3-Laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Audio va video axborotlarni kodlash ularni qayta ishlash


Download 92.63 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi92.63 Kb.
#201280
Bog'liq
HfAOYpcBfWOWt-xx9CEVkKiKg52j0fVJ


3-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Audio va video axborotlarni kodlash ularni qayta ishlash.
Nazariy qisim.

Kodlash usullari.

Semyuel Morze 1837­yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838­yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketma­ketligi kod sifatida mos qo‘yiladi, ya’ni axborot quyidagi uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo‘shliq, pauza bilan ifodalanadi).



Morze kodlash usulini notekis kodlash usuliga misol bo‘ladi. Mazkur usul yordamida «elektron» so‘zini yozsak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.



Bir tomondan, Morze usulida belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo‘llanilishiga to‘siqlik qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki belgi – nuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo‘llash imkonini beradi. Morze usuli notekis kodlash usuliga, quyidagi usullar tekis kodlash usuliga misol bo‘ladi.



Ovozli axborotni kodlash

Ovozli axborotni kodlash usullari hisoblash texnikasida ancha kech boshlandi. Bu sohada ikki xil yo‘nalishni keltiramiz.



1. FM (Frequency Modulation) metodi shunga asoslanganki, har qanday murakkab ovozni turli chastotali garmonik signallar ketma-ketligi deb qarash mumkin. Bu signallarni har birini to‘g‘ri sinusoida ko‘rinishida ifodalash mumkin, Bu esa signalni sonli parametr bilan berish demakdir, ya'ni kod bilan. Tabiatda ovozli signallar uzluksiz spektrga ega, ya'ni analogli axborot hisoblanadi.Ularni garmonik qatorlarga yoyib, diskret-raqamli signalga aylantirish ishini maxsus qurilma bajaradi. Teskari shakl almashtirish ishini esa boshqa qurilma bajaradi. Kodlashni bu usuli juda ixcham, lekin shakl almashtirish jarayonida axborotni to‘laligi yo‘qoladi.

2. (Wave-Table) jadval- to‘lqin metodi yordamida sintezlash xozirgi zamon texnika tarakkiyoti darajasiga mos keladi. .Bu demak oldindan tayyorlangan jadvalda turli muzika asboblarini ovozlarining obrazlari saqlanadi..Texnikada bunday obrazlar sempl deyiladi. . Musiqa asbobini tipi ,ovoz toninig balandligi , davomiyligi, intensivligi, o‘zgarish dinamikasi, va boshqa parametrlar sonli kod bilan ifodalanadi. Bu yo‘l bilan sintez qilib chiqarilgan ovoz tabiiy musiqa asbobini ovoziga ancha yaqin bo‘ladi.



Topshiriq.

  1. Kodlash deganda nima tushuniladi?

  2. Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?

  3. Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?

  4. Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?

  5. Alifbo bilan bog‘liq qanday kodlash usullari bor?

  6. O‘zingizning kodlash usulingizni ishlab chiqing va “Vatan — sajdagoh kabi muqaddasdir” iborasini kodlang.

  7. O‘zingizning kodlash usulingizdan foydalanib do‘stingizga axborot uzating.

Download 92.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling