3-labaratoriya ishi
Download 15.61 Kb.
|
3 labaratoriya ishi dasturlash tillari
3-labaratoriya ishi BitBtn, SpeedButton, MaskEdit, StringGrid, CheckListBox, DrawGrid komponentalari. Bu tugmalar. TButton vazifalarini bajaradi. Yagona farqi matndan tashqari rasmlarni ham aks ettiradi. TSpeedButton tugmasi fokus olmaydi. Bu shuni bildiradiki, agar matn qatorida satr terib, bu tugma bosilsa, shu hodisa qayta ishlangandan so'ng fokus yana matn qatoriga qaytib keladi. TAB tugmasi bilan bu tugmani ajratib bo'lmaydi. Tugmaga rasm o'rnatish uchun ikki marta Glyph xossasi qatoriga chertish lozim. Natijada rasm paydo bo'lgan yuklash oynasida Load tugmasini bosish lozim. Ko'p rasmlar Program Files\Common Files\Borland Shared\Images \Buttons katalogida joylashgandir TBitBtn va TSpeedButton tugmalari deyarli bir xil xossalarga egadir. Ular uchun umumiy Layout xossasi rasm va matnning o'zaro joylashuvini o'zgartirishga imkon beradi. TBitBtn tugmasining yana bir xossasi Kind bo'lib, oldindan tayyorlangan standart tugmalarni tanlash imkonini beradi. Quyidagi rasmda standart tugmalar va ularga mos qiymatlarni ko'rish mumkin. Yana bir xossa ModalResult — dialog oynasi uchun tugma qaytaradigan natijani tanlashga imkon beradi. TSpeedButton tugmasining Grouplndex xossasi tugmalarni guruhlashga imkon beradi. Buning uchun bir guruhga tegishli tugmalarning Grouplndex xossasi bir xil qiymatga, masalan 1 ga teng bo'lishi kerak. Quruqlangan tugmalarning biri bosilsa, qolganlaridan ajralib qoladi. Buning uchun Down xossasi qiymati true ga teng bo'lishi kerak. TCheckListBox yana bir xossasi — columns, ya'ni ustunlar sonidir. Agar bu xossa qiymati birdan katta bo'lsa va ro'yxat bir ustunga sig'masa, ko'rsatilgan sonli ustunlarga ajratiladi. Ko'pincha programmada bir necha qatorli matn chiqarishga to'g'ri keladi. Buning uchun formaga bir necha TLabel komponentasini o'rnatish mumkin. Lekin osonroq TStaticText komponentasini o'rnatib AutoSize xossasiga false qiymatini berishdir. Image komponentasi formaga rasmlarni joylashtirish uchun ishlatiladi. Joylashtirilishi lozim bo'lgan rasmlar bitli fayllar (kengaytmalari .Bmp), piktogrammali (kengaytmalari .Ico), metafayllar (kengaytmalari .wmf) bo'lishi kerak. Image komponentasi Additional palitrasida joylashgan bo'lib, u ko'rinishdagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formadan rasm uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalar boiimidan Picture xossasi tanlanib, u yerdan uch nuqtali tugmacha bosiladi. Natijada ekranda rasmni aniqlash va joylash uchun muloqot darchasi ochiladi. Download 15.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling