3-kurs smmt-81 guruh talabasi Salimov Dostonjon Bobojon o‘g‘lining


-mavzu. Hududiy moliya organlarining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini o‘rganish


Download 251.43 Kb.
bet4/9
Sana27.02.2023
Hajmi251.43 Kb.
#1235048
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Salimov Doston SMMT-81 3-курс amaliyot

1-mavzu. Hududiy moliya organlarining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini o‘rganish
Moliya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, Shahar byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o‘ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarni ta’minlaydi.
Moliya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Moliya bo‘limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag‘larni ishlatishni ta’minlaydi.
2. Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqiyosining moddiy va madaniy o‘stirish bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag‘ bilan ta’minlashga moliyaviy mablag‘ yo‘llaydi.
3. Shahar byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.
4. Shahar hududidagi birlashmalar, korxona va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini taminlaydi.
5. Iqtisodiyot hamda ijtimoiy-madaniy sohalarni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydi, Shaharning tijorat, ijtimoiy va ishlab-chiqarish taraqqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi.
Moliya bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ko‘rsatmalariga binoan xo‘jaliklarning moliyaviy – byudjet rejasi hamda moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlashini metodik ravishda bajaradi: moddiy va pul mablag‘larining safarbar qilinishini aniqlash, iqtisod rejasini ta’minlash maqsadida Shahar maxalliy xo‘jaliklari sohalarining iqtisodiy va moliyaviy ahvolini o‘rganadi.
Shuningdek, Shahar hokimligi, belgilagani bo’yicha kelasi yil Shahar byudjeti loyixasining tuzish ishlarini tashkil qiladi,Shahar byudjetining daromad va xarajatlari to‘g‘risida takliflar kiritadi, o‘zi moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydigan Shahar Hokimligi bo‘lim va boshqarmalarning maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va Shahar byudjetidagi boshqa tadbirlar uchun belgilangan mablag‘larning jamlangan smeta loyihasini hamda Shahar Hokimi Mahkamasi, shuningdek uning bo‘lim va boshqarmalarining mablag‘ bilan ta’minlovchi harajatlar smetasini ko‘rib chiqadi.
Moliya bo‘limi Shahar byudjetining ijrosini tashkil qiladi, byudjetining daromad va xarajat qismlarini bo’linmalarga bo‘ladi, Shahar byudjetining ijrosini bajaradi, Shahar byudjetining daromad qismi uchun nazarda tutilgan mablag‘ tushishini ta’minlashini, byudjet mablag’larini maqsadli ishlatilishining iqtisodchi va ishlab chiqarish hamda moliyaviy rejalar bajarilishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi, byudjetining ijrosi masalalari bo‘yicha takliflarni Shahar Hokimligiga olib chiqadi. Shahar Hokimi Mahkamasining boshqarma va bo‘limlari smeta xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi, Shahar byudjeti ijrosi bo‘yicha hisobot tuzadi hamda viloyat Moliya boshqarmasiga taqdim etadi.
Shahar Hokimi Mahkamasi bo‘limlari va boshqarmalarining hisob-kitob hisobotlari hamda mezonlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek byudjet hisobidan moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlanadigan Shahar tasarrufidagi ayrim tashkilotlar va korxonalarning hisob-kitob xisobotlari va mezonlarini ko‘rib chiqadi hamda byudjetdan ajratilgan moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar bajarilishini tekshiradi, Shahar Hokimi Mahkamasi bo‘limlari moliyaviy xo‘jalik faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartiraf etish talablarini qo‘yadi, zarur hollarda Shahar Hokimi boshqarma va bo‘limlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlari yuzasidan Shahar Hokimiga axborot beradi, noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi, mablag‘larni samarali sarflanishi yuzasidan takliflar kiritadi.

Download 251.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling