3-laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tah
Download 0.78 Mb.
|
Laboratoriya ishi-3
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash (сброс)
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash uchun qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak. Kommutatorga konsol kabeli orqali ulaniladi, tok energiyasi manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi, ishga tushirilish vaqtida oldi panelidagi “MODE” tugmasi bosib turiladi (3.4-rasm.).
3.4-rasm. “MODE” tugmasining kommutatorda joylashish o`rni. Shu tarzda odatiy ishga tushish to`xtatiladi.
Bundan keyin flash_init va load_helper buyruqlari kiritiladi va dir flash buyrug`ini foydalanish orqali flash xotiraning tarkibini ko`rish imkoniyati paydo bo`ladi.
Yuqoridagi flash xotiraning tarkibidan config.text, ya`ni kommutatorning konfiguratsion fayli ko`rib chiqiladi. Kommutator config.text konfiguratsion faylisiz ishga tushirilishi uchun nomi o`zgartiriladi. Bu rename flash:config.text flash:config.old buyrug`i bilan amalga oshiriladi va tekshiriladi
Bundan keyin, ishga tushishni boot buyrug`i orqali tiklaymiz. switch: boot Kommutator konfiguratsiya faylini topa olmaydi va usiz ishga tushadi. Endi imtiyozli rejimga kiriladi va konfiguratsiya fayli nomi qayta o`z nomiga rename flash:config.old flash:config.text buyrug`i orqali o`zgartiriladi va copy flash:config.text system:running-config buyrug`i orqali u ishga tushiriladi. Switch>en
Konfiguratsion fayl ishga tushirilganday keyin, yangi parol kirilsa bo`ladi
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling