3. Loyihalar va ularning tarkibidagi hujjatlar
Download 36.55 Kb.
|
smeta ishi
Lokal resurs qaydnomasi hisobi boshlang‘ich hujjat bo‘lib, alohida ishlarga ishchi loyiha asosida aniqlangan hajmlari bo‘yicha tuziladi.
Ob’yekt resurs qaydnomasi qurilish ob’yektiga lokal smetalar asosida tuziladi. Yig‘ma smeta o‘z navbatida ob’yekt smetalar bo‘yicha yangi qurilayotgan, rekonstruksiya va kengaytirilgan binolar va inshootlar uchun tuziladi. Bajariladigan qurilish-ta’mirlash ishlari qiymatini aniqlashning birinchi bosqichida lokal smeta hisobi tuziladi. Ushbu hujjatda to‘g‘ri xarajatlar miqdori hisob-kitob qilinadi. To‘g‘ri xarajatlarga qurilish materiallari, konstruksiya va detallarga 28 qilingan xarajatlar, ishchilarning ish haqlariga qilingan xarajatlar, qurilish mashina va mexanizmlaridan foydalanish xarajatlari kiradi. YUqorida ko‘rsatilib o‘tilganidek, ushbu xarajatlarning hajmi qurilish-ta’mirlash ishlarining fizik hajmi va QMQ (qurilish me’yorlari va qoidalari) yoki SHNQ (shaharsozlik nomalari va qoidalari)da keltirilgan resurslar sarfi me’yorlari bo‘yicha aniqlanadi. 1. Mehnat xarajatlari hamda qurilish mashinalari, materiallar, buyumlar va konstruksiyalarga bo‘lgan ehtiyojning ajratilgan resurslarini baholash asosida qurilish qiymatini aniqlash usuli mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar investitsiya jarayonining barcha ishtirokchilari – qurilish buyurtmachilari, loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Loyihalashning «ishchi loyiha» va «ishchi hujjatlar» ni ishlab chiqish bosqichlarida resurs usuli qo‘llanilishi shart. 2. Mazkur usul qurilish, maxsus qurilish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash va ta’mirlash-qurilish ishlariga joriy etiladi. 33 3. Mazkur usul kompyuter texnikasi va O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan dasturiy vositalardan foydalangan holda qo‘llanilganda uning samaradorligining yanada oshishiga erishish mumkin. 4. Ishlarning qiymatini resurs usulida aniqlash uchun mazkur Uslubiy tavsiyalarning ilovalarida keltirilgan shakllardan foydalanish tavsiya etiladi. Muayyan ishlarning qiymatini aniqlashda bahosi asos qilib olinadigan resurslar, odatda, bino (inshoot) bo‘yicha yig‘indi ko‘rinishda ob’yekt resurs qaydnomasi shaklida yoki umuman qurilish uchun jamlama resurs qaydnomasi shaklida ajratiladi. 5. Bevosita xarajatlarni aniqlash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida lokal resurs qaydnomalarda quyidagi resurs ko‘rsatkichlar ajratiladi: tegishli ishlarni bajaradigan va qurilish mashinalariga xizmat ko‘rsatadigan qurilish ishchilarining mehnat sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (kishi-soat); qurilish mashinalaridan foydalanish vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mashina-soat); materiallar, buyumlar (detallar) va konstruksiyalar sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qabul qilingan fizik o‘lchov birliklari, kub. m. (m3), kv. m. (m2), m, km, t, kg va h.). 6. Boshlang‘ich bahoni aniqlashda ajratilgan resurslarni joriy narxlarda baholash tavsiya etiladi. 7. Resurs ko‘rsatkichlarni ajratish uchun tenglik asosida quyidagilardan foydalanish mumkin: Qurilish, maxsus va montaj ishlari uchun zarur materiallar sarfining lokal qaydnomalari, materiallar sarfining ob’yekt va jamlama qaydnomalari; 8. Normativ (normativno-axborot) baza: Qurilish ishlari uchun elementli resurs normalari to‘plamlari (SHNQ); Montaj ishlari uchun elementli resurs normalari to‘plamlari (SHNQ); Ishga tushirish-sozlash ishlari uchun smeta normalari; Ta’mirlash-qurilish ishlari uchun elementli resurs normalari to‘plamlari (SHNQ); Muassasaviy elementli resurs normalari to‘plamlari (MNQ); Foydalanuvchining o‘z normativ bazasi. Turli manbalardan olingan resurs ko‘rsatkichlar taqqoslanishi mumkin, va foydalanuvchining fikriga ko‘ra eng maqbul hisoblanib tanlangan variant ishlarning qiymatini aniqlash uchun resursli hisob-kitoblarda qo‘llaniladi. 9. Resurs usulining ishchi loyiha va ishchi hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llanilishi uni dastlabki loyihalash bosqichlarida, loyihaoldi ishlanmalarda, texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA, DTIH, TIA, TIH) da, investitsiya loyihalarini, loyihalar (eskiz loyihalar) ni amalga oshirishda joriy etish imkonini beradi. Download 36.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling