3 Lаbоrаtоriya ishi Modda tuzilishini spektroskopik usullar bilan aniqlash
Download 178.64 Kb.
|
3-laboratoriya ishi
3 - Lаbоrаtоriya ishi Modda tuzilishini spektroskopik usullar bilan aniqlash.
Ishni bajarilish tartibi va umumiy ma’lumotlar. Temir (III)-xlorid, mis (II)-sulfat, kobalt (III)-nitrat eritmasini 2-3 ml dan pipetka yordamida kichik o’lchovli kolbalarga solamiz. Eritmalardan kyuvetalarni belgisigacha joylashtiramiz. Ularni spektrofotometrga joylashtirib, optic zichliklari aniqlanadi. Spektrofotometr ekranida harbir eritmaning optic zishligi namoyon bo’ladi. Eritma konsentratsiyasi bilan optik zichlikning bog’liqlik grafigi hosil qilanadi. Uskunadan foydalanish maqsadi. Yakka to’lqin uzunligida fotometrik o’lchash, belgilangan nuqta o’lchash, multi to’lqinli fotometrik o’lchash, konsentratsiya o’lchash, to’lqin uzunligini skanerlash, vaqtli skanerlash, DNK/oqsil o’lchash uchun ishlatiladi. Uskunaning tuzilishi.
2-rasm. Spektrofotometr EMC-3 Uskunadan foydalanish va ishlash prinsipi. Raqamli tugmalar: Raqamlar va harflarni kiritish ESC tugmasi: Oldingi interfeysga qaytish 100%T/0Abs tugmasi: Bo'shatish OPEN tugmasi: Ichki xotirada saqlangan fayyllarni ochish SAVE tugmasi:Ichki xotiraga fayllarni saqlash START/STOP tugmasi: Start/Stop tekshirish GOTO ʎ tugmasi: To'lqin uzunligini o'rnatish PRINT tugmasi: O'lchash natijalarini chop etish ENTER tugmasi: Operatsiyani tasdiqlash CELL tugmasi: Avto- yacheyka tutqichini belgilash belgilashni bekor qilish RIGHT, LEFT tugmalar: Pik/sohabi izlash va X shkalani o'rnatish UP, DOWN tugmalar: menyu/malumotni aylantirish va Y shkalani o'rnatish Vazifalari Fotometriya: Natijalarni Abs, %T yoki konsentratsiya sifatida ko'rsatish Miqdoriy analiz: Standart egrilikni tuzish uchun 2-xil usulni ta'minlaymiz. Regressiya egrisini o'rnatishni 2 xil usuli. Regressiya egrisini kalibrovka qilish uchun 10 tagacha standart namunalar. Egrilik mosligini 3 xilda tekshirish. Chiziqli moslik, kvadrat moslik, kubik moslik. To'lqin uzunligini skanerlash: Skanerlash qadamini o'rnatish imkoniyati (0.1, 0.2, 0.5, 1.0 va 5.0nm).Spektrni ko'rsatish rejimi o'zgartirilishi mumkin. (To'lqin uzunligi-%O'tkazuvchanlik-Yutilish). Kinetika: Skanerlash intervalini o'rnatish (0.5, 1.0, 2.0, 5.0, 10, 30 va 60s).Spektrni ko'rsatish rejimi o'zgartirilishi mumkin. (Vaqt-%O'tkazuvchanlik-Yutilish). DNK/oqsil o'lchash: To'lqin uzunliklari nuqtalari va nisbatlari o'rnatilishi mumkin. Natijalar avtomatik tarzda jadval shaklga guruhlanadi. Multi-to'lqin uzunligi: 20 tagacha to'lqin uzunligi nuqtalari o'rnatilishi mumkin. Natijalar avtomatik tarzda jadval shaklga guruhlanadi. Umumiy operatsiyalar Ilovani tanlash: Asosiy menyuda raqamli tugmalar yoki tugmalarni bosib tegishli menyu tanlanadi, so'ng ENTER bosiladi. To'lqin uzunligini o'rnatish: tugmasini to'lqin uzunligini o'rnatish uchun bosing, qiymatni kiritish uchun raqamli tugmalardan foydalaning, tasdiqlash uchun ENTER ni bosing va o'rnatgan nuqtangizga boring, keyin avtomatik bo'shating. Parametrlarni o'rnatish:Buning uchun funksiya tugmasini,so'ngra tugmalarni tanlash uchun yoki qiymatlarni kiritish uchun raqamli tugmalarni bosib, kirish uchun ENTER qiymatlarni kiritish uchun raqamli tugmalarni bosib, kirish uchun ENTER qaytish uchun ni bosing. Avto-yacheyka tutqichni o'rnatish:CE L L tugmasini avto yacheyka tutqichni faollashtirish uchun bosing va 1-8 gacha bo'lgan raqamli tugmalarni nur yo'lidagi O’lchash. 1.Fotometriya 1-qadam. Fotometriyani boshlash Asosiy menyuda raqamli tugma | 1 | yoki tugmalar "Basic Mode" ni tanlash uchun keyin ENTER ni bosing.
3-qadam. Konsentratsiya birligini o'rnatish tugmani konsentratsiya birligini o’rnatish uchun uchburchak tugmasini bilan birligini tugmasini tanlang. Shundan so’ng tasdiqlash uchun ENTER ni bosing. Shundan so’ng F qiymat ekranda ko’rsatiladi. 4-qadam. “Factor” yoki “Standart” ni o’rnatish. Sizda ikkita tanlash usuli bor: 1-usul: Fsctor F ni kiritish 2-usul: Standart namuna ishlatish 5-qadam. To'lqin uzunligini o'rnatish:
6-qadam. Bo'shatish: Solishtirma namunani nur yo'liga qo'ying va uchun ABC bosing 7-qadam. Namunalarni o’lchash: O’lchanish lozim bo’lgan namunani nur yoliga qo’ying va shunda natijalar ekranda aftomatik ko’rsatiladi. EMC-3 seryali Spektrofotometr yordamida Miqdoriy analiz, To’lqin uzunligini skanerlash va kinetikasini o’rganish mumkin, bundan tashqari DNK/ Oqsili, Multi-to’lqin uzunligi rejimlarini o’rganish mumkin. Tajriba natijalarining tahlili. Olingan natijalar asosida xulosa yozing. Eritma konsentratsiyasi o’zgarganda nur sohasi o’zgarmagan holda, optic zichlikning qiymati o’zgaradi. Olingan bog’liqliklar shu modda eritmalari uchun solishtiruvchi analiz etalonlari bo’lishi mumkin. Ularni ma’lumotnomalardagi kattaliklar bilan solishtiriladi. Savol va topshiriqlar. Laboratoriya ishining bayonini laboratoriya daftariga yozing va o’zlashtiring. Laboratoriya ishini bajarish vaqtida kuzatiladigan hodisalarni daftarga yozing va izohlang. Barcha reaksiyalarning tenglamalarini yozing. Spiktrofotometr EMC -3 vazifalarini yozing. Olingan modda eritmasi eng yuqori optik zichlik qanday to’lqin uzunligida paydo bo’ldi? Har bir modda tarkibidagi ionlar qanday sohada namoyon bo’ldi? Download 178.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling