3-laboratoriya ishi Bir cho’michli mexanik ekskavatorlarning ishchi uskunalari tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganish


Download 41.1 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi41.1 Kb.
#1832142
  1   2
Bog'liq
KMU 3-laboratoriya


3-laboratoriya ishi
Bir cho’michli mexanik ekskavatorlarning ishchi uskunalari tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganish

Bir cho‘michli ekskavatorlar ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: pastki yurish qismi va yuqorigi burilish qismi.


Yurish qismi mashina og‘irligini va ish vaqtida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha og‘irliklarni qabul qilib zaminga uzatadi, hamda ekskavator harakatlanishini ta’minlaydi.
Burilish qismi kuch berish qismlari, mexanizmlar va ishchi uskunalari joylashgan buriluvchi platformadan tashkil topgan.
Buriluvchi platforma tayanch-burilish qurilmasi orqali yurish ramasiga o‘tiradi va vertikal o‘qda gorizontall tekislik bo‘ylab burilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buriluvchi platformaning gorizontall tekislikda burilish burchagiga bog‘liq ravishda ekskavatorlar to‘liq buriluvchi yoki to‘liqsiz buriluvchi deb ataladi. Ochiq kon ishlarida ishlatilayotgan barcha bir cho‘michli ekskavatorlar to‘liq buriluvchi ekskavatorlardir.
Ochiq kon ishlarida ishlatiladigan bir cho‘michli ekskavatorlar ishchi uskunalarining turlari asosan – to‘g‘ri lopatali ekskavator va draglaydir. Ba’zi hollarda teskari lopatali ekskavator, greyfer va strug ishlatiladi.
To‘g‘ri lopatali ekskavatorlarning asosan to‘rtta turi ishlab chiqariladi: suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi, tirsak-richag bilan kuch beruvchi, “Superfront” ishchi uskunasi bilan kuch beruvchi va gidravlik kuch beruvchi ekskavatorlar.
To‘g‘ri lopatali suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi –ЭКГ-5A ekskavatorining tuzilishini ko‘rib chiqamiz (rasm-1). Ekskavator ishchi uskunalardan, kuzov 1 bilan birga buriluvchi platforma 14 va gusenitsali 16 yurish organidan tashkil topgan.
Ekskavator ishchi uskunalariga cho‘mich 9, strela 5 va rukoyat 12 kiradi. Cho‘mich tagidan ochiluvchi. Strela platformaga tayanchli sharnir orqali o‘rnatilgan va ikki oyoqli ustun 2 ga kanat 5 yordamida burchak ostida tortib qo‘yiladi.
Cho‘mich kon jinsini qamrayotganda buriluvchi platformada joylashgan ko‘taruvchi baraban yordamida kanat 7 orqali ko‘tariladi.
Rukoyat 12 ni zaboyga surish ya’ni rukoyatga kuch berish uchun kuch berish mexanizmidan foydalaniladi. ЭКГ-5A ekskavatori tishli-reykali kuch berish mexanizmi 4 ga ega bo‘lib strelada joylashgan. Tishli reyka rukoyat pastki tomoniga maxkamlangan. Kuch beruvchi shesternya esa kuch beruvchi valga joylashtirilgan. Rukoyat kuch beruvchi val o‘qida burilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

1-rasm. ЭКГ-5A ekskavatorining umumiy ko‘rinishi


Buriluvchi platformada ko‘tarish barabanidan tashqari burish mexanizmlari, kuch berish uskunalari va ekskavatoni boshqarish mexanizmlari joylashgan.


Buriluvchi platforma rolikli aylana yordamida tishli venes 17 o‘rnatilagn yurish telejkasi ramasiga o‘tiradi va 360 gradusga burilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tishli-reykali kuch berish mexanizmi bilan PO «Uralmash» (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan ekskavatorlar jihozlangan. ЭКГ-8I, ЭКГ-12,5 kabi ekskavatorlar esa PO «Ijorskiy za­vod» (Rossiya) zavodida ishlab chiqariladi va ular kanatli kuch berish mexanizmi bilan jihozlanadi. Ushbu ekskavatorlada rukoyatning oldinga va orqaga harakati kanat yordamida bajariladi. Kanatni tortish platformada joylashtirilgan lebedka, rukoyat va strelada joylashtirilgan yarim blok va bloklar orqali amalga oshiriladi.
Tirsak-richagli kuch beruvchi ekskavatorlarda rukoyat strela bilan kinematik bog‘lanmagan bo‘lib strela ustunlari oralig‘ida harakatlanadi.
«Superfront» ishchi uskunariga ega bo‘lgan ekskavatrlarda cho‘michning ishchi traektoriyasi uchta mexanizmi (ko‘tarish, kuch berish va burish) ning o‘za’ro ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Ishchi uskuna cho‘mich, rukoyat va streladan tashkil topgan. Ko‘tarish mexanizmi ko‘tarish lebedkasi 16, kanat 7 va bloklar 8,9 dan tashkil topgan. Kuch berish uchun ikkita gidrosilindr 14 lar xizmat qiladi.


2-rasm. «Superfront» ishchi uskunariga ega bo‘lgan ekskovator kinematik sxemasi





Download 41.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling