3-курс Тупроқшунослик йўналиши кундузги бўлим талабаларига тупроқ физикаси фани бўйича курс иши мавзулари


Download 78.96 Kb.
bet6/10
Sana22.04.2023
Hajmi78.96 Kb.
#1380153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Тупроқ физикаси Курс иши бўйича топшириқ ва намуна

3-bob. Asosiy qism
3.1. Tuproqdagi issiqlikning roli vа uning manbalari

Tuproq harorati o'simliklar o'sib rivojlanishining eng muhim omillaгidan biri hisobIanadi. Tuproqning issiqlik rejimi, bu yerda kechadigan biologik уа kimyoviy jarayonlarga ham bevosita ta'sir etadi. Tuproqda ma'lum harorat bo'lgandagina o'simliklar yaxshi rivojlanib, mikroorganizmlar faoliyati aktivlashadi. Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiasiyasining bir qismi, tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa qismi уапа nurlanib atmosferaga qaytadi. Turli tuproqlar har xil darajada isib, sovish xususiyatiga ya'ni issiqlik rejirniga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qatlarnlaridagi haroratning ko'rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Harorat tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik-kimyoviy, biokirnyoviy уа biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligining rnuhim оrnili hisobIanadi.


Tuproqdagi turli birikmalaming erishi уа cho'krnaga tushishi, shuningdek mikroorganizrnlar уа tupгoq faunasining hayot faoliyati tuproqdagi issiqlikka bog'liq. Qishloq xo'jalik ekinlari urug'ining unib chiqishi, ildizlarining rivojlanishi, ulardagi alohida stadiyalarning o'tishi, fotosintezjadalligi singarilarga bevosita bog'liq bo'lgan o'simlik hosildorligi tupгoqning issiqlik shaгoitlariga bog'liq. Tupгoqda issiqlik yetarli bo'lrnaganda, o'simliklar hosili pasayib, hatto ekinlar nobud bo'ladi. Turli tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Vaykov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, A.N.Dirno, O'zbekistonda Sh.Xoliqulov vа boshqalar tornonidan ancha batafsil o'rganilgan.
Tuproqdagi issiqlikning asosiy rnanbai - quyosh nuri energiyasi (quyosh radiasiyasi) hisoblanadi. Shuningdek tuproqdagi issiqlikning uncha ko'p bo'lrnagan qismi, yeming ichki energiyasi уа litosferaning yuqori qisrnlarida kechadigan kirnyoviy, biologik уа radioaktiv jarayonlar natijasida yuzaga keladigan issiqlik hisobiga to'planadi. Organik rnoddalar (go'ng, o'sirnlik qoldiqlari, har xil chirindi kabilar) ning chirishi natijasida hosil bo'ladigan issiqlik yopiq grunt (parnik xo'jaligi) shaгoitida sabzavotchilikda keng ishlatiladi. Quyosh nurlari tuproq yuzasiga singdirilib, issiqlik energiyasiga o'tadi уа tuproqning pastki qatlaгnlariga berib o'tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin qisrni harorati pastroq bo'lsa, tuproqdagi to'plangan issiqlik atmosferaga qarab o'tadi. Yеr yuzasiga tushayotgan уа qaytayotgan quyosh nurlarining energiyasiga ko'ra tuproq isib-soviydi.
Tuproq yuzasiga singdiriladigan vа undan qaytadigan issiqlik miqdori tuproqning rangi, struktura agregatlaгining holatiga, tuproqning o'simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga vа boshqa omillaгga bog'liq. Tupгoq yuzasiga tushayotgan quyosh radiasiyasi miqdoгi joyning geogгafik joylashuviga vа relyef shaгoitlaгiga, shuningdek, yil, kecha-kunduz dayomida o'zgaгishi vа atmosfeгa holati (ochiq yoki bulutli bo'lishi) singaгilaгga bog'liq. Shimoliy yaгim shaгda quyosh radiasiyasining umumiy oqimi shimoldan janubga kelgan sayin oshib boгadi. Уег yuzasining mo'tadil kenglik zonasida quyosh гadiasiyasi kunning о 'rtalaгida, уег tekis yuzasida minutiga 0,8-1,5 kal/sm2 ni tashkil etadi.
Tuproqning issiqlik xossalari. Tupгoqning issiqlik xossalaгiga: tupгoqning issiqlik singdirishi, issiqlik sig'imi vа issiqlik o'tkazuychanligi kabilar kiradi. Tuproqning issiqlik singdirislli tupгoqning quyosh energiyasini qabul qilib, singdirish xossasidir. Tupгoqning bu xossasi odatda Albedo (А) ko'rsatkichi bilan xarakterlanadi. Tuproq yuzasiga tushayotgan barcha quyosh nuгi energiyasiga nisbatan qaytarilayotgan eneгgiyaning pгosent miqdori Albedo (А) deyiladi. Albedo qanchalik kam bo'lsa, tuproq quyosh energiyasini shuncha ko'p singdiradi. Albedo tuproqning rangiga, namligiga, struktuгa holatiga, tuproq yuzasining tekisligiga vа o'simlik qoplamiga bog'liq. To'q tusli, gumusga boy tuproqlar och tusliga nisbatan vа nam tuproq quruq tuproqqa qaraganda quyosh energiyasini ko'proq singdiradi vа Albedo ko'rsatkich. past bo'ladi.


Download 78.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling