3-ma’ruza. Axborot tizimlarining hayotiy sikli strukturasi. Androidlar va elektromexanik robotlar. (2 soat) Reja


Download 21.79 Kb.
bet1/4
Sana05.11.2023
Hajmi21.79 Kb.
#1749085
  1   2   3   4
Bog'liq
3-ma’ruza. Axborot tizimlarining hayotiy sikli strukturasi. Andr-fayllar.org


3-ma’ruza. Axborot tizimlarining hayotiy sikli strukturasi. Androidlar va elektromexanik robotlar. (2 soat) Reja

3-MA’RUZA. AXBOROT TIZIMLARINING HAYOTIY SIKLI
STRUKTURASI. ANDROIDLAR VA ELEKTROMEXANIK ROBOTLAR. ROBOTLAR.
(2 soat)


Reja:
1. Axborot tizimlari dasturiy ta’minotining hayot sikli tushunchasi.
2. Hayot sikli jarayonlari: asosiy, yordamchi, tashkiliy.
3. Axborot tizimlari dasturiy ta’minoti hayot sikli jarayonlarining mazmuni va bog‘liqligi.


Tayanch iboralar: model, sikl, hayot sikli, kaskadli model, spiralli model, struktura, loyihalash, jarayon.
Axborot tizimlarining hayot sikli (HS) deb axborot tizimlarini yaratish niyati paydo bо‘lgandan boshlab toki u faoliyatini tugatguncha о‘tgan davrni о‘z ichiga olgan bosqichlar ketma-ketligi tо‘plamiga aytiladi.
Turli yondashuvlarda axborot tizimlarini yaratish hayot sikli bir xil bо‘ladi va quyidagi bosqichlarni о‘z ichiga oladi:
1. Talablarni rejalashtirish va tahlili (loyiha oldi bosqichi) –sistemali tahlil. Bunda mavjud axborot tizimi о‘rganib chiqiladi va tahlili olib boriladi, yaratilayotgan axborot tizimiga talablar aniqlanadi, texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) va axborot tizimini yaratishga texnik topshiriq (TT) ishlab chiqiladi.
2. Loyihalash (texnik loyihalash, mantiqiy loyihalash). Bunda talablarga kо‘ra avtomatlashtirish funksiyalari tarkibi (funksional struktura) va ta’minlovchi qism tizimlar tarkibi (tizimli arxitektura) ishlab chiqiladi, axborot tizimining texnik loyihasi (TL) yaratiladi.
3. Amalga oshirish (ishchi loyihalash, fizik loyihalash, dasturlash). Bunda dasturlarni ishlab chiqish va sozlash, ma’lumotlar bazasini tо‘ldirish, ishchi-xodimlar uchun ish yuritish kо‘rsatmalari ishlab chiqish, ishchi loyihani rasmiylashtirish.
4. Ishga tushirish (testlashtirish, tajribaviy ishga tushirish). Bunda axborot tizimi qism tizimlarini kompleks otladkasi, ishchi-xodimlarni о‘qitish, bosqichma-bosiqich axborot tizimini ishga tushira borish, axborot tizimini qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
5. Axborot tizimidan foydalanish (kuzatish, modernizatsiyalash). Bunda axborot tizimi faoliyatidagi reklamatsiyalar va statistikasi yig‘iladi, xatoliklar va kamchiliklar tо‘g‘rilanadi, axborot tizimini modernizatsiyalash bо‘yicha talablar va uning bajarilishi rasmiylashtiriladi (2-5 bosqichlar qaytariladi).

Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling