3 - LABORATORIYA ISHI
MAVZU:
Bosimli suv tarmoqlarida bosim yo'qolish qiymatini
mahalliy qarshiliklar bo'yicha aniqlash
(2 soat)
Ishning maqsadi:
GUNT HM 112 -
"Suyuqliklar mexanikasi" laboratoriya uskunasida
monometrik
bosimni aniqlash
ISHNING BAJARILISHI:
3-laboratoriya ishini bajarishda,
ushbu quril
mada joylashgan
quvur
egilishlari va quvur
burchagi
bo'lgan, tasvirda ko'rsatilgan
PVX
quvurlar bo'lagidan foydalanamiz. Buning
uchun avvalo quyida keltirilgan, ya'ni uskunani
to'liq ishga tushirish
jarayonlarini amalga
oshirish talab qilinadi:
I - jarayon (uskunani tayyorlash)
1.
Quvur egilishlari va quvur burchagi
bo'lgan
PVX
quvurlar bo'lagi o'lchov
qismlarining
ikkita kesimiga, rezinali
shlanglar ulanadi.
2. Rezina shlanglarning ikkinchi uchi monometr tugunchasidagi ikki bo'limga ulanadi.
3. Ko'chma shlang tekshiriluvchi quvurga ulanadi.
4. Qaytaruvchi shlang xam ikkinchi qismga ulanadi.
5. Qurilmadagi suv bakining to'laligi tekshiriladi.
6. Qaytaruvchi ventil ochiladi.
7. Monometr ko'rsatgichi ustidagi suyuqlik chiqish ventili ochiladi.
8. Sarf o'lchagich ventili minimumga o'tkaziladi.
9. Asosiy elektr o'chirgich yoqiladi.
10. Nasos ishga tushiriladi.
Maxalliy qarshiliklar bo'yicha bosim yo'qolish qiymatlarini aniqlash
Ikki naychali monometr
ham differensial bosimni, ham mm. suv ustunida
ortiqcha bosimni o'lchash imkonini beradi; ortiqcha bosim atmosfera havosining
bosimini hisobga olgan holda mutloq bosimga aylantirilishi mumkin.
–O'lchov diapazoni 0 - 680 mm. suv ustunini tashkil etadi.
–Monometrga orqa qismida mm.da metall shkalasi mavjud bo`lgan ikkita teng
shisha naycha (1) kiradi.
– Ikki teng naychalar yuqori qismidan bir-biriga ulangan va umumiy to`kish
ventiliga ega (2).
–Differensial bosim to`kish ventili yopiqligida va ortiqcha bosim to`kish ventili
ochiqligida o'lchanadi.
–O'lchov nuqtalari daraja naychalarining pastki qismidan tez ulanadigan shlang
yordamida ulanadi (3).