Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish
Download 262.59 Kb.
|
5-mavzu. Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
5-MAVZU. LOYIHALASHDA TABIIY OMILLARNI HISOBGA OLISH REJA Loyihalashda hisobga olinadigan asosiy tabiiy omillar. Relefni murakkablik darajasi va uni yo‘l o‘q chizig‘i o‘tkazishga ta’siri. Yo‘l poyini namlanish manbalari. Yo‘l poyini-suv issiqlik tartibi. Tayanch so’z va iboralar: tabiiy omillar, yo’l-iqlim mintaqalari, relyefning tasniflanish, namlik-issiqlik tartibi, grunt geologik, yonbagʻirlarning ekspozitsiyasi. Loyihalashda hisobga olinadigan asosiy tabiiy omillar. Avtomobil yoʻlining xizmat qilishi unga koʻp sonli tabiiy geofizik omillarning ta’sir etishiga bogʻliq, ulardan iqlim va gidrologik sharoitlar, shuningdek, joyning rel’yefi va grunt geologik tuzilishi eng koʻp ta’sir etadi. Ayrim tabiiy omillarning yoʻlga ta’sirini koʻpincha ajratib koʻrsatish qiyin, chunki yoʻl qurilishi yoki undan foydalanish sharoitlariga bu omillar oʻzining bevosita ta’siridan tashqari ulardan har biri boshqa omillar bilan oʻzaro aloqada boʻlib, ular ta’sirini yo kamaytiradi yoki kuchaytiradi. Shuning uchun yoʻl oʻtkaziladigan hududning tabiiy sharoitlarini umumiy baholashda ularni tabiiy omillarning ma’lum qoʻshilmalari bilan tavsiflanuvchi alohida tabiiy-geografik mintaqalarga tadbiqan kompleks tarzda koʻrib chiqish zarur. Insonning ishlab chiqarish faoliyati ta’sirida tabiiy sharoitlarning oʻzgarish istiqbollarini nazarda tutish kerak. Masalan, tabiiy sugʻorish koʻpincha sizot suvlari sathini koʻtaradi va ancha yumshoq mikro-iqlim hosil qiladi, oʻrmonlarni kesish joy zaxining qochirilishiga olib keladi va hokazo. Joyning relyefi yoʻl oʻq chizigʻini tanlashda qoʻllanadigan boʻylama nishabliklar oʻq chizigʻini yonbagirliklar boʻylab uzaytirish zaruratini, botqoqlangan va suv bosadigan joylarni aylanib oʻtishni belgilab beradi. Kichik koʻpriklarga va quvurlarga oqib keladigan suv miqdori joyning rel’yefiga bogʻliq. Тogʻli va kuchli past-baland joylarda yoʻl poyining suv va harorat tartibi yoʻl oʻtkazilgan yonbagʻirlarning ekspozitsiyasiga bogʻliq. Yoʻl qurilishi vaqtida rel’yefning xususiyatlarini yer qazish ishlari usullarini tanlashda va yuklangan transport vositalarining harakatlanish yoʻllarini belgilashda hisobga olishga toʻgʻri keladi. Relyef sharoitlari yoʻldan foydalanish jarayonida avtomobilda yuk tashish qiymatiga ta’sir koʻrsatadi. Тik qiyaliklar transport vositalariga yuklarni kamroq ortish va yonilgʻi sarfini oshirish zaruriyatini keltirib chiqarishi mumkin. Sirpanchiq qoplamada, ayniqsa yaxmalakda yoʻlning katta qiyaliklarida harakatlanish xavfli boʻlib qoladi. Rel’yefning asosiy elementlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin: Tekisliklar - relyefi kuchsiz boʻlgan quruq yerlar; bulardagi alohida nuqtalarning nisbiy balandliklari nisbatan kam oʻzgaradi. Yer yuzasi umuman tekis boʻlgani bilan uning ayrim joylarida balandlik yoki pastliklar boʻlishi mumkin; Download 262.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling