3-laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tah


Download 0.78 Mb.
bet2/3
Sana18.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1280121
1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya ishi-3

Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash (сброс)
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash uchun qurilmaga fizik
kirish imkoniyati kerak.
Kommutatorga konsol kabeli orqali ulaniladi, tok energiyasi manbasidan
o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi, ishga tushirilish vaqtida oldi panelidagi “MODE” tugmasi bosib turiladi (3.4-rasm.).









3.4-rasm. “MODE” tugmasining kommutatorda joylashish o`rni.
Shu tarzda odatiy ishga tushish to`xtatiladi.




Loading "flash:/c2960-lanbase-mz.122-25.FX.bin"...

#############################

Boot process terminated.

switch:

Bundan keyin flash_init va load_helper buyruqlari kiritiladi va dir flash buyrug`ini foydalanish orqali flash xotiraning tarkibini ko`rish imkoniyati paydo bo`ladi.




switch: flash_init

Initializing Flash...

flashfs[0]: 3 files, 0 directories

flashfs[0]: 0 orphaned files, 0 orphaned directories

flashfs[0]: Total bytes: 64016384

flashfs[0]: Bytes used: 3059643

flashfs[0]: Bytes available: 60956741

flashfs[0]: flashfs fsck took 1 seconds.













...done Initializing Flash.

switch: load_helper

switch: dir flash:

Directory of flash:/

1 -rw- 3058048 c2950-i6q4l2-mz.121-22.EA4.bin

3 -rw- 979 config.text

2 -rw- 616 vlan.dat

60956741 bytes available (3059643 bytes used)




Yuqoridagi flash xotiraning tarkibidan config.text, ya`ni kommutatorning konfiguratsion fayli ko`rib chiqiladi. Kommutator config.text konfiguratsion faylisiz ishga tushirilishi uchun nomi o`zgartiriladi. Bu rename flash:config.text flash:config.old buyrug`i bilan amalga oshiriladi va tekshiriladi






switch: rename flash:config.text flash:config.old

switch: dir.flash

Directory of flash:/

1 -rw- 3058048 c2950-i6q4l2-mz.121-22.EA4.bin

3 -rw- 979 config.old

2 -rw- 616 vlan.dat

60956741 bytes available (3059643 bytes used)

Bundan keyin, ishga tushishni boot buyrug`i orqali tiklaymiz.
switch: boot
Kommutator konfiguratsiya faylini topa olmaydi va usiz ishga tushadi. Endi imtiyozli rejimga kiriladi va konfiguratsiya fayli nomi qayta o`z nomiga rename flash:config.old flash:config.text buyrug`i orqali o`zgartiriladi va copy flash:config.text system:running-config buyrug`i orqali u ishga tushiriladi.
Switch>en





Switch#rename flash:config.old flash:config.text

Switch#copy flash:config.text system:running-config



Konfiguratsion fayl ishga tushirilganday keyin, yangi parol kirilsa bo`ladi




Switch1#conf t

Switch1(config)#enable secret NewPassword

Switch1(config)#enable password NewPassword

Switch1 (config)#line vty 0 4

Switch1 (config-line)#password NewPassword

Switch1 (config-line)#login

Switch1 (config-line)#exit

Switch1 (config)#line console 0

Switch1 (config-line)#password NewPassword

Switch1 (config-line)#login







Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling