3-ma’ruza 3-мавзу: kimyoviy tolalarning to‘qimachilik sanoatidagi ahamiyati reja


Tolalarning kompleks xossalarini baholash


Download 19.33 Kb.
bet3/3
Sana21.11.2023
Hajmi19.33 Kb.
#1790514
1   2   3
Bog'liq
3-МАВЗУ KIMYOVIY TOLALARNING TO‘QIMACHILIK SANOATIDAGI AHAMIYATI

Tolalarning kompleks xossalarini baholash. Qachonki tola strukturasi o‘q yo‘nalishi bo‘yicha yaxshilab cho‘zilgan bo‘lsa, unda maksimum ishlash qobiliyat, maksimum toliqishdagi pishiqlik va maksimum elastiklik (qayishqoqlik) xossalar mujassamlashgan bo‘ladi. Bunday strukturaga erishish uchun tolaning uzunligi va ko‘ndalang kesimi bo‘ylab mikrofibrillar tekis taqsimlangan bo‘lib, ularning o‘lchamlari teng bo‘lishi hamda bunday struktura elementlar bir tekis orientatsiyalangan bo‘lishi lozim.
Tolalar polimer eritmalaridan yoki ular suyuqlanmalaridan hosil qilinganligi uchun olinadigan iplarning xossalari ana Shu eritma yoki suyultmalarning strukturasiga bog‘liq bo‘ladi.
Eritma va suyuqlanmalarning qovushqoqligi (strukturasi) temperaturaga, eritma konsentratsiyasiga, polimerning kimyoviy tuzilishiga va ko‘pgina boshqa faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Temperatura qancha Yuqori bo‘lsa, eritmaning ta’sirli qovushqoqligi Shunchalik kichik bo‘ladi. Temperatura ko‘tarilishi bilan pachkalararo bog‘lanish kuchlari kamayadi, qovushqoqlik kamayadi va struktura elementlarining harakati kuchayadi. Uzunligi o‘zining juda kichik bo‘lgan, odatda, mikronlar bilan o‘lchanadigan ko‘ndalang kesimidan ko‘p marta ortiq bo‘lgan jismlar tolalar deb ataladi. Tolalar olinishiga qarab tabiiy — jun, paxta, zig‘ir tolasi va boshqalar hamda kimyoviy tolalarga bo‘linadi. Kimyoviy tolalar o‘z navbatida tabiyy Yuqori molekulyar birikmalardan (yog‘och sellyulozasi, sutdan yoki ba’zi o‘simlik oqsillaridan: bug‘doy, soya, lyupin va boshqalardan olinadigan oqsil-kazein) tayyorlangan sun’iy hamda sintetik tolalarga bo‘linadi. Sintetik tolalar (poliamid tola, polivinil poliefir tolalar, poliuglevodorodli va boshqa tolalar) monomerlardan sintez kilingan molekulyar polimerlardan olinadi.
Tabiiy tolalar tashqi ta’sir masalan, olov, suv va yorug‘lik ta’siriga chidamliligi jihatidan texnik va maishiy talablarni to‘la ta’minlay olmaydi. Ko‘p yillik izlanishlar natijasida tabiatda o‘tga chidamli faqat ikkita material: asbest (yonmaydigan «tog‘ zig‘iri») va kapok (suvda cho‘kmaydigan «o‘simlik juni») topildi. Lekin bu materiallarni texnika maqsadlari uchun yaroqli bo‘lgan gazlamalarga aylantirishning iloji bo‘lmadi. Kimyoviy tolalar tabiiy tolalardan farqli ravishda o‘zida ko‘pgina qimmatli xossalarni mujassamlashtirishi va xalq xo‘jaligida keng ko‘lamda ishlatish uchun yaroqli bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi tabiiy tolalarda bo‘lmagan xossalarga ega. Ular kimyoviy jihatdan barqaror, Yuqori harorat, yorug‘lik va suv ta’siriga chidamli, chirimaydi, mikroorganizmlar ta’sir etmaydi hamda kuya tushmaydi. Ularning ba’zilari g‘ovakligi sababli issiklik va tovushni yomon o‘tkazadi, hamda juda yengil. Ularning xajm og‘irligi suvnikidan deyarli 30 marta kam bo‘ladi. Qanday polimerdan olinganligiga karab sintetik tolalar karbozanjirli va geterozanjirli tolalarga bo‘linadi.

Nazorat savollari:
  1. Tolalar olinishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi


  2. Kimyoviy tolalar qaysi sohalarda ishlatiladi


  3. Tolaning deformatsion qobiliyati qanday xossasini belgilaydi?


  4. Polimer erituvchisining bug‘latilishi tola olishning qaysi usulida ro‘y beradi?


  5. Maksimum elastiklik xususiyatli tola olishda mikrofibrillarning yo‘nalishi nimaga bog‘liq?


  6. kimyoviy tolalarning dunyo miqyosida ishlab chiqarish hajmi tabiiy tolalarga nisbatan nima uchun ko‘p miqdorni tashkil etadi?


  7. Tola hosil qiluvchi polimerlarning tabiatiga ko‘ra tolalarning xususiyati qanday o‘zgaradi?


  8. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish qaysi davrda jadallik bilan rivojlana boshlagan?



Download 19.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling