3-ma’ruza. Adaptatsiyalar


Download 0.7 Mb.
bet1/12
Sana19.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1710191
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-MA’RUZA.ADAPTATSIYALAR

3-MA’RUZA. ADAPTATSIYALAR.

Tuzuvchi: Jumaniyazova Muxayyo

REJA.

  • Adaptatsiyalar. Stress sababchilari ta’siriga o’simliklarning chidamliligida adaptatsiyalarning o’rni
  • Adaptatsiya bu – chidamlilikning oshishi va ontogenezni unga ilgaridan noqulay bo’lgan sharoitlarda kechishini ta’minlaydigan himoyalovchi tizimlar shakllanishining genetik determinirlangan jarayoni bo’lib, u organizmning aniq bo’lgan yashash sharoitlariga moslanishinidir.

Adaptatsiyalar. Stress sababchilari ta’siriga o’simliklarning chidamliligida adaptatsiyalar muhim rol o’ynaydi.

  • Ma’lumki, barcha tirik organizmlar muhitning biotik va abiotik omillariga moslashuv va noqulaylaridan esa himoyalanish xususiyatlariga ega. Bu hol tirik organizmlarning shakllantshidan boshlanib evolutsiya davomida rivojlanib va takomillashib borgan. Organizmlarga zarar yetkazadigan va ularni halokatga olib boradigan omillar juda ko’p bo’lganligi sababli ulardan himoyalanish mexanizmlari faqatgina metobolitik o’zgarishlar bilan cheklanib qolmasdan, balki morfologik o’zgarishlar ham vujudga kelgan. Masalan, tikonlarning shaklianishi.

O’simliklar fiziologiyasida o’simliklarning muqobil va noqulay sharoitlarda o’sib rivojlanishi «mustahkamlilik tushunchasi bilan ifodalanadi.

  • O’simliklar fiziologiyasida o’simliklarning muqobil va noqulay sharoitlarda o’sib rivojlanishi «mustahkamlilik tushunchasi bilan ifodalanadi.
  • «Mustahkamlilik» o’z ishiga turg’unlanish va qayta tiklanish jarayonlarini oladi. Biologik rivojlanishning har bir bosqichi o’z mexanizmlariga ega. Masalan. molekulyar darajada, poliploidiya ko’rinishida, organizm darajasida ko’plab gameta va urug’larning hosil bo’lishi va boshqalar.
  • Qayta tiklanish jarayonlariga esa zararlangan DNKning fermentlar yordamida tiklanishi, o’sish kurtaklarining hosil bo’lishi, regeneratsiya va hokazolar misol bo’lishi mumkin.

Qo’zg’alish fiziologiyasi.

  • «Qo’zg’alish» organizmning noqulay omilga javobi sifatida uch bosqichdan iborat bo’ladi. Bular «jonlanish», moslashish va holsizlanish bosqichlaridir. Agar qo’zg’alishning oxirgi uchinchi bosqichi tez rivojlansa, organizm halok bo’lishi mumkin.
  • O’simlik organizmi hayvon organizmidan farqli o’laroq. qo’zg’alishga modda almashinuvining faollanishi bilan emas, balki pasayishi bilan javob beradi. Bu qo’zg’alish holatida organizmda moddalar almashinuvini to’xtatuvchi etilen va ABK gormonlarining ko’payishi tufayli bo’ladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling