3 laboratoriya ishi mavzu: Bosimli suv tarmoqlarida bosim yo'qolish qiymatini mahalliy qarshiliklar bo'yicha aniqlash


Download 364.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2023
Hajmi364.78 Kb.
#1376884
Bog'liq
LABORATORIYA Baratov Olimjon



3 - LABORATORIYA ISHI
 
MAVZU:
Bosimli suv tarmoqlarida bosim yo'qolish qiymatini 
mahalliy qarshiliklar bo'yicha aniqlash 

(2 soat) 


Ishning maqsadi:
GUNT HM 112 - 
"Suyuqliklar mexanikasi" laboratoriya uskunasida 
monometrik bosimni aniqlash 
ISHNING BAJARILISHI:
3-laboratoriya ishini bajarishda, ushbu quril 
mada joylashgan 
quvur egilishlari va quvur 
burchagi 
bo'lgan, tasvirda ko'rsatilgan 
PVX
quvurlar bo'lagidan foydalanamiz. Buning 
uchun avvalo quyida keltirilgan, ya'ni uskunani 
to'liq ishga tushirish jarayonlarini amalga 
oshirish talab qilinadi: 
I - jarayon (uskunani tayyorlash) 
1. 
Quvur egilishlari va quvur burchagi 
bo'lgan 
PVX
quvurlar bo'lagi o'lchov 
qismlarining ikkita kesimiga, rezinali 
shlanglar ulanadi.  
2. Rezina shlanglarning ikkinchi uchi monometr tugunchasidagi ikki bo'limga ulanadi. 
3. Ko'chma shlang tekshiriluvchi quvurga ulanadi. 
4. Qaytaruvchi shlang xam ikkinchi qismga ulanadi. 
5. Qurilmadagi suv bakining to'laligi tekshiriladi. 
6. Qaytaruvchi ventil ochiladi. 
7. Monometr ko'rsatgichi ustidagi suyuqlik chiqish ventili ochiladi. 
8. Sarf o'lchagich ventili minimumga o'tkaziladi. 
9. Asosiy elektr o'chirgich yoqiladi. 
10. Nasos ishga tushiriladi. 
Maxalliy qarshiliklar bo'yicha bosim yo'qolish qiymatlarini aniqlash 


 
Ikki naychali monometr ham differensial bosimni, ham mm. suv ustunida 
ortiqcha bosimni o'lchash imkonini beradi; ortiqcha bosim atmosfera havosining 
bosimini hisobga olgan holda mutloq bosimga aylantirilishi mumkin. 
–O'lchov diapazoni 0 - 680 mm. suv ustunini tashkil etadi. 
–Monometrga orqa qismida mm.da metall shkalasi mavjud bo`lgan ikkita teng 
shisha naycha (1) kiradi.
– Ikki teng naychalar yuqori qismidan bir-biriga ulangan va umumiy to`kish 
ventiliga ega (2). 
–Differensial bosim to`kish ventili yopiqligida va ortiqcha bosim to`kish ventili 
ochiqligida o'lchanadi. 
–O'lchov nuqtalari daraja naychalarining pastki qismidan tez ulanadigan shlang 
yordamida ulanadi (3).



Download 364.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling