3 laboratoríya jumíSÍ elektr sistemasíNÍŃ dinamik turǵÍNLÍǴÍna uzatíLÍp atíRǴan aktiv quwattíŃ, sistema parametrleriniń, qisqa tutasíw túri hám waqtíNÍŃ TÁsirin analiz etiw


Download 202.01 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi202.01 Kb.
#1576191
  1   2   3   4
Bog'liq
2.3-LABO UZB

TAJRIBA ISHI ELEKTR TIZIMINING DINAMIK TURG‘UNLIGIGA UZATILAYOTGAN AKTIV QUVVATNING, TIZIM PARAMETRLARINING, QISQA TUTASHUV TURI VA VAQTINING TA’SIRINI TAHLIL QILISH

I. ISHDAN MAQSAD:

  • 1. Oddiy elektr tizimida sodir bo‘lgan simmetrik va nosimmetrix qisqa tutashuvlar uchun qisqa tutashuv o‘chirilish burchagining va qisqa tutashuv uchirilish vaqtining chegaraviy qiymatiga tizim parametrlari va holat parametrlarining ta’sirini o‘rganish.
  • 2. Elektr tizimining simmetrik va nosimmetrik qisqa tutashuvlardagi dinamik turg‘unligiga qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagichning hamda avtomatik qayta ulagichlarning, holat va tizim parametrlarining ta’sirini tahlil qilish.

II. NAZARIY QISM

  • Amaliy muhandislik masalalarini echishda elektr tizimining turg‘unligi deyilganda uning holatining sodir bo‘lgan turtkilar ta’sirida uzliksiz ishlash xususiyati tushiniladi. Ya’ni tizim sodir bo‘lgan katta turtkilar ta’sirida o‘zining oldingi va unga yaqin bo‘lgan holatiga qaytib kelishi va iste’molchilarni uzliksiz elektr energiya bilan ta’minlash xususiyati tushiniladi.

Elektr tizimida sodir bo‘ladigan katta turtkilar deyilganda:

  • Elektr tizimida sodir bo‘ladigan katta turtkilar deyilganda:
  • Qisqa tutashuvlarning barcha turi;
  • Katta quvvatli yuklamalarni qo‘shish va ajratish;
  • Yuklangan trasformator va generatorlarning shikastlanish holatida o‘chirilishi;
  • Yuklangan havo elektr uzatish yo‘llarining zanjirini rele himoyasining noto‘g‘ri ishlashi natijasida o‘chirilishi.

Tizimda sodir bo‘ladigan katta turtkilarning eng og‘iri qisqa tutashuv hisoblanadi. Statistika shuni ko‘rsatadiki elektr tizimida eng ko‘p uchraydigan qisqa tutashuv bir fazali qisqa tutashuv bo‘lib, u umumuiy shikastlanishning (70 - 90)%ni, ikki fazali qisqa tutashuv esa (5 - 15)%ni, uch fazali qisqa tutashuv (5-10)%ni tashkil etadi. Demak elektr tizimi bir fazali qisqa tutashuvda shartsiz ravishda turg‘un bo‘lishi kerak. Boshqa turdagi qisqa tutashuvlarda tizimning holatining turg‘unligi mavjud shart-sharoitdan va xalq xujaligiga keltirilgan zarardan kelib chiqgan holda tahlil qilinadi.

  • Tizimda sodir bo‘ladigan katta turtkilarning eng og‘iri qisqa tutashuv hisoblanadi. Statistika shuni ko‘rsatadiki elektr tizimida eng ko‘p uchraydigan qisqa tutashuv bir fazali qisqa tutashuv bo‘lib, u umumuiy shikastlanishning (70 - 90)%ni, ikki fazali qisqa tutashuv esa (5 - 15)%ni, uch fazali qisqa tutashuv (5-10)%ni tashkil etadi. Demak elektr tizimi bir fazali qisqa tutashuvda shartsiz ravishda turg‘un bo‘lishi kerak. Boshqa turdagi qisqa tutashuvlarda tizimning holatining turg‘unligi mavjud shart-sharoitdan va xalq xujaligiga keltirilgan zarardan kelib chiqgan holda tahlil qilinadi.

Elektr tizimining dinamik turg‘unligiga juda ko‘p faktorlar ta’sir etadi. Lekin muhandislik yondashishning asosiy vazifasi ularning eng muhimlarini tanlab olish va tahlilni engillashtirish uchun tegishli farazlar qabul qilishdir.

Download 202.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling