3-kurs talabasi Umarova Pardaxolning,,Texnologiya fanini o`qitishda innavatsion pedagogik texnologiyalar`` fanidan oraliq nazorati. Termiz-2020
Download 17.5 Kb.
|
0raliq nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Rolli o`yinlari va ularni tashkil etish 2.,,Texnologiya`` fanini o`qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar faninig boshqa fanlar bilan bog`liqligi
- O‘quvchilarga sabzavot va mevalar haqida ma’lumot berishda rolli o‘yinlar usulidan foydalanish.
- “ Texnologiya ” fan ini o‘qitishda innovatsion pedagogik texno - logiyalar ” fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
- Pedagogik texnologiya tamoyillari.
- Pedagogik texnologiya mezonlari.
- Tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar .
Termiz Davlat Universiteti Maxsus sirtqi bo`lim Mexnat ta`limi yo`nalishi 3-kurs talabasi Umarova Pardaxolning ,,Texnologiya fanini o`qitishda innavatsion pedagogik texnologiyalar`` fanidan oraliq nazorati. Termiz-2020 21-variant 1.Rolli o`yinlari va ularni tashkil etish 2.,,Texnologiya`` fanini o`qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar faninig boshqa fanlar bilan bog`liqligi 3.Tarbiya jarayonida qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar 1. Rolli o‘yinlar va ularni tashkil etish. Rolli o‘yinlar keng tarqalgan o‘yin metodlaridan bo‘lib, ular mohiyati jihatdan ma’lum obrazlarga kirish, o‘sha obrazlarga xos xususiyatlarni o‘z boshidan keshirishni taqozo etadi. Nemis olimi Margaret Forverg ularda dramatizatsiya elementi borligini, bu shaxsda o‘zida mavjud bo‘lgan va o‘zgalardagi begona obrazlarni tuzatish – korreksiya qilish samarasidir, deb ta’kidlangan. O‘yin ishtirokchisining o‘sha vaziyatni hissiy o‘z boshidan kechira olishi katta ahamiyatga ega. Rolga kirishishning quyidagi talablari mavjud: kitob tilida gapirmaslik; muloqotning barcha qoidalari va sirlaridan foydalanish; ovoz xususiyatlariga muntazam e’tibor berish; mimika, pantomimika elementlarini keng qo‘llash; har bir holat va turishni jonlantirish, ma’lum darajada yumor hissi, hazil-mutoyibaning mavjudligi. Rolli o‘yinlarda o‘quvchi eng avvalo ishtirokchi shaxs sifatida o‘zligini namoyon qila boshlaydi. Rolli o‘yinlar o‘z-o‘zini namoyon qilish va shu orqali bolalar xulqini tuzatishga imkon berish xususiyatiga o‘z vaqtida amerikalik olim Jon Moreno o‘zining psixodramatik texnikasida e’tibor qaratgan edi. Texnikaning mohiyati shundayki, o‘quvchi shaxsdagi ichki ziddiyatlarni o‘ziga o‘xshash shaxslarda bo‘lgan hayotiy vazifalarni o‘ynash orqali to‘laroq va aniq anglaydi. Rolli o‘yinlarning ijtimoiy psixologik ahamiyati ham ana shu narsaga bog‘liq. Shuning uchun ham san’atkor, dramatik aktyorlar o‘z mahoratini takomillashtirishda shunday psixotahlil usulidan keng foydalanadilar, zero o‘zini anglamaguncha o‘zga bo‘lolmaydi va aksincha o‘zga bo‘lish san’ati – o‘zligini anglamoqdir. Ushbu tamoyillarni hisobga olgan holda Moreno keyinchalik “guruhli psixoterapiya” usulini rivojlantiradi. Unda ham individning guruh hayotiga kirib borishi, guruh ta’siriga beriluvchanligi o‘z holatlarini va o‘zgalar ruhiy kechinmalarini bevosita his qilish orqali ro‘y berishiga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir o‘yin bir necha daqiqadan tortib, 1-2 soatgacha davom etishi mumkin va unda ikki kishidan o‘n kishigacha ishtirok etadi. O‘yin jarayoni quyidagicha: avval tipik ijtimoiy psixologik vaziyat modellashtiriladi. Masalan, maktab hayotidan bo‘lsa, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, o‘quv ishlarini boshqaruvchi va hokazolar personaj sifatida har birining mavqei aniqlanib, muammo mohiyati tushuntiriladi. Barcha trening a’zolari vaziyat bilan tanishib chiqadilar va vaziyatdan chiqishning maqsadga muvofiq yo‘llarini qidiradilar. Bunda ishtirokchilarni shaxslararo o‘zaro munosabatlariga e’tibor berib, unga o‘rgatiladi. O‘yin boshida boshlovchi har bir ishtirokchiga uning shaxsiy istagi va xususiyatini hisobga olgan holda personajlarni bo‘lib chiqadi, keyin ularni almashtirish mumkin. Rolli o‘yinlar orqali katta auditoriyalarda tinglovchilar o‘rtasida nutq so‘zlash, turli ishlab chiqarish vaziyatlari yoki yig‘ilishlarda nizoli vaziyatning oldini olish malakasini ham shakllantirish mumkin. Ma’lumki, ijtimoiy malakani hosil qilish uchun trening qatnashchisi bir necha o‘yinda ishtirok etishi zarur. Rolli o‘yinlarni tashkil etishda boshlovchiing roli muhimdir. Uning asosiy vazifasi har bir ishtirokchini unga xos bo‘lgan hissiyotlar bilan o‘yga berilib ketishiga imkoniyat yaratishdir. Bu o‘rinda ijtimoiy psixologiyada farq qilinadigan uch asosiy rolning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tishimiz kerak. Ijtimoiy hayotdagi farq qilinadigan uchta asosiy rolning o‘rni haqida to‘xtalish kerak. Ijtimoiy hayotdagi ijtimoiy psixologik rollar, asosan, quyidagilardir. Kattaning roli – u doimo yo‘l ko‘rsatuvchi, aql sohibi, u adash-maydi, chunki uning hayotdagi maqsadlari aniq, ravshan, uning taklif va fikrlari,odatda, boshqalar tomonidan e’tirozga uchramaydi. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, hayotga katta yoshdagi kishi sifatida emas, balki shaxsiy tajribaga, hayotga individual munosabatdagi kishi bo‘lishga bog‘liq. Shuning uchun ham o‘quvchi o‘zini “kattadek” his qilishi mumkin. “Ota-onaning” roli ham mavqei va ishlab chiqarish mohiyati nuqtai nazaridan kattaga o‘xshaydi, lekin undan ko‘proq nasihatgo‘ylik sifatlari, mehribonlik, doimiy g‘amxo‘rlik qilish fazilatlari bilan uyg‘unlashib ketadi. “Kichikning roli” – bu rolning mohiyati shundaki, odam doimo o‘zgalar pand-nasihati va ko‘rsatmalariga muhtoj bo‘lib, uni doimo boshqarib turishi kerak. Bilim saviyasi yoki yoshidan qat’iy nazar “kichik” doimo o‘zgalar harakatiga taqlid qilish, tez, asossiz xulosalar chiqarish, mantiqsizlikka yo‘l qo‘yish xislatlariga ega. Bulardan tashqari, mehnat ta’limi darslarida qo‘llaniladigan rolli o‘yinlarda “Jonsiz predmetlar” roli ham mavjudki, o‘quvchilar bu rollarni ijro etish orqali go‘yo ularni “jonlantirganday” bo‘ladilar. Ya’ni shu rol orqali tavsif etilayotgan voqea-hodisalarni, buyum yoki narsalarni “o‘z tilidan” bayon qilish orqali ularning ichki tuzilishi, ahamiyati, afzallik va kamchiliklarini xuddi tirik odamlarnikidek ochib beradilar. Bunda o‘sha jarayon, voqea-hodisalar va narsalarning mohiyatini, avvalo, rol ijrochisi bo‘lgan o‘quvchi va uning mahoratiga ko‘ra boshqa o‘quvchilar puxta tushunib yetadi. Albatta, rolli o‘yinlarni tashkil etishda bir qator qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Bularga o‘quvchilarga mos senariy tuzish, rollarga mos kiyim va boshqa jihozlarni topish, o‘quvchilar nutqini va ruhiy holatini boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Xulosa qilib aytganda, turli xil o‘yinlardan foydalanish orqali o‘quvchilarni mavzuni mustahkam o‘zlashtirishlariga erishish mumkin. Chunki, o‘yinlar orqali bajariladigan ishlar bolalarning xulq-atvoriga yaqin bo‘ladi. Odatda, ta’lim-tarbiya sohasida qo‘llaniladigan o‘yinlar umumiy nom bilan didaktik o‘yinlar deyiladi. Quyida mehnat ta’limining servis xizmati yo‘nalishiga oid bir mavzuni o‘rganish bo‘yicha rolli o‘yin darsi tafsilotini havola qilamiz.
2. “Texnologiya” fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texno-logiyalar” fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. “Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar” kursini o‘rganish pedagogika nazariyasi va tarixi, mehnat ta’limini o‘qitish metodikasi, pedagogik mahorat, psixologiya, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa, mantiq, etika, ma’naviyat, O‘zbekiston tarixi, yosh fiziologiyasi va gigiyenasi kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda olib boriladi. Pedagogik texnologiya tamoyillari. Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya fanni rivojlantiruvchi tamoyillarga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga yo‘naltirilmog‘i lozim. Pedagogik texnologiya nazariyasining markazida ta’lim jarayonining rahbari, ayni vaqtda, ushbu jarayonning ham subyekti, ham obyekti bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchilar turadilar. Shunday ekan, ushbu subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, o‘zaro muloqot, ularning bir-birlariga nisbatan ko‘rsatadigan aks ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bera olishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi, eng avvalo, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan qo‘yiluvchi talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari, o‘quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar, u bilan hamkorlik qilish, uni o‘qish va o‘rganishga yo‘naltirish, o‘quvchi shaxsi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va kelishmovchiliklarni birgalikda bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik muhitini hosil qilish, o‘quvchi faoliyatini aniq va to‘g‘ri baholashga imkon beruvchi metodlar bilan qurollangan bo‘lishi lozim. Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jarayon borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishimizga imkon yaratadi. Shu bois biz quyida pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyati xususida so‘z yuritmoqchimiz. Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo‘lishi bilan birga, quyidagi aynan o‘zigagina xos bo‘lgan tamoyillarga ham egadir. Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili. Ushbu tamoyil ikki jihatni o‘zida aks ettiradi: a) ta’lim, tarbiya hamda shaxs kamoloti (taraqqiyoti) birligi; b) pedagogik texnologiyaning muayyan, qatiy tizimga egaligi (“tizimlilik” tushunchasi bu o‘rinda ham ma’lum o‘quv fanini o‘qitish jarayoniga, ham umumiy ta’lim jarayoniga xoslikni anglatadi). Asoslilik (fundamentlik) tamoyili. Mazkur tamoyil fanlarning o‘rganish obyekti, ichki mohiyati va xususiyatlariga ko‘ra turli yo‘nalish (blok)larga bo‘lib o‘rganish afzalligini ifoda etadi. O‘quv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida turkumlashtirilgan. Har bir o‘quv fani uning uchun “yadro”, “o‘zak” sanaluvchi ma’lumot (axborot)larga ega bo‘lib, ushbu ma’lumot (axborot)lar shaxs tomonidan fanlar asoslarining o‘rganilishi, aniq mutaxassislik bo‘yicha mustaqil bilim olish, o‘zlashtirilgan bilimlarni kengaytirib borish yo‘lida tayanch tushunchalar bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mohiyatli yondashuv ma’lum yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi. O‘quv fanlarining muayyan yo‘nalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan zo‘riqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelishini ta’minlaydi. XX asrning 80-yillarida ta’lim jarayonini tashkil etish o‘quvchilarga mavjud fanlar sohalari bo‘yicha oz-ozdan ma’lumot (bilim) berishdan iborat deb talqin etilgan bo‘lsa, 90-yillarda ushbu jarayonning tashkil etilishi o‘zlashtirilgan bilimlar negizida muayyan, aniq fan bo‘yicha yangi ma’lumot (bilim)larga ega bo‘lish uchun qulay sharoitni yaratish jarayoni sifatida e’tirof etildi. Mohiyatli yondashuv asoslantirish (fundamentlashtirish)ning muhim omili sanaladi. U, shuningdek, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlarni umumlashtirish tarzidagi sinergetik yondashuvni ham ko‘zda tutadi. Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili. Mazkur tamoyil olmon pedagogi A.Disterveg tomonidan XIX asrda iste’molga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Madaniyatni anglash tamoyili o‘quvchilarga ijtimoiy jamiyatning madaniy taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib ta’lim berilishini nazarda tutadi. O‘tgan asrda ta’lim samaradorligini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida pedagogning bilim darajasi va mahorati e’tirof etilgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘qituvchining bilimi, salohiyati hamda mahoratining yuqori darajada bo‘lishi bilangina muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritib bo‘lmasligi barchaga ayon. Mazkur o‘rinda zamonaviy fan va texnika imkoniyatlari, xususan, kompyuter, multimedia vositalari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda, biz mutaxassislarni “soha (yoki yo‘nalish)larning o‘ziga xos jihatlari, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur bilishlari, muayyan faoliyatlarni bajara olishlari, belgilangan muddatda aniq vazifalarni hal etishga ulgurishlari hamda ma’lum yutuqlarga erisha olishlari” g‘oyasi yetakchi o‘rin tutuvchi bozor munosabatlari sharoitiga tayyorlay olishimiz lozim. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Tilga olingan har ikki tushuncha ham lug‘aviy jihatdan (yunoncha humanius – insoniylik, humanitas – insoniyat) bir o‘zakka ega bo‘lsa-da, ularning har biri o‘ziga xos ma’nolarni ifodalaydi. Insonparvarlashtirish ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini, “insoniylashtirish” tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish – bu inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadr-qimmati, sha’ni, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatni tashkil etish jarayoni bo‘lsa, insoniylashtirish “barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiyoti) uchun”, – degan g‘oya asosida tashkil etiluvchi faoliyat jarayoni sanaladi. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda har bir o‘qituvchi ushbu tamoyilga qat’iy amal qilishi lozim yoki o‘z mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda uni jamiyat manfaatlari bilan uyg‘un bo‘lishiga e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda, pedagog o‘quvchilar faoliyatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki ta’limiy hamkorlik g‘oyalariga sodiqlik asosida ta’lim jarayonini insoniylashtiradi yoki boshqacha aytsak, ta’limni insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta’minlaydi. Ushbu holat, o‘z navbatida, yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘qitib tadqiq etish, tadqiq etib o‘qitish tamoyili. Ushbu tamoyil quyidagi ikki jihatni yoritishga xizmat qiladi: 1) ta’lim muassasalarining har bir o‘qituvchisi tadqiqotlarni o‘z fani sohasiga o‘quvchilarni jalb qilgan holda olib borishi lozim; 2) o‘qituvchi ta’lim texnologiyasini ishlab chiqadi, uni amaliyotda sinab ko‘radi, kuzatadi va tuzatishlar kiritadi, ya’ni u ta’lim jarayonini tadqiq etadi. O‘qitish jarayonining mazkur ikki jihati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘qituvchining kasbiy hamda pedagogik mahoratini oshirib borishga va o‘quvchilarni bo‘lajak mutaxassislik faoliyatiga puxta tayyorlash uchun zamin yaratadi. Ta’limning uzluksizligi tamoyili. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo‘lishi, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin bo‘lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero, mavjud bilimlar har besh-o‘n yil mobaynida o‘zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak, mazkur tamoyil o‘qituvchining o‘z faoliyatida mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor berishi, pedagog yetakchi ligini ta’minlagan ta’limdan o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi. Faoliyatli yondashuv tamoyili nazariya va amaliyotning didaktik bog‘liqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda izohlanadi: a) o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar; b) ular tomonidan o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar. Bilimlar faoliyat yuritish jarayonidagina mustahkamlanadi, shu sababli o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim. Amaliyotdagi tatbiqiga ega bo‘lmagan bilimlar tez orada unutiladi. Pedagogik texnologiyalarning asosiy tamoyillari, ya’ni dastlabki qoidalari ana shulardan iborat. Ularga amal qilingan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirib borishi, o‘quvchilarning aqliy va axloqiy sifatlarni egallashlari, shuningdek, ularda shaxsiy tajribalarning hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. Pedagogik texnologiya mezonlari. Ta’lim shakllari, usullari, uslubiy tizimlari xususiy metodikalar ko‘rinishida hosil bo‘lgan va ular takomillashib borishi jarayonida texnologiyaga o‘sib o‘tadi. Texnologiya universal xususiyatga ega bo‘lib, uni har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko‘zda tutilgan maqsadga erishish mumkin. Uning metodikadan asosiy farqi shundaki, metodika o‘qitish usullari va yo‘llarining ma’lum shaxs uchun qulay bo‘lgan majmuidan iborat. Metodika o‘qituvchining bilim, ko‘nikmalari, mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog‘liq. Buni dasturlash-tirilgan ta’lim texnologiyasi bilan turli xususiy fanlarni har xil didaktik vositalardan foydalangan holda jadal (intensiv) o‘qitish metodikalari orasidagi farqni solishtirishda ko‘rish mumkin. Shu asosda texnologiyalarning asosiy mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin: 1. Ma’lum ilmiy asosga, konsepsiyaga tayanish. 2. Tizimlilik, o‘quv-tarbiya jarayoni va uning tarkibiy qismlarining o‘zaro mantiqiy bog‘liqligi. 3. Samaradorligi, ta’lim standartlariga erishishni kafolatlashi, talab qilinadigan vaqt, kuch va vositalarning meyor darajasida ekanligi. 4. Boshqalar tomonidan qayta amalga oshirish mumkinligi. Ta’limning kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonini yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam 60-yillarda yaratilgan dasturlash-tirilgan ta’lim bo‘lgan edi. Bunda o‘quvchi to‘liq o‘zlashtirishga erishguncha bajarishi lozim bo‘lgan barcha vazifalar aniq ketma-ketlikda, batafsil ishlab chiqilgan dastur tuziladi. Bu dastur ta’lim maqsadida ko‘zda tutilgan darajadagi bilim va ko‘nikmalarni har bir o‘quvchi o‘zlashtirishini kafolatlashi lozim. O‘zlashtirish jarayonining borishi haqida o‘qituvchi bilan birga o‘quvchining o‘ziga ham axborot yetib turadi. O‘quvchi mantiqiy bog‘langan qisqa vazifalarni ma’lum ketma-ketlikda bajarish orqali deyarli xatolarsiz asosiy maqsadga yetib bora oladi. Bunday texnologiya o‘quv jarayonini to‘liq nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bunda mantiqiy bog‘langan qisqa vazifalar ketma-ketligi ta’lim jarayonining algoritmini hosil qiladi. O‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining shunday algoritm asosida tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan maqsadga erishishni kafolatlaydi. Ta’lim jarayonining shunday tartibda tashkil qilinishini hozirda to‘liq ma’noda pedagogik texnologiya deb atash mumkin. Pedagogik texnologiya ta’lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarga pedagoglar tomonidan kasbiy-pedagogik maqsadlarni amalga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatilishini tashkil qilish tizimini belgilaydi. Pedagogik texnologiya pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida tashkil qilish hamda uning texnologikligini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Pedagogik texnologiya tizimi pedagogik maqsadlarning aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi. Texnologik tizimning asosiy belgisi kutilgan natijaga erishishni kafolatlashdir. Buning uchun asosiy maqsadga erishishning har bir bosqichida bajarilishi lozim vazifalar, buning uchun talab qilinadigan vositalar hamda metodlarning aniq modullari yoki algoritmlari hosil qilinadi. Notexnologik tizim (xususiy metodikalar)da esa kutilgan natijaga erishish kafolatlanmaydi. Pedagogik texnologiya ratsional asosdagi ilmiy mezonlarga asoslangan bo‘lishi bilan birga, uning yanada rivojlanishida intuitiv (empirik) bilimlar ham muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda texnologiya ma’lum ma’noda san’atga qiyos qilinadi. Chunki san’at intuitsiyaga asoslanadi, texnologiya esa fanga asoslanadi. Lekin juda ko‘p faoliyat sohalari dastlab san’atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi. So‘ngra hammasi boshidan boshlanadi. Pedagogik texnologiya-ning rivojlanish jarayonlarida ham ushbu holatlarni kuzatish mumkin. Fanga muvofiq qurilgan pedagogik amaliyot pedagogik texnologiyadir. Ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarning o‘quv-tarbiya jarayonida avvaldan belgilangan sifatlarning shakllanishiga olib keladigan izchil amaliy faoliyatlarini pedagogik texnologiya deb hisoblash mumkin. Pedagogik texnologiya (yoki ta’lim texnologiyasi) bor-yo‘g‘i va eng asosan ta’lim oluvchi yoki tarbiyalanuvchining ta’lim-tarbiya jarayonida qanday faoliyatni va qay darajada amalga oshirishidan iborat. O‘quvchining o‘rganilayotgan materialni sifatli o‘zlashtirishini ta’min-lovchi izchil amaliy faoliyati ta’lim texnologiyasi bo‘lishi mumkin. 3. Tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar. Hozirgi zamon “Pedagogika” fani o‘qituvchi zimmasiga inson, uning jamiyatdagi o‘rni va roliga har tomonlama qarash vazifasini yuklaydi. Tarbiyaning maqsadi – yoshlarni komil inson qilish, ularni vatanparvar-lik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalash, ularga insonparvarlik g‘oyalarini singdirish, lekin, hammamizga ma’lumki, shaxs salohiyatini rivojlan-tirishning cheksizligi, etnogenezisi haqidagi g‘oyalar ijtimoiy g‘oyaga muddat bilan kirib kelmoqda va bolalar tabiatini tushunishini ancha kengaytirdi va boyitdi. Shuning uchun maktab ishida pedagogning tarbiyaviy faoliyatida yangicha yondashuvlarga sabab bo‘ladi va ularning ma’no-mazmuni yangi insonni tarbiyalashda namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi vaqtda tarbiya tajriba va baholovchi mulohazalarning katta avlodlarning kichik avlodga bir tomonlama o‘tishi tarzida emas, balki kattalar va bolalarning birgalikda hayot kechirish sohasidagi o‘zaro yordami va hamkorligi tarzida tushunilishi va qabul qilinishi lozim. Tarbiyachining faoliyati – komil inson tarbiyasi yo‘lidagi mashaqqatli va fidoyi mehnatdir, bu mehnat chuqur insonparvarlik mohiyatiga ega bo‘lib, uni faqat o‘z kasbining jonkuyariga ishonib topshirish mumkin. Yosh avlodning ijtimoiy va ma’naviy qurshovi doimo o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish, biznes olamida, ijtimoiy hayotda, o‘zaro aloqa munosabatlarida o‘z o‘rnini topa bilish, o‘z-o‘zini anglash va takomillashtirishni talab etadi. Erkin, komil shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni pedagogik texnologiya relsiga o‘tkazishni taqozo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki butun ixtiyoriy ko‘rilayotgan va joriy etilayotgan tarbiya tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. Aslida ham, ijtimoiy tajriba elementlari (bilim, ko‘nikma, ijodiy faoliyat va b.) obyektiv borliqqa munosabatlar – pedagogik jarayon mahsulidir va ma’lum pedagogik tizim doirasida shakllantiriladi. Pedagogik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik tizim loyihasidir. Hozirgi kunda tarbiyadagi YAPTning mohiyati va mazmuni nima-dan iborat? Bu, eng avvalo, ta’lim-tarbiya mazmunini milliylashtirishda ko‘rianadi. Bunda biz hozirgi yosh avlod ta’lim-tarbiyasi mazmunini o‘tmish avlodlarimiz yaratgan va jahon fani rivojiga asos bo‘lgan bilimlar, boy tariximiz, madaniyatimiz manbalari bilan tanishtirishni, hozirgi zamon fani yutuqlari bilan omuxta qila olishimizda ko‘rishimiz kerak. Ta’lim-tarbiyada xalq milliy ruhi, o‘tmish tarixini unutish – milliy g‘urur, mustaqillik mafkurasini shakllantirishga putur yetkazadi. Shu bilan birga, jahon sivilizatsiyasi, fani taraqqiyotidan bexabar bo‘lish, faqat milliylikka e’tibor qaratish ham mustaqil Respublikamiz taraqqiyotiga ziyon keltiradi. Shuning uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l o‘tmish bilan hozirgi zamon fani, texnikasi, texnologiyasi yutuqlaridan yosh avlodni tarbiyalashda o‘rinli foydalanishdir. Hozirgi paytda pedagogika fanida tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil etadigan ikki asos bor: Shaxsning o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishi, o‘z-o‘zini namoyon qilish jihati. Uning ijtimoiylashuvi, me’yorda faoliyat kechirishini ta’minlash jihati. Ular bir-birini boyitib o‘zaro ta’sirga kirib, shaxsning ijtimoiy salohiyatini eng ko‘p darajada ochib berishga ko‘maklashuvi lozim. Faqat bitta narsani pedagog hisobga olishi kerak: maktab o‘quvchilari o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishga mustaqil darajada hali tayyor emas, chunki ularning yosh xususiyatlari bunga imkon bermaydi. Shuning uchun tarbiya ishlarida pedagog o‘z o‘quvchilarining oilasi va hamkasblari bilan hamkorlikda tarbiyaviy maqsadni amalda qo‘llashi shart. Bunda o‘qituvchi ta’lim bilan bir qatorda, tarbiyani ham uzviy bog‘lab olib borishi kerak. Pedagogning muhim vazifasi – faqat tarbiya jarayonining mazmunini yangi ijtimoiy shart-sharoitlarga moslashtirishi-gina emas, balki tarbiyaning yangi shakllari, vositalari va usullarini, qisqa aytib, yangi tarbiyaviy pedagogik texnologiyalarni izlash, har bir muayyan holatda ularni birga qo‘shib olib borishdan iborat. “Tarbiyachi tarbiyalanuvchi” pedagogik tizimi natijalar samaradorligini baholash mezonlari faqat tarbiyachi ish rejasini mavjudligi, hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishi, bolalar faoliyatining tashkil etilishidan iborat emas, balki, sinf, jamoada har bitta bolaning o‘zini tutishi, kirishimligi, o‘ziga mos mashg‘ulot tanlab olishi, qobiliyati, hissiy sog‘lomligi, hayotsevarligi, do‘stlariga hayri xohligi, kamtarinligi, pedagoglarning bolalarga munosabatidan qoniqishi kabi masalalar ham kiradi. Oxirgi paytlarda bular qatoriga pedagogning ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlanishi qo‘shildi, chunki texnologiyaning kasbdagi ahamiyati, shubhasiz, kattadir. Download 17.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling