3-kurs 0820-guruh talabasi móminova madinaning ekologiya fanidan mustaqil ish slaydi


Download 1.08 Mb.
Sana07.01.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1082773
Bog'liq
EKOLOGIYA


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “AVTOMOBILSOZLIK ” FAKULTETI BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI YO`NALISHI
3-KURS 0820-GURUH TALABASI
MÓMINOVA MADINANING
EKOLOGIYA FANIDAN
MUSTAQIL ISH SLAYDI
MAVZU: Gidrosfera suvdan foydalanish muammolari
Gidrosfera (qadimgi yunoncha: ὕδωρ (húdōr) — „suv“, and σφαῖρα (sphaîra) — „shar“ Yer kurrasidagi barcha suv — okean va dengizlar, daryo, koʻllar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmui. Koʻpincha, gidrosfera deganda okean va daryolar tushuniladi, lekin bu — xato. Gidrosferaning umumiy hajmi 1 491 049 ming km3.
Gidrosfera Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi — Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 million km2) ning 361 million km2 ni, yoki 71% ni gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6% chasini egallab turadi. Yer kurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 million km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4% ini, quruqlik maydonining 14% ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8%, vodorod — 10,8%, xlor va natriy — 2,95%. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rin tutadigan viloyatda 227 ming 800 gektardan ziyod sug‘oriladigan maydonning 104 ming gektarida g‘alla, 82 ming 900 gektarida paxta, 14 ming 170 gektarida poliz va savbzavot, qariyb 17 ming 600 gektaridachorva ozuqasi, 9 ming 200 gektardan ortiq yerda dukkakli va moyli ekinlar yetishtirilmoqda.
Ayni paytda viloyatda mavjud suv manbalaridan samarali foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini belgilangan miqdorda yetishtirish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilayotir. Birinchi navbatda mavjud maydonlardagi g‘o‘zani qondirib sug‘orishga alohida e’tibor qaratilayotir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ishchi guruhi Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarida “G‘o‘zada kafolatli hosil yaratish zarbdor oyligi”, ya’ni 1 iyundan 1 iyulgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Fermerlar, suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaxassislari bilan uchrashuvlarda ajratilgan suvdan unumli foydanish bo‘yicha bajarilayotgan qo‘shimcha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish va mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar davomida ayrim hududlarda suv nasosi va beton ariqlarda yuzaga kelgan ayrim muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari tegishli tashkilotlar mutasaddilari bilan muhokama qilindi. O‘ganishlar natijasiga ko‘ra, sug‘orish nasoslari xarid qilish uchun byudjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.
– Agrar sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor bu yilgi suv tanqisligini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Eshmatov. – Irrigatsiya tizimlarida ta’mirlash, yangi lotoklar olish, ayniqsa, g‘o‘za sug‘orishda egiluvchan quvurlardan foydalanishga mablag‘ ajratilishi dehqonlarimizga katta ko‘mak bo‘layotir. Ushbu amaliy yordamlar qiyinchiliklarni yengib, mo‘ljaldagi hosilni yetishtirishga imkon yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gidrosfera
https://kknews.uz/oz/19292.html
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling