Ishni bajarish tartibi.
Rasmda ko‘rsatilganidek sxemani yig‘ing. АИ301Г diodini sxemaga
ulang va uning sxemasida tasvirlangan uchburchak uchini manbaning musbat
uchidan manfiy uchiga tomon yo‘naladigan qilib ya’ni to‘g‘ri yo‘nalishda
joylashtiring. Multimetrlarni ulashda ularning qutblari to‘g‘ri ulanganiga e’tibor
bering.
Xarakteristikani yozib olish: U kuchlanishni asta sekin 0 V qiymatdan
boshlab 0.2 V va undan kam kuchlanishli qadamlar bilan 1 V gacha oshirib boring va
bunda tok kuchi-I ning o‘zgarishini kuzatib, yozib oling. I tok kuchi 11 mA dan
oshmasligi kerak!
U kuchlanish va I tok kuchlarining har xil qiymatlarini 1-jadvalning mos
ustuniga yozib oling.
Diodni teskari ulang. U kuchlanishni asta sekin 0 V qiymatdan boshlab
0,2 V qadam bilan 1 V gacha qiymatga asta sekin oshirib I tok kuchining o‘zgarishini
kuzating.
U kuchlanish va I tok kuchlarining har xil qiymatlarini 1-jadvalning mos
ustuniga yozib jadvalni to‘ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |