3. laboratoriya ishi Detallarga ishlov berish aniqligini ta
Download 121.35 Kb.
|
3.laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish o‘rnining jihozlanishi
3.laboratoriya ishi Detallarga ishlov berish aniqligini tahlil qilish. Ishdan maqsad Talabalarda detallar aniqligini tekshirish va uni statistik usullardan foydalanib hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish. Ish o‘rnining jihozlanishi Diametri 308 ( ) mm qilib ishlov berilgan vallar. Mikrometr (25-50 mm) Pentium rusumidagi kompyuter. Detallarning geometrik parametrlari to‘g‘risida ma’lumot. Mashinaning zaruriy sifatini ta’minlashning asosiy bosqichlaridan biri detalning holatini baholashdir. Detalning holati uning chegaraviy o‘lchamlari va o‘lcham og‘ishlari bilan tavsiflanadi. Ular o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjuddir. Valning eng katta ruxsat qilingan o‘lchami: dmax=d n+es, bu yerda: dn- valning nominal o‘lchami (dn q30mm); es – valning ruxsat qilingan yuqorigi chegaraviy og‘ishi, mm Valning eng kichik ruxsat qilingan o‘lchami dmin=dh +ei, bu yerda: ei – valning ruxsat qilingan quyi chegaraviy og‘ishi. Vallarning tayyorlanish jarayonida kelib chiqadigan xatoliklariga qarab, ular tuzatib bo‘ladigan va bo‘lmaydigan yaroqsizlik holatlarida bo‘lishi mumkin. Agar valning aniqlangan o‘lchami dmax dan katta bo‘lsa, u tuzatiladigan yaroqsizlik holatida va ishlov berish natijasida yaroqli holatga olib kelish imkoniyati mavjud. Aksincha, valning o‘lchami dmin dan kichik bo‘o‘lsa, bu detalni qo‘shimcha ishlov berib, ishga yaroqli holatga olib kelib bo‘lmaydi va shu sababdan detalning bu holati tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsizlik holati deb baholanadi. Download 121.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling