3-Laboratoriya ishi Mavzu: Operatsion kuchaytirgichda bajarilgan relaksatsion generatorni tadqiq qilish
Download 342.52 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-Laboratoriya Ishi RBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Ishni bajarish tartibi
1. Electronics Workbench dasturini ishga tushiring va unda (20.9-rasm) ga asosan relaksatsion generatorning modelini yig‘ing va ossillograf hamda grafik analizator oynalarini oching (3.10-rasm). 3.10-rasm. Relaksatsion generatorning modeli 2. Modelni ishga tushiring va tebranishlarning ossillogrammalarini oling (3.11-rasm). 3.11-rasm. Tebranishlarning ossillogrammalari 3. Qarshiliklar va sig‘imning qiymatlarini o‘zgartirib generatorning ishlashida qanday o‘zgarishlar bo‘lishini kuzating. 4. Tebranishlarning chastotasini aniqlang. Ossillografning asosiy oynasida yoki grafik analizator oynasida chastotani aniqlash ancha qiyin bo‘lganligi sababli Expand tugmasini bosib ossillografning kattalashtirilgan oynasini oching (3.12-rasm). 3.12-rasm. Ossillografning kattalashtirilgan oynasi Oynadagi qizil va ko‘k rangli vizir chiziqlarning yuqori qismidagi uchburchak shaklidagi belgilarni sichqoncha yordamida bosgan holda suring. Ular orasidagi farq (T2-T1) tebranishlarning 1 davriga mos kelsin. f=1/(T2-T1) ifoda yordamida chastotani aniqlang va uni (20.1) ifoda yordamida hisoblangan chastota bilan taqqoslang. 5. Operatsion kuchaytirgichning invertirlovchi kirishidagi kuchlanishning ossillogrammasini oling. 6. Operatsion kuchaytirgichning invertirlamaydigan kirishidagi kuchlanishning ossillogrammasini oling. 7. Olingan natijalarni tahlil qiling. 8. Tajribalarni qarshiliklar va sig‘imning (3.1-jadval) da ko‘rsatilgan qiymatlari uchun qaytadan bajaring. (3.1-jadval)
Nazorat savollari 1. Operatsion kuchaytirgichning asosiy vazifasi nimadan iborat? 2. Relaksatsionniy generator deb nimaga aytiladi? 3. Eng sodda generatorni qanday yo‘l bilan hosil qilish? 4. Operatsion kuchaytirgich nosimmetrik kirishga ega bo‘lgan qanaqa kuchaytirgich? 5. Operatsion kuchaytirgich strukturaviy tuzilishiga ko’ra qanaqa elementlardan iborat? 6. Operatsion kuchaytirgichning shartli belgilanishi qanday bo’ladi? Download 342.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling