3-labaratoriya ishi Mavzu: Yo‘l poyini gruntining zichlanganlik darajasi va elactiklik modulini tezkor usulda aniqlash (Dornii). Ishning maqsadi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
3-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Yo’l to’shamasining haqiqiy umumiy èlastiklik moduli quyidagi formula yordamida aniqlanadi: E = p D (1 - μ 2 )/l
3-labaratoriya ishi Mavzu: Yo‘l poyini gruntining zichlanganlik darajasi va elactiklik modulini tezkor usulda aniqlash (DorNII). Ishning maqsadi:Yo’l to’shamasining mustahkamligini progibomer yordamida aniqlash. Ishni bajarish tartibi: yo’l to’shamasining mustahkamligini progibomer yordamida aniqlaymiz. Buning uchun, maxsus yuk ortilgan avtomashina tanlab olinadi. Prigibomer yo’l to’shamasiga tushadigan kuchlanishdan hosil bo’lgan ègilishni aniqlaydi. Bu ègilishni maxsus soat tipidagi indikator ko’rsatadi. Yo’l to’shamasining sinovi tekshirilayotgan uchastkaning xar 50 m oralig’ida olib boriladi. Èlastik ègilishni yo’l qoplamasi chetidan 1-1,5 m tashlab o’lchanadi. Maxsus ko’rsatilgan 1-shaklga yo’l uzunligining km va piket joyi hamda ègilish qiymati yozib boriladi. 1 - s h a k l T.r. Km, PK Joyning chizmasi va tekshirilgan nuqtalar G’ildirak ketmasdan oldin indikatordan olingan hisobot, mm G’ildirak ketgandan keyin indikatordan olin gan hisobot, mm Amaldagi yukdan èlastik ègilish, mm 1 2 3 4 5 6 1 . 2 . 3 . 4 . 5 . 6 . 7 . 8 . 9 . 1 0 . MAYI ŜNIL progibomeri rama o’qida èrkin aylanadigan tashkil ètuvchi richagdan iborat. Richagning orqa elkasi 6 gorizontal yuzali qopqoq 1 bilan tugaydi. Unga ustunchaga maxkamlangan indikatorning 3 o’zagi qadaladi. Progibomerning tuzilish sxemasi quyidagicha: MAYI – ŜNIL progibomerining tuzilish sxemasi: a – yonidan ko’rinishi; b – yuqoridan ko’rinishi; 1 - qopqoq; 2 – indikator uchun tayanch; 3 - indikator; 4 - indikatorni ushlagich; 5 - shveller; 6 – richagning orqa elkasi ; 7 – ko’taruvchi vintlar; 8 - birlashtiruvchi mufta; 9 – tayanch vint; 10 - qotiruvchi bolt; 11 – richagning oldingi elkasi; 12 – o’lchovchi elka; 13 - ignani mahkamlovchi vint; 14 – yo’l qoplamasiga tegib turuvchi moslagich; 15 – ko’ndalang tayanchli balka Yo’l to’shamasining haqiqiy umumiy èlastiklik moduli quyidagi formula yordamida aniqlanadi: E = p D (1 - μ 2 )/l, Bu erda: р – qoplamaga ta’sir qilgan g’ildirak bosimi, MPa, A guruh transport vositalari uchun р = 0,6 MPa, B guruh transport vositalari uchun р=0,5 MPa; D – g’ildirak diametrining izi, m, A gurux transport vositalari uchun D = 0,33 m, B guruh transport vositalari uchun D = 0,28 m; l – èlastik ègilish, m; μ – Puasson koèffitsienti, μ = 0,3. Ish unumdorligini oshirish uchun yo’ol to’shamasi ègilishini aniqlashda uzun bazali progibomer ishlab chiqilgan (2-rasm). Uzun bazali richagli progibomer korpus tayanchiga 5 maxkamlangan o’qda aylanadigan yig’ma richagdan iborat. Richag 6 oldingi 7 va orqa 4 elkalardan tashkil topgan. Oldingi elkada sharnirli zoldir yordamida taglikka 11 biriktirilgan o’lchov o’zagi 9 joylashgan. O’lchov o’zagi richagda siquvchi vint 10 bilan qotiriladi. Orqa elkada kronshteynda 2 indikator 3 maxkamlangan. O’lchov o’zagi taglik bilan orqa quyi g’ildirak qiyaliklari o’rtasiga avtomobil orqa o’q markaziga joylashtiriladi. Uchli tayanch tagligining 1 nishabli yuzasi indikator o’zagiga tegib turadi. 2-rasm. Uzun bazali richagli progibomer: 1 – tayanchli taglik; 2 - kronshteyn; 3 - indikator; 4 – richagning orqa elkasi; 5 -tayanch; 6 - richag; 7 – richagning oldi elkasi; 8 –orqa qo’sh g’ildirak; 9 - щup; 10 - siquvchi vint; 11 – o’lchov o’zagi Aniqlangan natijalar 2-shaklga to’ldiriladi. 2-shakl № O’lchangan joy PK yoki km Amaldagi yukdan èlastik ègilish, mm Ègilishdagi èlastiklik moduli Ea=( PхD)*(1-µ 2 )/ l MPa 1 2 3 4 5 6 Rasmiylashtirish tartibi Talabalar variantlarni olishadi va to’shiriq variantini bajaradilar. MS Word matn muharririda Times New Roman shrift, 14 o’lchamda tizimga yuklaydilar. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling