3-laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tah
Download 0.78 Mb.
|
Laboratoriya ishi-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cis c o m arshru t i z a t orlari d a p a r ol n i tas h lab yu b
- Configu r a t ion r e gister
3-LABORATORIYA ISHI TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH Ishdan maqsad: Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni olib tashlash (сброс) bo`yicha amaliy ko`nikmalar olish QISQACHA NAZARIY MA`LUMOTLAR Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo`ladigan parolning yo`qotilishi yoki unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (Сброс) jarayoni ko`rib chiqiladi. Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri konsol kabel orqali ulanishni ko`zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat kirish huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga olinishi kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki yo`qolgan konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli rejimda (Privileged EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha parollarni o`zgartirish. Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik kira olish kerak, ya`ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo`lishi kerak. Marshrutizatorda konfiguratsion registr mavjud bo`lib, ushbu registr marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab qiluvchi xotirada saqlanadi. Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi ketma- ketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya`ni marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga, to`rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga o`zgartirish kerak bo`ladi. Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102 bo`ladi. Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda konfiguratsion registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi:
Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o`z ichiga olgan bo`ladi. Endi unutilgan parolni o`zgartirish jarayoni bosqichma-bosqich ko`rib chiqiladi. Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (3.1-rasm.) orqali ulanish lozim (Rollover deb ham nomlanadi). 3.1-rasm. Konsol kabelining ko`rinishi. Konsol orqali ulaniladi va keyingi jarayonlarning barchasi konsol port orqali amalga oshiriladi (3.2-rasm). 3.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga Console kabeli yordamida ulanishi Xizmat ko`rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON rejimida marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi (3.3-rasm). 3.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida Router qurilmasining elektr ta’minotini o`chirib/yoqish tugmasi Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish uchun odatiy boshlang`ich IOS ishga tushish jarayoni to`xtatiladi, buni amalga oshirish terminalga bog`liq. Masalan, hyperterminalda – “Ctrl-Break”, teratermda – “Alt- B”, Cisco Packet Tracer emulyatorida – “Ctrl-Break” va h.k. Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga tushirilishida Ctrl+Break tugmalari qo`shilib bosiladi:
Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi. Bu yerda konfiguratsiya registri confreg 0x2142 buyrug`i bilan o`zgartiriladi, natiyjada marshrutizator Flash xotiraga yozilgan konfiguratsion faylni ishga tushirilishida ishlatmaydi. Bundan keyin reset buyrug`ini kiritish orqali marshrutizator qayta ishga tushiriladi.
Endi marshrutizator konfiguratsion faylsiz ishga tushadi va eski konfiguratsion faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda copy startup- config running-config buyrug`i orqali amalga oshiriladi.
Bundan keyin paroli unutilgan eski konfiguratsiya qo`yiladi, lekin bu yerda imtiyozli rejimda turganligi uchun eski parolni yangisiga o`zgartirsa bo`ladi.
Parollar o`zgartirildi, endi konfiguratsion registrning eski qiymatini qayta joyiga qo`yish kerak, buning uchun config-register 0x2102 buyrug`i kiritiladi Router1(config)# config-register 0x2102 Bundan keyin yangi konfiguratsiya saqlanadi va marshrutizator qayta ishga tushiriladi
Marshrutizator qayta ishga tushirilgach, yangi parollar bilan saqlangan konfiguratsion faylni o`ziga oladi. Yana, no service password-recovery buyrug`ini ishlatish orqali parol tashlab yuborilishi imkoniyatini o`chirib qo`ysa bo`ladi, buning uchun yuqorida ta`kidlanganidek qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling