3-ma’ruza. Axborot tizimlarining hayotiy sikli strukturasi. Androidlar va elektromexanik robotlar. (2 soat) Reja
Texnik topshiriqni ishlab chiqish
Download 21.79 Kb.
|
3-ma’ruza. Axborot tizimlarining hayotiy sikli strukturasi. Andr-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amalga oshirish
- Ishga tushirish
Texnik topshiriqni ishlab chiqish
Bu bosqichning asosiy mazmuni bо‘lib texnik taklifni ishlab chiqish va buyurtmachi bilan shartnoma tuzish haqida kelishib olishdir. Bu bosqichning ma’nosi quyidagilardan iborat: - loyihaning asosiy mazmunini va loyihaning bazaviy strukturasini ishlab chiqish; - texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash; - loyiha bazaviy strukturali modelini rejalashtirish va dekompozitsiyalash; - smetani va loyiha byudjetini tuzish, resurslarga bо‘lgan talabni aniqlash; - kalendar rejalarni va yiriklashtirilgan ishlar grafigini ishlab chiqish; - buyurtmachi bilan shartnomani tasdiqlash; - loyiha qatnashchilari bilan aloqa vositalarini ishga tushirish va ishning ketishini nazorat qilish. Loyihalash Bu bosqichda qism tizimlar, ular orasidagi aloqalar aniqlanadi, loyihani bajarishning samarali usullari va resurslardan foydalanish tanlanadi. Bu bosqichning о‘ziga xos tomonlari: - bazaviy loyiha ishlanmalarining bajarilishi; - xususiy texnik topshiriqlar ishlab chiqiladi; - konseptual loyihalash bajariladi; - texnik spetsifikatsiyalar va kо‘rsatmalar tuziladi; - loyihaviy ishlanmalar, ekspertiza va tasdiqlash taqdim etiladi. Amalga oshirish Bu bosqichda loyiha asosida ishning ketishi koordinatsiya qilinadi va operativ nazorat tashkil qilinadi, qism tizimlarni tayyorlash, ularni birlashtirish va testlash amalga oshiriladi. Asosiy mazmuni: - dasturiy ta’minot ishlabchiqish amalga oshiriladi; - tizimni ishga tushirishga tayyorgarlik kо‘riladi; - loyihaning asosiy kо‘rsatkichlari nazorat qilinadi va boshqariladi. Ishga tushirish Bu bosqichda tajribalar о‘tkaziladi, tizim real sharoitda tajribaviy ekspluatatsiya qilinadi, loyihani bajarilish natijalari va kelajakdagi yangi shartnomalar haqida kelishuvlar olib boriladi. Asosiy ishlar: - kompleksli tajribalar о‘tkazish; - yaratilayotgan tizimni ishlatish uchun kadrlarni tayyorlash; - ishchi hujjatlarni tayyorlash, tizimni buyurtmachiga topshirish va uni ishga tushirish; - kuzatish, qо‘llab-quvvatlash, servis xizmat kо‘rsatish; - loyiha natijalarini baholash va yakuniy hujjatlarni tayyorlash; - kopfliktli vaziyatlarni bartaraf etish va loyiha bо‘yicha ishlarni yopish; - keyingi loyihalar uchun tajribaviy ma’lumotlarni tо‘plash, tajriba tahlili, holatlar, rivojlanish yо‘nalishlarini aniqlash. Boshlang‘ich bosqichlarda kо‘proq quyidagi xatoliklar kuzatiladi: - buyurtmachi qiziqishlarini aniqlashdagi xatoliklar; - ikkilamchi va tashqi qiziqishlarga konsentratsiya; - boshlang‘ich masala qо‘yilishini notо‘g‘ri tushunish; - detallar mohiyatini notо‘g‘ri tushunish; - funksional spetsifikatsiyalarning tо‘liq emasligi (tizimli talablar); - talab qilingan resurslarni aniqlashdagi va muddatlaridagi xatoliklar; - kelishilgan bosqichlar nazoratining kamligi va buyurtmachi tomonidan nazoratning yо‘qligi. Axborot tizimi (AT) ni loyihalash metodologiyasi tizimni yaratish va kuzatish jarayonini AT ning hayot sikli (XS) kо‘rinishida ifodalaydi. Har bir bosqich uchun bajariluvchi ishlarning tarkibi va ketma-ketligi olinuvchi natijalar, ishni bajarish uchun zaruriy usullar va vositalar, ishtirokchilarning roli va javobgarligi va hokazolar aniqlab olinadi. AT ni HS ning bunday rasmiy ifodasi jamoaviy ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish va tahlil etish imkonini beradi hamda bu jarayonlar bilan boshqarishni ta’minlaydi. AT ning HS ni - tizimni yaratish va foydalanish jarayonida yuz beruvchi bir qator voqeliklar sifatida tasavvur qilish mumkin. Hayot siklining modeli berilgan AT ga zarurat tug‘ilgan daqiqadan boshlab, tо‘liq iste’moldan chiqish daqiqasigacha bо‘lgan turlicha tizim holatini tasvirlaydi. Hozirgi vaqtda quyidagi HS modellari ma’lum va qо‘llanib kelinmoqda: - kaskadli model (2.1-rasm) – loyihaning barcha bosqichlarini qat’iy ketma-ketlikda bajarilishin nazarda tutadi. Keyingi bosqichga о‘tish avvalgi bosqichdagi barcha ishlar tо‘liq bajarilganligini bildiradi; - oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli model (2.2-rasm) – ATni ishlab chiqish bosqichlararo teskari aloqali sikl bilan olib boriladi. Bosqichlararo tuzatishlar turli bosqichlardagi natijalarning real mavjud о‘zaro ta’sirlarini hisobga olish imkonini beradi. Har bir bosqichdagi hayot vaqti ishlab chiqishning butun davriga chо‘ziladi; - spiralli model (2.3-rasm). Spiralning har bir buramida mahsulotning navbatdagi versiyasini yaratish bajariladi, loyiha talablari belgilanadi, uning sifati aniqlanadi va keyingi buram ishi rejalashtiriladi. Asosiy e’tibor ishlab chiqishning boshlang‘ich bosqichiga qaratiladi, ya’ni tahlilga va loyihalashga. 2.1-rasm. AT HS ning kaskadli modeli 2.2-rasm. Oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli modeli 2.3-rasm. AT HS ning spiralli modeli Amaliyotda keng tarqalgan ikkita asosiy HS modeli olingan: kaskadli model (1970-1985 yy. uchun xarakterli); spiralli model (1986 y. dan keyin xarakterli). Avvalgi loyihalarda yetarlicha oddiy AT da ilovalar yagona, funksional va axborotli mustaqil blokka ega bо‘lgan. Ilovalarning bunday tiplarini ishlab chiqish uchun kaskadli usul unumli bо‘lgan. Har bir bosqich tо‘liq bajarilib, barcha ishlar rasmiylashtirilganidan sо‘ng yakunlangan. Kaskadli yondoshuvni qо‘llashning ijobiy tomonlarini quyidagicha belgilash mumkin: har bir bosqichda tо‘liq kriteriyalarga va kelishuvga javob beruvchi, yakunlangan loyiha hujjatlari tо‘plami yaratiladi; ishning mantiqiy ketma-ketlik bosqichida bajarilishi barcha ishlarni yakunlash muddatini va mos keluvchi xarajatlarni rejalashtirish imkonini beradi. Ishlab chiqishning eng avvalida tizimga bо‘lgan barcha talablarni yetarlicha aniq va tо‘liq ifodalash mumkin bо‘lganda kaskadli yondoshuv oddiy AT larni qurishda о‘zini yaxshi oqlaydi. Bu yondoshuvning asosiy kamchiligi shundaki, tizimni yaratishning real jarayonida hech qachon bunday qat’iy sxemani taxlab bо‘lmaydi, har doim avvalgi bosqichga qaytish extiyoji tug‘iladi va avvalgi qabul qilingan qarorlarni kо‘rib chiqish va aniqlashtirishga tо‘g‘ri keladi. Natijada AT ni yaratishning real jarayoni oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli modelga mos keladi. Lekin, bu sxema yuz beruvchi о‘zgarishlarni va tizimga bо‘lgan talabni aniqlashni tezkor aniqlashtirish imkonini bermaydi. Ishlab chiqish natijalarini foydalanuvchilar bilan kelishuv ishining har bir bosqichi yakunlangandan sо‘ng rejalashtiriluvchi nuqtalardagina amalga oshadi. AT ga bо‘lgan umumiy talab uni yaratishning barcha vaqtlarida texnik masala kо‘rinishida belgilab qо‘yilgan. Shunday qilib, foydalanuvchilar ularning real ehtiyojini qoniqtirmaydigan tizimga ega bо‘ladilar. HS ning spiralli modeli sanab о‘tilgan muammolarni bartaraf qilish uchun taklif etilgan. Tahlil qilish va loyihalash bosqichida texnik yechimlarni amalga oshuvchanligi hamda buyurtmachi talabini qondirish darajasi prototiplarni yaratish yо‘li bilan tekshiriladi. Spiralning har bir buramasi ishga layoqatli fragment yoki tizim versiyasini yaratishga mos keladi. Bu esa loyihaning talabi, maqsadi va xarakteristikasini aniqlashtirish, ishlab chiqish sifatini belgilash, spiralning keyingi buramasi ishini rejalashtirish imkonini beradi. Shunday qilib, loyiha detallari chuqurlashadi va ketma-ket ravshanlashib boradi, natijada buyurtmachining haqiqiy talabini qoniqtira oladigan asosli variant tanlanadi va iste’molgacha olib boriladi. Iterativ ishlab chiqish murakkab tizimni yaratishning spiral siklini obyektiv aks ettiradi. U joriy bosqichdagi ish tо‘liq yakunlanishini kutmasdan, keyingi bosqichga о‘tish imkonini beradi, shuningdek, eng asosiy masala – foydalanuvchiga ishga layoqatli mahsulotni iloji boricha tezroq kо‘rsatish imkoniyatini yaratadi. Spiralli siklning asosiy muammosi – keyingi bosqichga о‘tish momentini aniqlashdan iborat. Uni hal qilish uchun HS ning har bir bosqichiga vaqtinchalik chegara kiritiladi va barcha rejalashtirilgan ishlar yakunlanmagan bо‘lganida ham rejaga muvofiq keyingi bosqichga о‘tish amalga oshiriladi. AT ni ishlab chiqish va loyihalash sohasida kompaniyalar – vendorlar va ekspertlarning qat’iy tavsiyalariga qaramay kо‘plab kompaniyalar iteratsion modellarni biror-bir varianti о‘rniga kaskadli modeldan foydalanishda davom etayapti. Kaskadli model о‘zining ommabopligini saqlab qolishiga asosiy sabab quyidagilardir: 1. Odat (privichka) – kо‘plab AT-mutaxassislari faqat kaskadli modellar о‘rganilayotgan vaqtlarda ta’lim olganlar, shuning uchun ular hozir ham shundan foydalanishadi. 2. Loyiha ishtirokchilarining (buyurtmachi va bajaruvchi) tavakkalchilik xavfini oshib ketishi. Kaskadli model har bir bosqichda yakunlangan mahsulotni kо‘zda tutadi: texnik masala, texnik loyiha, dasturiy mahsulot va foydalanuvchi yо‘riqnomasi. Ishlab chiqilgan yо‘riqnoma nafaqat keyingi bosqich mahsulotiga bо‘lgan talabni belgilaydi, balki, tomonlar majburiyatlarini, ishning hajmi va muddatini ham belgilash imkonini beradi, shuning uchun muddatning yakuniy bahosi va loyiha narxi boshlang‘ich bosqichda, tekshiruvlar tugaganidan sо‘ng belgilanadi. Kо‘rinib turibdiki, agar AT ga talab loyihani amalga oshirishda о‘zgarsa, hamda hujjatlarning sifati yuqori bо‘lmasa (talab tо‘liqmas va/yoki qarama-qarshi), u holda kaskadli modeldan foydalanishning haqiqiyligi aniqlanishda ikkilanishni keltirib chiqaradi va loyiha ishtirokchilarining javobgarligini kamaytirish bilan ishda tavakkalchilikni kuchaytiradi. Rasmiy yondoshuvda loyiha menedjeri faqat spetsifikatsiyadagi talablarni amalga oshiradi, biznesning real ehtiyojiga emas, hujjatlarga suyanadi. DT ni ishlab chiqishda shartnomaning ikkita asosiy turi mavjud. Birinchi tur, belgilangan hajmdagi ishni belgilangan summada, belgilangan muddatda bajarilishini kо‘zda tutadi (fixed price). Ikkinchi tur esa ishning vaqt bо‘yicha tо‘lovini kо‘zda tutadi (time work). Shartnomaning u yoki bu turini tanlash masalaning aniqlanish darajasiga bog‘liq. Kaskadli model belgilangan bosqichli va ularning natijalari bilan shartnomani ishning natijasi bо‘yicha tо‘lov qilishga tuzish uchun eng yaxshisidir. Shartnomaning aynan mana shu turi loyihaning tо‘liq bahosini toki yakunlangunga qadar olish imkonini beradi. Integrallashgan AT ni ishlab chiqish va tadbiq qilish zaruriy moliyaviy xarajatlarni talab qiladi, shuning uchun fiksirlangan narxdagi shartnomadan, ya’ni ishlab chiqish va tadbiq qilishning kaskadli modelidan foydalaniladi. Spiralli model ba’zida tashkilotning AT bо‘limlarida AT larni ishlab chiqishda qо‘llaniladi. iteratsion modellardan foydalanishda tadbiq etish muammaolari. Spiral modelni ba’zi sohalarda qо‘llab bо‘lmaydi, chunki tо‘liq bо‘lmagan funksionalga ega mahsulotni qо‘llash/sinash mumkin emas (masalan, harbiy sohalarda, atom energetikasi va h.k.). AT ni bosqichma-bosqich iteratsion qо‘llash biznes uchun mumkin, lekin tashkiliy murakkabliklar bilan bog‘liq (ma’lumotlarni uzatish, hisobli siyosat, foydalanuvchilarni о‘qitish). Bosqichli iteratsion qо‘llanishda ish haqi sezilarli darajada yuqori bо‘lib, loyihani boshqarish haqiqiy san’atni talab qiladi. Kо‘rsatilgan murakkabliklarni kо‘rib turib, buyurtmachi “tizimni bir marta qо‘llash” uchun kaskadli modelni tanlaydi. Tizimni yaratishning har bir bosqichida HS jarayoni kо‘rinishida beriluvchi ishning belgilangan hajmini bajarilishi kо‘rib chiqiladi. Jarayon kiruvchi ma’lumotlarni chiquvchi ma’lumotlarga о‘zgartiradigan о‘zaro bog‘liq harakatlar tо‘plami sifatida aniqlanadi. Har bir jarayonning tavsifi yechiladigan masalalarning rо‘yxatini, berilgan ma’lumotlar va natijalarni о‘z ichiga oladi. Download 21.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling