3-labaratoriya ishi: php funksiya va obyektlari. Ishdan maqsad


Download 13.61 Kb.
Sana14.04.2020
Hajmi13.61 Kb.
#99231
Bog'liq
web labaratoriya


3-labaratoriya ishi: PHP funksiya va obyektlari.

Ishdan maqsad: PHP da funksiya va ob’yektlar, funksiyalarning argumentlari, standart funksiyalar haqida ma’lumot olish va ular bilan ishlash ko’nikmalarini o’rgatish.

Funksiya ko‘pgina dasturlash tillarida ishlatiladi. Funksiya das- turda batafsil aniqlangan topshiriqni alohida bajarish uchun yozilgan buyruqlar to‘plami (kodlar)ni belgilash uchun ishlatiladi. Funksiya har gal topshiriqni bajarish uchun buyruqlar to‘plamini o‘qish va qayta ishlatish imkoniyatini yaratadi. Funksiyalar ikki xil bo‘ladi: standart funksiyalar va foydalanuvchi tomonidan aniqlangan funksiyalar. PHP ning standart funksiyalari fayllar bilan ishlash, ma’lumotlar bazasini ishlatish, grafik tasvirlar yaratish va boshqa serverlarga bog'lanish uchun imkon beradi.

Umumiy holda foydalanuvchi tomonidan aniqlangan funksi- yalarni e’lon qilish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.

Sintaksisi:

function funksiya_nomi(parametrl, parametr2, ..., parametrN

{ harakatlar_maydoni

return qaytariladigan_funksiya_qiymati; }

Bu yerda funksiya_nomi — funksiya nomi; harakatlar_maydoni — funksiya tanasi, ya’ni biror-bir topshiriqni bajaruvchi kodlar; parametrl, ..., parametrN — lar esa almashuvchi ma’lumotlar.



Funksiyaga murojaat etish. Avval funksiya nomi beriladi va qavslar ichida uning parametrlari qiymatlari ro‘yxati kiriti- ladi.

Sintaksisi:

funksiya_nomi(); bu kod biror-bir parametrni talab qilmaydigan funksiya_nomi nomli funksiyaga murojaat etadi. Funksiyaga bu tarzda murojaat etish funksiya qaytaradigan barcha qiymatlarni inkor etadi. Ko‘pgina funksiyalar shu tarzda beriladi.

PHP ning standart funksiyalari:

func_num_args() funksiyasi foydalanuvchi tomonidan aniqlangan funksiyada beriladigan parametrlar sonini qaytaradi. Bu funksiya faqat foydalanuvchi tomonidan aniqlangan funksiya ichida qo‘llanilishi mumkin. Agar func_num_args() funksiyasi foydalanuvchi tomonidan aniqlangan funksiyaning tashqarisida qo‘llanilsa, unda interprerator bu haqida xabar beradi.

func_get_args() funksiyasi foydalanuvchi tomonidan aniqlangan funksiyada berilgan parametrlar ro‘yxatidan tuzilgan massivni qaytaradi. Massivning har bir elementi funksiyada berilgan parametrga mos tushadi. Agar funksiya foydalanuvchi tomonidan aniqlangan funksiyada qo‘llanilmayotgan bo'lsa, u holda xabar ishlab chiqiladi.

date() funksiyasi: Sintaksisi: date(parametr);, funksiyaga berilayotgan maiumot qavs ichiga olib yozilmoqda. Bu qiymat funksiya argumenti yoki parametri deb ataladi. Parametrlar kiruvchi qiymatlar hisoblanib, funksiya ekranga parametrlarga bogiiq aniq bir natijani chiqazadi.

Isset() funksiyasi o'zgaruvchi mavjud yoki mavjud emasligini tek- shiradi, agar o'zgaruvchi mavjud bo'lsa, funksiya true(l) qiymatini, aks holda false(O) ni qaytaradi. Sintaksisi: isset (o'zgaruvchi);

Unset() funksiyasi o'zgaruvchilarni o'chirish uchun ishlatiladi. Sintaksisi: unset (o'zgaruvchi);

mail() funksiyasi xabarni elektron pochta orqali berilgan man- zilga jo‘natadi. Sintaksisi: boolean mail (string oluvchi, string mavzu, string xabar [, string qo'shi mchasarlavha]);

Topshiriq: Arifmetik amallardan EKUK, EKUB va sin(x) ni hisoblovchi funksiya tuzish.

Dastur kodi:

function ekub($a,$b)

{

while ($a!=$b) {



if($a>$b) $a%=$b;

else $b%=$a;

if($a==0) $a=$b;

if($b==0) $b=$a;

}

return $a;



}

function ekuk($a,$b){

return ($a*$b)/ekub($a,$b);

}

function sinus($v)



{

$s=sin($v);

echo "
$s";

}

$a=7;



$b=9;

$e=ekuk($a,$b);

echo "$a va $b sonlarinikini EKUKi : $e
";

$ek=ekub($a,$b);

echo "$a va $b sonlarinikini EKUBi : $ek
";

sinus(90);



?>

Natija:
Download 13.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling