3-laboratoriya ishi. OʻTgan va qaytgan oq yorugʻlikda n’yuton halqalari. Tajriba maqsadi
Download 490 Kb.
|
3 lab ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisoblashlar.
- Qoʻshimcha ma’lumotlar.
Tajriba namunasi.
Oʻtgan yorugʻlikda kuzatilgan interferension manzara: past kontrast Markazi qora va atrofida konsentrik qoramtir xalqalar. Xalqalarning chegaralari boʻyalgan. Qaytgan yorugʻlikda kuzatilgan interferension manzara: yuqori kontrast markazi yorqin va yorqin konsentrik xalqalar bilan oʻralgan. Xalqalar chegaralari boʻyalgan. Jadval 1: Mos ravishda qaytgan yorugʻlik uchun maksimum intensivlikning yoki oʻtgan yorugʻlik uchun minimum intensivlikning xalqasimon diametri D. Radius ortgan sari qoʻshni xalqalar orasidagi masofa kamayib boradi. Hisoblashlar. Jadval 1, boʻyicha qaytgan va oʻtgan yorugʻlikda kuzatilgan bu ikkita interferension manzaralarning markazlari va xalqa diametrlari teng. Rasm 4 da diametrlar kvadratlari D2k bilan xalqalar indekslari K orasidagi munosabat keltirilgan. a= 31,6 mm2 uchun toʻgʻri chiziq ogʻmasida oqali (14.6) sabali quyidagiga ega boʻlamiz: Egrilik radiusi R Nyuton xalqalari uchun shisha plastinalar instruksiyasida berilgan. R = 12,144 m ga teng. Undan λ= 650 nm olinib, diametrni oʻlchash uchun qizgʻish chetlardan foydalanilgani fakti bilan mos keladi. Xalqasimon diametrning kvadrati interferension xalqa indeksiga nisbatan chizilgan - qaytgan yorugʻlik, • oʻtgan yorugʻlik Xulosalar. Oʻtgan va qaytgan yorugʻliklardagi Nyuton xalqalari bir-birini to’ldiradi. O’zaro bog’liqlik yuqoriroq optik zichlikli muhitda TI fazaning sakrab o’zgarishi orqali amalga oshadigan λ/2 qoʻshimcha yoʻl tufayli kelib chiqadi. Oʻtgan yorugʻlikda yorqin va qoramtirlar orasidagi kontrast qaytgan yougʻlikdagiga nisbatan ancha sust. Qoʻshimcha ma’lumotlar. Interferension manzarada qora markazning yuzaga kelishi yuqoriroq optik zich muhitdan qaytib, fazasi λ/2 sakrab duchor bo’lgan yorugʻlikning bevosita isbotidir. d << λ qalinlik uchun yo’l farqi – faza sakrab o’zgarmaydi-nol boʻladi, interferensiya qorongʻulikka emas, balki maksimal yorqinlikka olib kelishi kerak. Faqat λ/2 ni inobatga olish orqaligina tajriba natijasi tushuntirilishi mumkin. Ammo, T. Yung koʻrsatganidek, agar Nyuton xalqalarini generasiyalash uchun linza kronglasdan va plastina flintglasdan tayyorlangan va shisha plastina bilan yassi-qavariq linza oraligʻidagi joy havo oʻrniga xitoy nefti bilan to’ldirilgan boʻlsa, qaytgan yorugʻlikda markazda yorqin dogʻ kuzatiladi. Neftning sindirish koʻrsatgichi kronglas bilan flintglasning sindirish koʻrsatgichlari orasida yotgani uchun, qaytish yuqoriroq optik zichlikli muhitdan yuqorida va juda yupqa qatlam d<<λ uchun pastda roʻy beradi. Qaytgan yorugʻlik holida intensivlikning maksimumi markazda yuzaga keladi. Sinash uchun savollar:Nyuton xalqalarini hosil boʻlish sabablarini fizik mohiyatini tushuntiring. Interferensiyani maksimum va minimumlik shartlari. Ponasimon havo qatlami orqali interferensiyani tushuntiring. Oʻtgan va qaytgan yorugʻlikda Nyuton xalqalarini bir vaqtda kuzatishga moʻljallangan tajriba qurilmasini ishlash mehanizimini tushuntiring. Download 490 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling