3– labоratоriya ishi mavzu: Konstruksion materiallarning Rokvell va Vikers usularida sinash
-rasm. Sinashda olmos konusni materialga botirish sxemasi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
MKMT 3 labaratoriya
6-rasm. Sinashda olmos konusni materialga botirish sxemasi. 6-jadval Namunani sinashga tayyorlash Namunaning qalinligi uchlikning namunadan asosiy yuklama (L) olingandan keyin botgan chuqurligi (E) dan kamida 8 marta katta bo’lishi lozim. Yuzada esa kir, moy, zanglar bo’lmay, tekis bo’lishi kerak. 12-jadvalda materiallarning qattiqligini o’lchashda indikatorning qaysi shkalasidan foydalanganligiga ko’ra namunaning eng kichik qalinlik o’lchami keltirilgan Materialning qattiqligini sinashda qaysi shkaladan foydalanilgan bo`lsa, НR belgisining o`ng yoniga shu shkala belgisi qo`yiladi, maslan: НRC, НRB, НRA. Bu usulda turli materiallarni: yumshoq, qattiq va yupqa materiallardan sinash mumkin bo`lganligi uchun undan sanoatda ko`p foydalaniladi. Bu usulning yana bir afzalligi sinash vaqtining kamligi, 30-60 sekunddan ortmasligidir. 7-jadval Foydalaniladigan asbob, moslama va o’lchov asboblari Bu usulda materiallarning qattiqligini aniqlashda THBRV-187.5DX tipidagi qattiqlikni o`lchash asbobidan, moslama sifatida plita, prizmalardan, shtangensirkul yoki chizg’ichdan foydalaniladi. 11-rasmda qattiqlikni o’lchashda keng foydalaniladigan THBRV-187.5DX asbobining ko’rinishi va kinematik sxemasi keltirilgan. Rasmdan ko’rinadiki, uning korpusining yuqori qismida sinaladigan materialga uchlik orqali yuklamani qo’yuvchi richag 21, pastida esa stol 7 ni zaruriyatga ko’ra yuqoriga ko’taruvchi yoki pastga tushiruvchi mexanizmi bor. Sinash tartibi: 1. Sinaladigan namuna 6 yoki detalning sirt yuzining tozalangan tomonini yuqoriga qaratib asbob stoli 7 ga qo’yiladi. 2. Namunaning taxminiy qattiqligiga ko’ra uchlik xili, qo’yiladigan yuklama qiymati jadvaldan belgilanadi. 3.Tegishli uchlik va yuklama beruvchi toshlar o’z joylariga o’rnatiladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling