan tebranmasin, siljimasin, uzoq yillar abadiy tursin. Buning(rasadxona qurish) uchun (yig‘ilish) Samarqandning Shimoli-Sharqidan ma'qul joy ko‘rsatdi. Uni qurish yakunlangunga qadar quyidagilar bajarilsin: rasadxona bo‘lajak xodimlarining bilimlari takomillashtirilsin, qo‘shimcha jadvallar tuzilsin va zarur (kuzatish) asboblarning uzvlari tayyorlansin...". Baxtga qarshi, Ulug‘bek rasadxonasining qurilgan vaqti haqida tarixiy manbalardan aniq, hozirgacha uchraydigan bahslarga nuqta qo‘yadigan ma'lumot hali-hanuz topilgani yo‘q. V.Bartold "Ulug‘bek va uning davri" asarida 1420 yil voqealari haqida tarixchi Abdurazzoq aytganlaridan xulosa qilib, madrasa va observatoriyaning qurilish ishlari 1420 yili yakunlangan degan fikrga keladi. Arxeolog V.Shishkin rasadxona qoldiqlarini qazish paytida uning janub tomonidan topilgan uchta tanga haqida gapirib, ulardan ikkitasining chetida 823 hijriy yil(melod bo‘yicha 1420 yil) degan yozuv bo‘lganini ma'lum qiladi. Mirxondning "Ravzat us-safo"da yozishicha, rasadxona binosi jadal sur'atlar bilan qurilganini inobatga olinsa, u 1420 yoxud 1421 yili qurilganligi ayon bo‘ladi. Solih Zakiyning "Osor al-Boqiya" asarida "Ulug‘bek 824 hijriy yili(ya'ni 1420 yili) qurilgan rasadxonaga G‘iyosiddin Jamshid va Qozizoda Rumiyni yetakchi shaxslar etib tayinladi", - deb yozadi. "Ziji Guragoniy"ning so‘zboshisida: "Biz yoritg‘ichlarni kuzatish masalasini hal qildik. Ularni Qozizoda Rumiy va G‘iyosiddin Jamshid hamkorligida bajardik... Bunda muhim ish("Zij")ni yozish va rasmiylashtirishning (G‘.Jalolov forscha "soxta va pardoxta" so‘zlarini shunday tarjima qilib, unga bir necha misollar keltiradi) boshida G‘iyosiddin, keyinroq Qozizoda Rumiy vafot etdi. Shundan so‘ng ishni oxirigacha rasmiylashtirish (Ulug‘bekning) qimmatli o‘g‘ilxoni Ali ibn Muhammad Qushchi bilan birgalikda amalga oshirildi". Download 105.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling