Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish


Rel’yefning murakkablik toifasi


Download 262.59 Kb.
bet3/5
Sana15.11.2023
Hajmi262.59 Kb.
#1776903
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu. Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish

Rel’yefning murakkablik toifasi

1

2

3

4

5

Тrassaning uzayish koeffitsiyenti

1,1

1,1-1,15

1,15-1,25

1,25-1,4

1,5

Тurli toifali yoʻllar uchun relyefning murakkabligi turlicha boʻlganda yer qazish ishlarining oʻrtacha hajmi 5.3 - jadvalda keltirilgan.
Geologik sharoitlar trassa oʻtkaziladigan hududlarda togʻ jinslarining turgʻunlik darajasini tavsiflaydi. Тurgʻun boʻlmagan geologik sharoitlarda yoʻl oʻqini boshqa, turgʻunroq uchastkalarga koʻchirishga toʻgʻri keladi, buning iloji boʻlmaganda yoʻl poyi va yoʻl inshootlarning turgʻunligini ta’minlash boʻyicha maxsus chora-tadbirlar koʻzda tutilishi kerak.
5.3-jadval

Yoʻlning toifasi

Rel’yef quyidagicha boʻlganida, yer qzish ishlarining oʻrtacha hajmi, 1km ga ming m3 hisobida

Тekislik

Juda past- baland

Тogʻlik

I

60-90

90-120

-

II

25-50

50-70

70-130

III

15-30

30-50

50-100

IV

10-20

20-40

40-70

V

5-15

15-30

30-50

Geologik ma’lumotlar mahalliy yoʻl-qurilish materiallari (tosh, qum, shagʻal) borligini aniqlashga imkon beradi, yoʻl qoplamalari uchun ishlatiladigan tashib keltiriladigan materiallarga nisbatan mahalliy materiallarni afzal koʻrish kerak.


Тrassa yoʻnalishini tanlashda grunt sharoitlarini hisobga olish zarur. Yoʻl poyining tuzilishi grunt sharoitlariga bogʻliq boʻladi; yoʻldan suvni chetlatish talablarini ham nazarda tutish zarur. Noqulay gruntlar - sochiluvchan, shamol bilan uchirib ketiladigan gruntlar, shoʻr bosgan va botqoqlangan uchastkalarni aylanib oʻtishga harakat qilinadi.
Iqlim sharoitlari ayniqsa yoʻllardan foydalanish sharoitlariga katta ta’sir etadi. Bunga harorat amplitudasi va haroratning oʻzgarish tezligi, haroratning maksimumi va minimumi, yogʻin-sochin miqdori va bugʻlanish, shamolning yoʻnalishi va tezligi, qorning qalinligi, muzlash chuqurligi kiradi. Iqlim sharoitlari koʻpincha qurilish mavsumining davomiyligini cheklab qoʻyadi yoki ishlarni bajarishning maxsus usullarini qoʻllashni talab etadi, bu esa ishlarni qimmatga tushiradi va murakkablashtiradi.
Yogʻayotgan qor va boʻronlar yoʻlda harakatni toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Yoʻlga tushadigan qor hajmi yilning qish davridagi asosiy shamol yoʻnalishiga nisbatan joylashuviga va qor yogʻish xavzasining oʻlchamlariga bogʻliq. Sirpanchiqlik pnevmatik shinalarning qoplama bilan ilashish koeffitsiyentini kamaytirib, yoʻl-transport hodisalari yuz berishi havfini tugʻdiradi. Muzlagan yoʻl poyida namning qayta taqsimlanishi va muz qatlamchalari hosil boʻlish jarayoni sodir boʻladi, ular bahorda erib, gruntni oʻta namlaydi va yoʻl qoplamasining mustahkamligini kamaytiradi.
Yoʻl oʻtkazilayotgan hududning iqlim sharoitlarini taqqoslash uchun yilning ayrim davrlarida iqlim xarakteristikalari grafigi quriladi (5.1 - rasm), unda yil davomida haroratning oʻzgarishi, tushgan yogʻin-sochin miqdori, muzlash chuqurligi va qor qatlami qalinligi va boshqa xarakteristikalar belgilab chiqiladi, ular yoʻl elementlarini loyihalashda va qurilishni tashkil etishda foydali boʻlishi mumkin. Ish smenalari sonini rejalashtirish va qurilish maydonchalarini sun’iy yoritishni hisoblash uchun grafikda sutkaning yorugʻ davri davomiyligi koʻrsatiladi. U yoki bu yoʻl ishlarini bajarish mumkin boʻlgan haroratni bilgan holda iqlim xarakteristikalari grafigida bu ishlarni bajarish mumkin boʻlgan davrlar belgilab qoʻyiladi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, qurilishning mexanizatsiyalashtirilish darajasi ortishi va uni bajarishning industrial usullariga oʻtish bilan, shuningdek, yangi yoʻl konstruksiyalarini qoʻllash va ishlarni bajarish texnologiyasini takomillashtirish bilan iqlim sharoitlari omillarning ta’siri kamayadi. Koʻpgina ishlar, masalan, bir joyda bajariladigan yer qazish ishlari va yoʻl qoplamalarining toshli asoslarini qurish ishlari hozir ish davrida ham muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

5.1-rasm. Yoʻl oʻtkaziladigan hududda iqlim tavsiflarining grafigi

Gidrologik va gidrogeologik sharoitlar tushayotgan yogʻin-sochin miqdori, suvning oqish va bugʻlanish sharoitlari, qor qoplami qalinligi va bahorgi erish jadalligi, sizot suvlarning yotish chuqurligi va ular tartiblarining xususiyatlari, daryo va ariqchalarning tartiblari bilan xarakterlanadi. Bu hamma sharoitlar suv ketkazishni loyihalashda va yoʻl poyining konstruksiyasini tanlashda hisobga olinishi kerak.


Yoʻl qurilishi va undan keyinchalik foydalanish sharoitlariga tabiiy omillarning ta’sirini baholashda teskari bogʻlanishni - yoʻl qurilishi natijasida iqlim sharoitlarining oʻzgarishini hisobga olish zarur. Masalan, yoʻlga ajratilgan tasmada oʻsimliklarni kesib tashlash va yoʻl oldi tasmasini tozalash uning zaxi qochirilishiga, ishda gruntning chuqur muzlashiga va bahorda tez erishiga yordam beradi. Botqoqlikni torfni siqib turadigan koʻtarma bilan boʻsib qoʻyilganda sizot suvlarning sizib chiqishini toʻxtatishi va botqoqlanish jarayonini oʻzgartirishi mumkin.

Download 262.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling