Mavzu: gruntlarning fizik xossalari


Download 36.88 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi36.88 Kb.
#1395823
  1   2   3
Bog'liq
1-AMALIYOT DARSI


MAVZU: GRUNTLARNING FIZIK XOSSALARI.


Tayanch iboralar:
poydevor; oraliq tayanch; yuklar; gruntlarning fizik - mexanik xossalari; gruntlarning meʼyoriy ko‘rsatkichlari; gruntlarning hisobiy ko‘rsatkichlari; ko‘tarib turuvchi grunt qatlami.


2-ilova
AMALIY MASHG‘ULOT MATNI
1. Ishdan maqsad: oraliq tayanch poydevorini loyihalash uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar bilan tanishish; gruntlarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash; ko‘tarib turuvchi grunt qatlamini tanlash.
2. Ustun tayanchi poydevorini loyihalash uchun dastlabki maʼlumotlar. Quruq joyda joylashgan ko‘prik tayanchi poydevorini loyihalash uchun dastlabki maʼlumotlar sifatida qo‘yidagilar ishlatiladi: oraliq qurilmalarning uzunligi; tayanch turi va balandligi; vaqtinchalik vertikal yuk bilan yuklanish sxemasi (chap, o‘ng, ikkala qurilma); yuklar birikmasi; yer sathi (NL); yer osti suv sathi (WL); geologik skvajina raqami; qurilish hududi.
Topshiriqqa binoan talabalar berilgan turdagi tayanchni A4 formatga chizishlari kerak.
Berilgan oraliq qurilmalar va yuklanish sxemalarga qarab taʼsir etuvchi yuk qiymatlari 1-ilova bo‘yicha qabul qilinadi. Har bir berilgan yuklar birikmalari uchun bajariladi.
Gruntlar tavsifi berilgan injenerlik-geologik skvajina raqami bo‘yicha 2.5-jadvaldan qabul qilinadi. Grunt qatlami 3 qatlamdan iborat bo‘lib, har biri uchun qalinligi, zarrachalar zichligi, grunt zichligi, tabiiy namlik, oquvchanlik va yoyilish chegaralaridagi namliklar ko‘rsatilgan.
3. Gruntlarning fizik - mexanik xossalari jadvalini tuzish. 1.1- jadvalning 1 - 9 grafalari 2.5 - jadvalda berilgan maʼlumotlar bo‘yicha to’ldiriladi. Har bir qatlamning tagi yer satxi (NL) dan hisoblanadi.
Berilgan gruntning fizikaviy tavsiflari: grunt zarrachalarining zichligi ρs grunt zichligi ρ, tabiiy namlik w, okish chegarasidagi namlik wL va plastiklik chegarasidagi namlik wp. Bunda wL va wp faqat changsimon-loyli gruntlar uchun berilgan.
1.1- jadvalning 10-14 grafalardagi grunt tavsiflari hisoblash orqali topiladi.

Plastiklik soni Ip=wL-wp, %; (1)


Oquvchanlik ko‘rsatkichi (2)
Quruq gruntning zichligi (3)
G’ovaklik koeffitsiyenti (4)
Suvga tuyinish koeffitsiyenti (5)
15 - 19 grafalardagi grunt tavsiflari meʼyoriy hujjatlar bo‘yicha aniqlanadi.
Grunt turi va uning fizikaviy holati bo‘yicha quyidagi tasnifiy ko‘rsatkichlariga qarab aniqlanadi:
– yirik siniqli va qumli gruntlar uchun granulometrik tarkibi, g‘ovaklik koeffitsiyenti va suvga tuyinish koeffitsiyenti bo‘yicha
– changsimon - loyli gruntlar uchun plastiklik soni va oquvchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha.
Gruntning shartli qarshiligi Ro bo‘yicha qabul qilinadi. Interpolyasiya qilmaslik uchun nomogrammalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Solishtirma bog‘lanish, ichki ishqalanish burchagi va deformatsiya modulining meʼyoriy qiymatlarida ko‘rsatilgan.
Qurilish maydonining qidiruv ishlari natijalari tahlili injenerlik-geodezik, injenerlik-geologik va injenerlik-gidrometeorologik qidiruv ishlarining natijalarini o‘rganish asosida qilinadi.
Ko‘tarib turuvchi grunt qatlami zaminning deformatsiyalanishi, ko‘tarish qobiliyati, bo‘sh gruntlarniig mavjudligi va yer osti suvlarning joylashish chuqurligiga qarab tanlanadi.

Download 36.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling